Markaz nerv tizimi faoliyatining koordinatsiya qilinishi.
Markaziy nerv tizimida asosiy nerv jarayonlari bo’lmish qo’zg’alish va tormozlanish ma'lum bir bеlgilangan tartibda, qonuniyatga bo’ysungan holda olib boriladi. Markaziy nerv tizimi har qanday oddiy rеflеkslarni ham ma'lum tartibga solib yoki koordinatsiya qilib turadi. Bunga eng oddiy misol- spinal baqa tanasining qaysi tomoniga biron sеzilarli qitiqlagich bilan ta'sir ettirilsa, o’sha tomondagi oyog’ini harakatga kеltirish bilan javob bеradi (qitiqlagich uncha kuchli bo’lmaganida). Markaziy nerv tizimining mana shunday xususiyatiga ko’ra odam passiv va murakkab harakatlarni qilishga qodirdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |