40-variant
1.Neolit davri va uning yutuqlari.
2.Xurosonda Sulton Husayn Bayqaro hukmronligi davri.
3.O‘zbekistonda yangi iqtisodiy siyosat va uning xususiyatlari.
1. Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi va yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neolit yunoncha, «neos» - yangi, «litos» - tosh degan so’zlardan tarkib topgan bo’lib, u «yangi tosh» davri degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini 1865 yilda ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan. Neolit davri miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.
Neolit davrining ob-havosi hozirgidek bo’lib, iqlim kishilarning keng hududlarga tarqalishi va joylashishi uchun imkon bergan. Natijada keng hududlarga o’rnashgan odamlar guruhi turli tabiiy sharoitga moslashgan va alohida madaniyat yaratgan. Turli geografik muhit va sharoitdan kelib chiqib, ularning mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari turar joylari va ho’jaliklari ham har xil shaklga ega bo’lgan. Bu esa ho’jalikning notekis rivojlanishiga sabab bo’ladi. Janubiy o’lkalarning serhosil erlarida yashagan kishilar ho’jalikning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik shakllarini rivojlantirgan. Bu davr ho’jaligi ishlab chiqaruvchi ho’jalik deb atalib, unda nafaqat tabiatdan tayyor mahsulotlar o’zlashtirilgan, balki chorvachilik va ziroatchilik orqali ehtiyoj uchun qo’shimcha oziq-ovqatlar yaratilgan. Masalan, hayvonlarni qo’lga o’rgatish orqali chorva mollariga ega bo’linishi; yovvoyi o’simliklarni madaniylash-tirish va boshoqli don ekinlari ekishga o’tish va hakozo.
Neolit davrida tosh xom ashyosining xususiyatlari yaxshi o’zlashtirilishi natijasida shakl va vazifa doirasi xar xil bo’lgan yangidan yangi mehnat qurollari yaratiladi. Tosh qurollar orasida tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar paydo bo’ladi.
Neolit davrida tosh boltalar keng tarqalgan. Pardozlangan tosh boltalar o’rmon kesishda, uy qurilish ishlarida, ovchilikda o’zining tengi yo’q jangovor qurol ekanligini ko’rsatdi. Neolit davrida barcha og’ir yumushlar ana shu tosh boltalar orqali bajarilar edi. Neolitda parrakchalar, qadamalar, nayza va kamon o’qlarining uchlari, pichoq, teshgich, parmalar, yorma toshlar, o’roq-randalar va boshqa qurollar takomillashgan.
Neolit davri so’nggi urug’chilik jamiyatiga xos bo’lib, bu davrda erkaklarning o’rni tobora orta boshlaydi. Chunki xo’jalikning rivojlanishi erkaklar mehnati bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni kengayib borayotgan xo’jalik yumushlarini bajarishga ayollar ulgura olmay qoladi; xo’jalikning unumdor shakllari (chorvachilik va dehqonchilik) tobora ko’proq e’tibor va ish kuchini talab qilgan. Natijada urug’ ichida, xususan oilada o’ziga xos mehnat taqsimoti shakllanadi. Demak, barcha yumushlar – moddiy ehtiyojni qondirish, ortib borayotgan zarurat uchun oziq-ovqat zahiralari tayyorlash ayollardan erkaklar qo’liga o’tadi. Ijtimoiy hayotda erkaklarning roli ortib borishi oilada erkakning hukmronligiga olib keladi. Urug’ ichida ayollarning hukmron mavqe
iga barham beriladi. Endi matriatxat (ona urug’i) o’rnini patriarxat (ota urug’i) egallay boshlaydi.
2. Sulton Husayn Amir Temurning evarasi bo‘lib, 1438 yil iyulь (hijriy 842 yil, muharram) oyida Hirotning sharqi-shimolidagi Davlatxona saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi G‘iyosiddin Mansur Boyqaro Mirzoning uchinchi o‘g‘li edi. Boyqaro Mirzoning otasi esa Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umar SHayx (1356—1394), onasi Feruza begim esa ota tomonidan Amir Temurning katta qizi O‘gi Begi xonimning o‘g‘li Sulton Husayn Mirzoning qizi bo‘lib, Feruza begimning onasi Qutlug‘ Sulton begim esa Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshoh Mirzoning (1366—1408) qizi edi. Darhaqiqat, Husayn Boyqaro Zahiriddin Muhammad Bobur ta’riflaganidek, «Karim ut-tarafayn», ya’ni har ikki tomondan ham nasabi Amir Temur Ko‘ragonga borib tutashadi.
Husaynning otasi G‘iyosiddin Mansur 1445 yilda vafot etgach, Husayn 14 yoshigacha maktabda ta’lim oladi va shu maktabda yosh Alisher bilan do‘stlashadi.
1452 yilda yosh Husayn Hirot hukmdori Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi. 1457 yili Abulqosim Bobur vafotidan so‘ng, Husayn Mirzo saroyni tark etib, Marv hukmdori Sanjar Mirzo Marviy saroyiga xizmatga o‘tgach, hukmdor o‘z qizi — 15 yoshli Beka Sultonni unga nikohlab beradi. Biroq, qaynata bilan kuyov o‘rta-siga sovuqchilik tushib, saroydan ketishga majbur bo‘ladi. SHundan so‘ng Husayn Mirzo o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Xorazm, Xuroson, Astrobod, Mozandaron va Jurjon oralig‘ida sargardonliqda umr kechirdi. Bu davr mobaynida Temuriy shahzodalarning toju-taxt uchun olib borgan o‘zaro urushlarida Husayn Mirzo ham faol qatnashib, Hirot hukmdori Sulton Abusayyid Mirzo (1424—1469) halokatidan so‘ng, 1469 yil 24 mart, juma kuni Husayn Mirzo tantana bilan Hirotga kirib keldi va o‘sha kuni Jome’ masjidida uning nomiga xutba o‘qildi.
SHuningdek, Alisher Navoiy ham o‘z hisobidan bir necha madaniy-maishiy binolar, chunonchi «Safoiya» nomli hammom va «SHifoiya» nomli kasalxona qurdirgan.
Tarixchi Xondamirning yozishicha, Xurosonda qirqqa yaqin yirik inshootlar Sulton Husayn Boyqaro davrida vujudga kelgan va Hirotga atrof-tevarakdan olimlar, shoirlar, adiblar, rassomlar, xattotlar, musiqachilar va boshqa har xil hunar ahllari kirib kela boshlagan. Jumladan, o‘sha davrda tabib Husayn Jarroh ichakni kesib davolashda chumolidan foydalanish usulini ixtiro qilgan. Ustod Sayyid Ahmad g‘ijjak, Ustod SHohquli g‘ijjak, Ustod Qul Muhammad udiy, Ustod Husayn udiy, Ustod SHayx Foniy noilar Xurosonda nom chiqargan etuk musiqashunos allomalardan bo‘lgan. Naqqoshlik va xattotlik sohasida Xoja Mirak naqqosh, Mavlono Xoja Muhammad naqqosh va buyuk iste’dod sohibi Ustod Kamoliddin Behzodlar o‘z mahoratlari bilan Xuroson faxri hisoblangan.
3. O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi muhokamalar anchadan buyon davom etmoqda. 10-aprel kuni hukumat a’zolari YeOII bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha deputatlarning savollariga javob qaytardi. 28-aprel kuni esa O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi. Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga ovoz berdi.
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisi 11-may kuni chaqiriladi. Unda, senatorlar boshqa masalalar qatorida O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadi. Ushbu sana oldidan “Daryo” o‘quvchilarga mulohaza uchun material taqdim etadi. YeOII qanday tashkilot? Uning tarixi qanday? Ichki ixtiloflari bormi? U a’zolariga nima berdi va O‘zbekistonga nima bera oladi?
YeOII shaffof siyosiy tuzilma bo‘lish istagida ekan, mazkur tashkilotga a’zo davlatlar o‘z mamlakatlarining manfaatlari va qo‘shni mamlakatlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish yuritishlari tashkilot kelajagi uchun foydali. Ammo neft narxining keskin tushib ketishi jarayonida COVID-19 pandemiyasi vaziyatida YeOII o‘rtasida ishonchga asoslangan har qanday umid va taxminlar puch xayol bo‘lib qolaveradi, sababi YeOII mintaqasida Rossiya iqtisodiy jihatdan o‘tmishdagi bozorlarni egallashga har qachongidan ham tayyor.
O‘zbekiston va YeOII haqida gap ketadigan bo‘lsa, shuni aytish joizki, YeOII tuzilmasi faqat Rossiya manfaatlari asosiga qurilganini, O‘zbekiston mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kiradigan taqdirda ham ko‘p narsa yutmasligini (o‘zbek migrantlariga beriladigan patent miqdorining pasayishi yoki bekor qilinishi) uqtirish kifoya.
O‘zbekiston iqtisodiyoti, ayniqsa, aholisi mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishidan ko‘proq foyda ko‘rgan bo‘ladi. Shaffof, erkin iqtisodiyotda barcha YeOIIga a’zolikdan ko‘proq manfaat oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |