Reja:
Jon Styuart Mill Klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri.
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta'limotlar rivojidagi o'rni.
Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi.
J.S. Mill (1806 -1873) faqatgina iqtisodiyotga emas shuningdek siyosiy fanga va filosofiyaga sezilarli darajada hissasini qo’shgan eng g’ayrioddiy va tug’ma qobiliyat faylasuf edi. Uning ulkan zakovatli kuchlarini yakka keng va shiddatli ta’lim orqali to’ldirdi.Uning otasi James Mill bolani hayotini qiyinlashtirib o’g’liga ta’limning ro’li qay darajada ekanligini ko’rsatdi. Keyinchalik biz bu mavzu uning ta’sirini ko’ramiz. Bu noodatiy kuchli ta’limning psixologik ta’siri oxiyri uning 20 yoshida ruhiy tushkinlik orqali ko’rindi. Ammo kuchli depressiya davri Millning yanada kuchayishiga sabab bo’lib, uni hamma davrning yetakchi aql idrok egasi bo’lib qoldishiga xizmat qildi. Garchi J Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti bo’lishiga qaramay, uning aqliy holatini iqtisodiyotchilarning odatdagi muroojatidan ko’ra ancha kengroq ijtimoiy masalalariga yo’naltirdi. Uning otasi va Rikardo uning pessimism holatida u yahshiroq jamiyatni rivojlantirishni hayoliga keltirilgan ehtiyotkor optimizmni rivojlantirdi. Garchi u kengroq o’qishiga qaramay uning otasi va David Rikardo va Smithning klassik iqtisodiyotida uning dastlabki mashg’uloti edi; Sharl Fure va Sen Simon ijtimoiy yozishmalari, Fransua Kont ba’zida jamiyatshunoslikning otasi deyilgan, Komtening yozishmalari ya’ni Millni inson ijtimoiy faoliyatini bir ko’rinishi sifati iqtisodiyotchilarni ko’rsatishiga bosh bo’ldi va nihoyat uning do’sti keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan, Millga uning davrdagi insoniy ijtimoiy g’oyalarga o’ch bo’lishni o’rgatdi. Mill ikkala klassik liberal va ijtimoiy islohatchi edi. James Millning iqtisodiy g’oyalaridagi holatini belgilash qiyin bo’ldi. U klassic davrning ohirida yozdi, ammo uning keng fikrliligi uni bir necha yo’llarda klassik tamoyilni o’zgartirishga imkoniyat berdi. Uning iqtisodiyoti iqtisodiy fikrning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi va klassik holatidagi uning eng o’sgan holatidir U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta'limotlarini o'zgartirishga sabab bo'ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o'zida klassik iqtisodiyotni yetuklik davri hamda iqtisodiy g'oyalarning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan “Siyosiy iqtisodiyot tamoyillari” asari birinchi marta 1848 yilda nashr qilindi va keyingi 7 ta nashrlariga hamda o'z asrining oxiriga qadar shu sohada standart me'zon bo'lib qoldi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo'lsada, kitobda uning iqtisodiy qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda yechilishi kerak bo'lgan bir necha muammolar mavjudligi ta'kidlab o'tilgan. Mill, Rikardo ta'limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta'limotlarga 19 asrning ikkinchi chorigida paydo bo'lgan yangi ta'limotlarni qo'shishni o'zining asosiy vazifasi deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini rivojlantirishga hissa qo'shgan buyuk tafakkur egasi bo'lgan. Jon Styuart Mill o'zining “Siyosiy xo'jalikning tamoyillari” (1848 y) asarida, D.Rikardo tomonidan 1817 yilda “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish” asarini nashridan so'ng boshlangan kuchli tanqidlardan D. Rikardoning iqtisodiy ta'limotlaridagi muhim g'oyalarini qutqarishga harakat qilgan Iqtisodiy taraqqiyot, J.S. Mill ta’limoti bo’yicha, fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarish va jamg’arish ko’payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o’sishiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va xom ashyo qiymatidan tashqari). J.S.Millda kapital evalyutsiyasi D.Rikardo nazariyasiga o’xsh ab ketadi. Foyda me’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum darajaga intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg’arishga va jamg’arilgan vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining minimum darajasiga bo’lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko’paytirish bilan sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me’yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha qismi chetga chiqib ketadi; bu erda kapital yo’qolmaydi, balki u yangi bozorlarni tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. D.Rikardo tomonidan 1817 yilda “Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish” asarini nashridan so'ng boshlangan kuchli tanqidlardan D. Rikardoning iqtisodiy ta'limotlaridagi muhim g'oyalarini qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning g'oyalarini eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki uning asarlarida klassik iqtisodiy ta'limotning jiddiy qaytadan ko'rib chiqishini, hamda Rikardonning ta'limotlarini saqlash uning asosiy kamchiliklarini bartaraf etilishini ko'rishimiz mumkin. Millni iqtisodiyotga qo'shgan xissasini aytishdan oldin, Rikardo ta'limotini ko'plab tanqidlaridan bir nechasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta asosiy manbaga asoslangan. Birinchisi ingliz iqtisodiyoti borasida to'plangan amaliy ma'lumotlar va Rikaro iqtisodiy ta'limotlari o'rtasidagi farqlarning o'sib borayotganligi. Jumladan, Rikardo g'oyasining asosini tashkil qilgan Maltusning “Nufus qonuni”ga zid ravishda, aholi sonining oshib borishi bilan kishi boshiga daromadning o'sib borayotganligi, “Nufus qonuni”ga ko'ra kamayishi kerak edi. Texnologiyalarninng tez rivojlanishi natijasida qishloq xo'jaligining o'sib borayotganligi, kamaymayotganligi. Ikkinchidan, iqtisodiyot fani borgan sari kasbga aylanib bormoqda va mos ravishda qabul qilingan ta'limotlarga ko'proq tanqidiy fikrlar bildiriladi. Akademiklar Rikardoning nazariy g'oyalari, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarning belgilashda foydaning rolini hamda uning talabga bo'lgan ta'sirini aniqlash asosida ishlashni boshlashdi. Uchinchidan iqtisodiy g'oyalarning texnik tarkibiga e'tibor bermasdan kelyotgan bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar, Rikardoning iqtisodiy ta'limotlarini o'zida aks ettirgan va rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiyot ta'limotlarni tanqid qilishdi. Bir qator iqtisodiy ta'limotlar va hodisalar D.Rikardo ta'limotlarini tanqidi natijasida vujudga keldi. Sey qonuni, D.Rikardo va Djemis Milllar tomonidan ilgari surilgan nazariya ya'ni, iqtisodiyot avtomatik ravishda to'liq bandlikni ta'minlashi, talab va taklif asosida o'zini-o'zi tartibga solishi, ba'zi ortodaksal iqtisodchilar jumladan, K.Marks tomonidan rad qilindi. Bundan tashqari Fransiya, Shvetsariya, Germaniya va Angliya sotsial adabiyoti namoyondalari tomonidan, klassik ta'limot ya'ni, iqtisodiy kelishuv kapitalistik iqtisodiyotning to'siqlardan holi bo'lishi orqali eng yaxshi natijalarga erishishiga shubha bildiriladi.
Tadqiqot predmetida D.Rikardo g`oyalariga yaqin turadi va birinchi
o`ringa "ishlab chiqarish qonunlari" ni qo`yadi, bu masalani "Taqsimot
qonunlari"ga qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi,
iqtisodiy rivojlanishda "qishloq xo`jaligi imko-niyatlari" bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb hisoblaydi. Tadqiqot usulida pulning "neytrollik" konsepsiyasiga amal qiladi, ammo, pulning miqdoriy nazariyasini ham qo`llaydi. Boylik to`g`risida ancha sodda fikrda bo`lib, boylik bu bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalarning summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida 1) ishlab chiqarish qonunlarini 2) taqsimot qonunlariga qarshi qo`yish xarakterlidir. Birinchilari o`zgarmas bo`lib, texnik sharoitlar bilan belgilanadi, bu "fizik haqiqatlar" kabidir, ular "tabiiy fanlar xususiyatlari" xarakteriga ega, ularda inson irodasiga bog`liq hech narsa yo`q. Ikkinchilari esa, ularni "inson intuitsiyasi" boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlarning fikri va xohishiga bog`liq bo`lib, nihoyatda turlicha bo`ladi. Mill ishlab chiqarish qonunlari o`zgartirish mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o`zgartirish kerak degan aqidaga amal qiladi. Bu olimning katta xatosi bo`lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga o`zaro va har tomonlama bog`liq.
Sotsialistlar g’oyasining ta‘siri va taqsimot qonunlarining tarixiy
xarakterini tan olishi (tarixiy bo’lganidan ularni o’zgartirish mumkin) ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari surdi va o’z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo’li bilan yollanma mehnatni tugatish J.S.Mill fikricha, mehnatga bo’lgan qiziqishni yo’qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o’rniga kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning o’zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini taqsimlashda ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo’lgan.
2. Yer rentasini yer solig’i yordamida umumlashtirish. Renta yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha jamiyatga tegishli bo’lishi kerak.
3. J.S. Mill mayda yer egalarini qo’llab-quvvatlaydi. Uning fikricha, o’z yerida ishlovchi ko’pchilik dehqonlar renta to’lashdan ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan farqli ravishda haddan tashqari o’z oilasini kengaytirishga moyil emas. J.S. Mill o’zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi individual erkinlik bilan Yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go’yoki birbiriga qarshi ikki yo’nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo’lgandek tuyuladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini ko’rsatib berdi.
Klassik iqtisodiyotida uning dastlabki mashg’uloti edi; Sharl Fure va Sen Simon ijtimoiy yozishmalari, Fransua Kont ba’zida jamiyatshunoslikning otasi deyilgan, Komtening yozishmalari ya’ni Millni inson ijtimoiy faoliyatini bir ko’rinishi sifati iqtisodiyotchilarni ko’rsatishiga bosh bo’ldi va nihoyat uning do’sti keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan, Millga uning davrdagi insoniy ijtimoiy g’oyalarga o’ch bo’lishni o’rgatdi. Mill ikkala klassik liberal va ijtimoiy islohatchi edi. James Millning iqtisodiy g’oyalaridagi holatini belgilash qiyin bo’ldi. U klassic davrning ohirida yozdi, ammo uning keng fikrliligi uni bir necha yo’llarda klassik tamoyilni o’zgartirishga imkoniyat berdi. Uning iqtisodiyoti iqtisodiy fikrning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi va klassik holatidagi uning eng o’sgan holatidir. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan “Siyosiy iqtisodiyot tamoyillari” asari birinchi bo’lib 1848 yilda nashr qilindi va asrning ohiriga qadar shu sohada standart uning kelgusi 7 ta nashrlariga me’zon bo’lib qoldi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan sarflangan qisqa vaqt uning qarashlariga ta’sir qildi ya’ni fan bir necha yechilishi kerak bo’lgan masalalarni shu darajada rivojlantirdi. U ishonadiki uning asosiy vazifalari Rikardo faoliyatining tasvirlashini yozish va 19 chi asrda paydo bo’lgan yangi g’oyalarni uning ichiga birlashtirish edi.
Millning qiymat nazariyasida "almashuv, iste'mol qiymatlari" ,
qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o`sishi mumkin emas degan xulosa chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir. qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta'kidlanadi. Rikardo qishloq xo’jaligining unumdorligini tushib borayotganligi va oylik maosh fond doktarinasi, nisbiy narxlar oshganligini bilishda talab va taklifning roli va foydalar narxlar orqali belgilanishida qiymatning mehnat kuchi nazariyasini, qiymat nazariyasi bilan qayta isbotlash edi.
---
1871 va 1874-yillar oralig'ida, Jevons, Menger va Valras ortodoks iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan kitoblar nashr qildilar. Ularning ta'siri birdaniga amalga oshmadi, balki asrning so'nggi choragi davomida sekin asta rivojlandi, keyingi me'yoriy naflilik nazariyachilarining kurashishi orqali sekin asta yangi g'oyalarning tan olinishiga erishilgan. Pirovard mahsulotlarning qiymatini va narxini aniqlashda Jevons, Menger va Valrasning fikrlari o'xshash bo'lgani uchun biz ularning fikrlarini alohida o'rganmay, umumiy ravishda mavzular bo'yicha yoritib ketamiz. Ayrim me'yoriy tahlilni rivojlantiruvchilarning fikrlarida sezilarli farqlar mavjud bo'lib, biz ularni keyinroq o'rganib chiqamiz. Xususan, ularning iqtisodiy usullar bo'yicha qarashlari har hil edi. Menger va xozirgi Avstriyaliklarning intelektual manbai alohida e'tirofga sazovor bo'ldi. Ammo Valrasning umumiqtisodiy muvozanatlik nazariyasi va unda me'yoriy tahlilni ishlatishi o'ziga xos burilish edi. Chunki u keyingi mikroiqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu nazariyalarning hammasi iqtisodiy nazariya fanida yangi bo'lim ochishga yetarli darajada zarur edi. Nazariyada burilish? Bir-biridan mustaqil ravishda ijod qilgan bu 3 ta iqtisodchilar qiyosiy narxlarni belgilab beruvchi kuchlarning o'ziga hos revolyutsion tahlilni yaratdik deb ishonishgan edi. Jevons buni juda aniq va lo'nda shunday izohladi: Takror va takror fikrlash va izlanish meni qiymat to'laligicha naflilikga bog'liq ekan degan yangi fikrga yetakladi. Avvalgi qarashlarda qiymatning manbaasi naflilikda emas, balki ishchi kuchidadir degan fikrlar keng tarqalgan va hatto mehnat qiymat kelib chiqishining yagona sababi degan qarashlar ham bor edi5. Mengerning fikri milliylik ruhida bo'lishiga qaramay, eng kamtarona edi: Bu yerda bizning fanimizning umumiy tamoyillarini o'z ichiga olgan ushbu soha Germaniya siyosiy iqtisodiyotidagi yaqin davrdagi rivojlanishning mahsulotidan xech ham kam emasligi va bizning fanimizning eng muhim Karl Menger (1840-1921 y.) K. Menger hattoki naflilik so‘zini ham ishlatmay, o‘rniga “qoniqishning muhimligi” so‘zini ishlatdi
Me'yoriy tahlilni qabul qilish va uning ahamiyatini to'liq anglab yetish birdaniga sodir bo'lmadi. U1870-yildan 1900- yillargacha sekin asta rivojlandi. Me'yoriy tahlilning birinchi sezilarli tadbiq qilinishi talab nazariyasidan boshlandi. 1870-yillarda 3 ta iqtisodchi mustaqil ravishda me'yoriy tahlilni talab nazariyasiga qo'llashni boshladilar va me'yoriy naflilik tushunchasini rivojlantirishdi. Ulardan ikkitasi Leon Valras va Karl Menger me’yoriy tahlilni korxona nazariyasiga nisbatan qo‘llashdi. Valras hattoki me'yoriy tahlil nazariyasini qo'llagan holda umumiy muvozanatlik nazariyasini shakllantirdi. Bu haqda 11-bo'limda fikr yuritamiz.1 Metodologiya. Marjinalizm nazariyasiga iqtisodiy jarayonlarni sub’ektiv - psixologik metod asosida tahlil qilish xosdir. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi, sub’ektiv talqinga asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo’yicha, Tovar qiymati kishilarning ongi va xohishiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv miqdor hisoblansa, marjinalistlar bo’yicha, qiymat sub’ektiv talqin, istak, hissiyot bilan aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli foydalilik, me’yorli unumdorlik, me’yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub’ektiv baho berish asosida tushuntiradi.
---
Marshall 1867-yildan 1890-yilgacha talab va takllf tahllllarl tamoyilini ehtiyotkorlik bilan rivojlantirdi.1 Jevons o‘z ishlarini chop qilib klassik nazariya obro‘sini to‘kishga va iqtisodiy nazariyada inqilobiy burilish yasashga shoshildi, ammo Marshall 1890- yilda o‘zining “Iqtisodiyot tamoyillari” kitobini o‘z talabalari va hamkasblariga taqdim etdi. Ammo bu kitobini taqdim etishdan oldin, uo’zining g’oyalarini 20 yildan ko’proq davr mobaynida o’z talabalariga va hamkasblariga tushuntirishga harakat qildi. Keynes aytganidek, “Jevons suv qaynatadigan metal choynakni ko’rdi va yosh bolaning xursand ovozi bilan chinqirdi, Marshall ham bu metal choynakni kordi va mexanizm qurish uchun jimgina ishga o’tirdi”. Ya’ni Marshall yaratgan mexanizm tahlili jarayoni bu uning shaxsiyati va o’zi o’sgan muhitni aks ettiradi. Uning ilk diniy e’tiqodi, keyinchalik tajribali gumanitarismni aks ettirdi. Marshalning o’ylashicha, iqtisodiyotni o’qish, o’rganish bu butun boshli jamiyatning yaxshi darajada o’zgarishini ta’minlashi mumkin ekan. Uning ilmiy izlanishi tarixan yo’naltirilgan iqtisodchilar hujumlari bilan tanishtirdi. Ya’ni bu iqtisodchilar “iqtisodiy nazariya buhamma joyda va har vaqtda ishlatsa bo’ladigan mutlaq haqiqatlarvujudidir ” degan tushunchaga norozilik bildirishgan.
Marshall o’zining iqtisodiyot uchun qo’shgan hissasini eskirgan deb o’yladi. U yana Jevonsning o’ziga xoslik va e’tiqodtasdiqidan ham habardor bo’lgan. Jevons qiymat ishlab chiqarish nazariyasining klassik baxosini, qiymat talabga butunlay bog’liq degan nazariyaga almashtirgan. Albatta, Marshall ham o’zining g’oyalari haqiqiyva uzoq muddatga chiday olishi mumkinligidan umid qilgan. U 1870- yilgacha o’z nazariyasining fundamental matematik tuzilishi ustida ish olib borishni boshlaganva keyinchalik taklif va talab analizlarini grafiklar bilan yaqqol korsatishning asosiy uslublarini organib chiqan. U 1890-yilgacha ozining kashfiyotini chop etmagan va keyin faqatgina matematika va grafiklarni snoska ya’ni havola va ilova bilan birga ma’lum qilgan.