Refleksiya bosqichi(20 minut): “Juftliklarda fikrlash” metodidan foydalanib, talabalarning ma’lumotlar ustida fikrlashlarini tashkil qilish. Bu metod asosida talabalarning bilimlarini mustahkamlash, ularda shaxsiy fikr, ijodiy tafakkurning o’sishiga erishish.
Yakuniy qism – 5 minut: Mashg’ulot davomida taqdim qilingan tayanch tushunchalar esga solinadi, talabalarning faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
Mashg’ulotdan kutilayotgan natijalar
Mashg’ulot yakunida talabalar quyidagilarni bilishlari zarur:
1. Nemis adabiyoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, asosiy muammolari, boshqa fanlar bilan, aynan insoniyat tarixi bilan aloqasi, mazkur fanning metodlari, nemis adabiyoti tarixi fanini davrlashtirish haqida aniq ilmiy tushunchalarga ega bo`lishlari;
2. Nemis adabiyoti fani predmeti, maqsadi, metodlari, nemis adabiyotini davrlashtirish bo`yicha amaliy faoliyat ko`nikmalariga ega bo`lishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |