Yena romantizmi
Fridrix Shlegel
Fridrix Shlegel nemis romantizmining buyuk nazariyotchisidir. U madaniy an’analarga ega byurger oilasida 1772- yilda dunyoga kelgan. Adabiy ijod bilan u yoshiligidanoq shug’ullana boshlagan. Yosh Shlegelning estetik va ijtimoiy-siyosiy qarashlari uning “Grek she’riyatini o’rganish haqida” Über das Studium der grechischen Poesie 1797, „Respublikanizm tushunchasi tajribasida“ Versuch über den Begriff des Respublikanismus -1796, Georg Foster- 1797, „Lessing haqida“ Über Lessing 1797 kabi ishlarida namoyon bo’lgan.
Qayd etilgan risolalarda F. Shlegel ilg’or e’tiqod kishisi sifatida namoyon bo’ladi.
“Grek she’riyati haqida”nomli maqolasida F.Shlegel antik va zamonaviy yozuvchilar ijodini o’zaro muqoyasa qilib, ular o’rtasida demakratsion chiziq o’tkazishga intiladi. Qadimgi grek adabiyotining farqlanuvchi belgisini Shlegel obyektivlik va obrazlar plastikligida ko’radi.
Yosh Shlegelning erkparvarligi uning ,,Georg Forster’’ nomli maqolasida o’z ifodasini topgan. Nemis inqilobchisi G.Forster fikrlaridagi mustaqil obraz , harqanday kuch ishlatishga nisbatan nafrat F.Shlegelga ma’qul keladi. ,,Lessing haqida ’’ nomli maqolasida esa u har qanday turg’unlikka qarshiligi , ozodlik uchun kurashchilarga moyilligini ko’ramiz. F.Shlegel R.Lesseningni ,,nemis asrining Prometeyi ’’deb ataladi.
F.Shlegel estetik nuqtai-nazarlarini tushunishida Vilxelm ,,Mayster xarakteristikasi ’’ (tafsifi) muayyan qiziqish uyg’otadi.Mazkur maqolada Gyote romani poeziya mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan durdona , davr asari sifatida baholanadi. O’z fikrini rivojlantirib, F.Shlegel ,,Vilxelm mayster’’ ni o’z ahamiyatiga ko’ra fransuz inqilobi kabi tarixiy voqea va Fixte falsafasi bilan bir qatorga qo’yadi . Chunki tarixiy moment monarxik tuzumni yo’q qilish, burjua munosabatlarini shakllanishi va Fransiyadagi inqilobiy hodisalar Shlegel fikricha va ,,xususiy manfaat’’ larning g’alabasidan guvohlik beradi.
Fexte dunyo markaziga o’z ,,Men’’ ini qo’yar ekan, kardinal o’zgarishlarni falsafiy nuqtai-siyosiy umumlashtiradi. Gyote esa sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlarni estetik jihatdan idrok etib, insonning rivojlanish jarayonini diqqat markaziga qo’yadi.
Romantizm nazaryasi F.Shlegelning ,,Parchalar’’ (Fragmente) degan tadqiqotida ,,1798 y’’ ifodalangan. ,,Romantik poeziya, deb yozadi Shlegel taraqqiyotparvar, unversal poeziyadir’’ Romantik poeziyaning ikkinchi muhim belgisi unversallik bo’lib, san’atkor-shoir voqeilikni har tomonlama tasvirlashga intiladi.
Romantizm poetik hisoblangan barcha narsani, eng buyuk, muntazamlik asosiga qurilgan san’at asarlaridan tortib, to sevgi izhori-yu e’tirofigacha, bolalik soddaligigacha qamrab oladi.
Bu holda F.Shlegel o’z tarifini klassisizm estetikasiga-ya’ni san’atkorni faqat axloqiy yuksak holatlar va voqealarni aks ettirishigagina qarshi qo’yib, romantiklar klassisistlardan farqli o’laroq adabiyot chegaralarini kengaytirganliklari voqelikni barcha ko’rinishlarini aks ettirishga qaratdi.
Ular badiiy ijod faqat go’zallikni aks ettiribgina qolmay, romantik iddeallar pozitsiyasidan turib jirkanch, tuban narsalarni ham ifodalashi lozimligini uqtirdilar. San’at predmeti mundarijasini kengaytirish romantiklarni jiddiy xizmatlari hisoblandi.
Romantiklar badiiy ifoda doyrasini kengaytirib, tanqidiy realism nazaryasini tayyorlashda katta ijobiy rol o’ynadilar.
Shuni qayd etish o’rinliki, F.Shlegel romantizmni tarixan mahalliy hodisa deb, faqatgina XVIIIasr oxiri XIX asr boshi bilan chegaralamaydi, u adabiyotdagi romantik unsurlarni o’rta asrlar va uyg’onish davri adabiyotida ham ko’radi.
,,Romantik ruh’’ ni deb yozgan edi, Shlegel ,,Roman haqidagi xat’’ ida qadimgi va yangi shoirlar, V.Shekspir va Servantesda, italyan she’riyatida, ritsarlik asrida muhabbat va ertaklar olamida qidiraman va topaman. Romantizm haqidagi qolgan. Romantiklik, - deb davom ettiradi alohida janr bo’libgina qolmay, har qanday poeziyaning zaruriy elementidir, u (romantizm Sh.karimov) oz yoki ko’p darajada badiiy asarda hukmronlik qilishi yoki ikkinchi planga surilishi mumkin, ammo butunlay bo’lmasligi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |