nazarda tutiladi6. Darhaqiqat, shaxs ma’naviyatni shakllantirishning muhim bosqichi, zaruriy sharti insonning o‘z-o‘zini anglashidan boshlanadi. Zero, ma’naviyat o‘zlikni anglashdir. O‘zligini anglab etgan inson – ma’naviy etuk shaxs. Uning barcha insoniy fazilatlari qalbidagi ma’naviyat nurining jilolaridir.
O‘zlikni anglash g‘oyasi uzoq tarixiy ildizga ega bo‘lib, uni biz qadimgi yunon donishmandlarining ma’naviy merosidan ham bilishimiz mumkin. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Suqrot fikricha, o‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydali va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan holi bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqitbatda o‘zini kulfatlardan asraydi7.
Suqrotning ushbu ibratli g‘oyasi keyinchalik donishmandlikning oltin qoidasiga aylandi. Suqrot tomonidan ilgari surilgan o‘zlikni anglash o‘rta asr SHarq diniy-falsafiy ta’limotida butun bir ta’limot shaklida rivojlantirilgan. Buni biz tasavvuf ta’limotida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Tasavvuf ta’limotida ilgari surilishicha “Qanoat va saxovat, himmat va botiniy faqr bilan inson o‘zining ilohiyligi – ulug‘ligini anglasa, eng g‘addor dushman nafsi ekanligini ham anglaydi”.
XVIII asrda yashab o‘tgan buyuk shoir va faylasuf Mirzo Abdulqodir Bedil insonda butun olamlar xususiyati va mohiyatini ko‘radi. Mutafakkir olam inson tufayli yaratilgan, degan g‘oyani “Lavlaka limo xalaqatu l-aflok” ya’ni, “Agar sen bo‘lmasang, osmon-falaklarni yaratmagan bo‘lar edim”dir hadisi orqali isbotlashga harakat qilgan. Bu – parvardigorning o‘z habibi Muhammad sallolluhu alayhi vasallamga yuborgan vahiylaridan bo‘lib, Bedil olamning Muhammad nuri tufayli yaratilgani va hazrati
O‘sha manba. 151-b.
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf.-T.: YAngi asr avlodi. 2002. 63-b.
Mustafo komillarning komili – komil inson timsoli ekanligiga ham ishora etadi. YA’ni odam shunchalik sharafliki, Xudoyi taolo barcha mavjudotni uning uchun yaratib, malaklarni sajda qildirdi, barcha hikmat va ilmlarni qalbiga jo etdi. Inson ana shu ulug‘vorligini anglashi – o‘z-o‘zini tanishi kerak.
YAngi davrga G‘arb mutafakkirlari SHarq faylasuflari tomonidan rivojlantirilgan «O‘zlikni anglash» g‘oyasiga tayangan holda, o‘zlarining fikrlarini ilgari surishgan. Masalan, XVIII asrlarda yashab ijod etgan ukrain mutafakkiri G.S.Skovoroda bu haqda shunday deydi: «Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. O‘zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi?8. SHuningdek, nemis faylasufi Iogann Gottlib Fixte (1762-1814) esa ushbu g‘oyani quyidagicha ifodalashga harakat qilgan «O‘z-o‘zingni idrok et, atrofingni o‘rab turgan hamma narsadan nigohingni uz va botiningga boq9.
SHarq va G‘arbda, Osiyo va Evropa xalqlari hayotida ham o‘zlikni anglash tuyg‘usining uyg‘onishi, pirovard natijada, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy, o‘zaro manfaatli hamkorlikka kirishuviga turtki bo‘lgan.
O‘zlikni anglashning yuqori pog‘onasi milliy o‘zlikni anglashdir. Milliy o‘zlikni anglash millatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga, jamiyat va davlatni boshqarishga, ijtimoiy borliqni o‘zgartirishga qaratilgan islohotlarga, taraqqiyot modellariga, jamiyatning kelajagiga oid etnosiyosiy munosabatlaridir.Milliy istiqlol mafkurasi va milliy g‘oya jahon xalqlarining uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan merosidan ham ozuqa olganligi bejiz emas. Zero, insoniyat jamiyati paydo bo‘libdiki, turli xalq allomalari insonni o‘zlikni anglashga da’vat etadi. SHarq va G‘arb allomalarining fikrlari milliy g‘oya va o‘zlikni anglash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini yaqqol namoyon etadi.
O‘sha manba. 321 b.
O‘sha manba. 344-b.
Milliy g‘oya – millat tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o‘zagidir. Milliy g‘oya-millat taqdiri, milliy va ma’naviy qadriyatdir.
Insoninng qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, milliy g‘ururi – milliy, ma’naviy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. Ular har bir kishining tili, tarixi, dini, adabiyoti, san’ati, rasm-rusmlari, urf-odatlari, bayramu-sayllari, bir so‘z bilan aytganda, madaniy-ma’naviy merosi, insoniy fazilatlari, xislatlarining yig‘indisidir. milliy, ma’naviy qadriyatlar o‘sha millatga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazilatlar, xislatlarni milliy-madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko‘rsatkichdir. Milliy, ma’naviy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yoki inqirozi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganimizda, milliy qadriyatlar millatning o‘tmishi va buguni bilan bog‘liq. SHu o‘rinda ushbu qadriyatning milliy g‘oya bilan qanchalik uyg‘un va uzviy bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin. Milliy qadriyatlar o‘tmishdan bugungi tomon harakatda bo‘lgan jarayondir. SHuning uchun ham, milliy, ma’naviy qadriyatlar ajdodlardan avlodlarga o‘tib turadi. O‘z navbatida ajdodlarni avlodlar bilan bog‘lovchi ko‘prik vosita vazifasini bajaradi.
Milliy, ma’naviy qadriyatlarimizning qadrsizlanishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1998 yil 28 oktyabrda maxsus Farmoni e’lon qilindi. Unga muvofiq, davlat va jamoat tashkilotlariga millatimiz, xalqimiz tabiatiga yot hunuk holatlarga zarba berish, ularni vujudga kelishi va rivojlanishiga chek qo‘yish chora-tadbirlarni ishlab chiqish tavsiya etildi. (I.Karimov. Adolatli jamiyat sari. T., 1998, 67-bet)
Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashib borayotganini, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda vujudga kelgan fuqarolarni tinch, totuv yashashga , barqarorlikka intilishida yaqqol ko‘rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik
O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlarni, millatlar va elatlarni buyuk ijtimoiy-siyosiy qadriyatiga aylanmoqda.
Har bir xalqning o‘zi uchun e’zozli, qimmatli bo‘lgan ma’naviy boyliklari bo‘ladi. Millat va elatlarning o‘ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy-munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi.
Bular xalqning o‘ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o‘ynaydi.
Milliy g‘oya va milliy-ma’naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik mavjud bo‘lib, bu quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
Birinchidan, milliy-ma’naviy qadriyatlar milliy g‘oya uchun ma’naviy negiz, manba bo‘lib xizmat qiladi;
Ikkinchidan, milliy g‘oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, odamlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchidan, milliy g‘oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma’naviy qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor etishning ma’naviy mezoni bo‘lib maydonga chiqadi.
Ma’naviyat, qadriyatlar va milliy g‘oya – jamiyat hayotining juda murakkab va serqirra, o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lgan sohalaridir.
Ma’naviyat, milliy qadriyatlar va istiqlol g‘oyalari alohida olingan har bir shaxs hayotida ham, jamiyatdagi turli guruh va qatlamlar faoliyatida ham, umuman insoniyat taraqqiyotida ham katta ahamiyatga ega. Millat va davlat taraqqiyotining ma’lum davrlarida ma’naviyat va milliy g‘oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo‘lib maydonga chiqadi.
Ma’naviyat, qadriyat va milliy g‘oya – xalqning bugungi hayoti uchun ham ertangi istiqboli uchun ham beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-ijtimoiy sohalardir.
Milliy ma’naviy qadriyat – milliy g‘oyaning tayanchidir. Milliy g‘oya o‘z navbatida O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylashi, kelajak avlodlarga etkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O‘tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o‘rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash milliy g‘oyaning amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo‘lishi uchun asoslar yaratadi
Do'stlaringiz bilan baham: |