S UV PARISI
Oshanda ham ayni bahor kunlari edi. Atrof kom-kok maysalarga, daraxtlar ham yashil libosga burkangan. Qishi bilan dam olgan dehqonlar endi dala boshidan beri kelmay qoyishgandi. Dehqonchilik ishlari boshlanib, hamma ochiq maydonlarga ekin ekishga kirishib ketgandi. Havo isib ketganidan uyimiz yonidan oqib otadigan kanal ham ancha tolib oqadigan boldi.
— Suv juda kopayibdi. Kuzda ekilgan bugdoylarni yaxshilab sugorishimiz kerak. Kechasi navbatlashib qarab, tezroq suvlashni tugatib olinglar, - deb topshiriq berdi otam.
— Ehtiyot bolinglar, yosh bolalar kozimizni chalgitib, kochaga chiqib ketmasin, katta suv yaqin... — deb onam ham kelinlarga tinmay eslatib turardi osha kunlari.
— Ikki kundan beri daladasizlar. Nimagadir konglim notinch, kechasi suv boyiga borganda kalima qaytarib, duo oqinglar, suvning parilari boladi... Quloqlarni togrilab qoyib, uyga qaytaver, sahar turib xabar olarsan, — dedi onam kechki payt ketayotganimda.
— Oyi, tuni bilan siz aytgan parini kutdim, kelmadi. Kun yorishgach, uyga qaytaverdim, — dedim ertasiga hazillashib onamga.
— Ha, senga hazil bolsa... — ranjigan boldi onam. Ikki-uch kun otib, kechasi kuchli momaqaldiroq bolib, chelaklab yomgir quya boshladi. Bunday paytda kanaldagi suv ham kopayib, yopilgan quloqlarni yuvib, ekinlarni suv bosishi hech gap emas. Ikki kun oldin bugdoyzorga suv ochganim yodimga tushib, shoshib borib suv yollarini mustahkamroq berkitmoqchi boldim. Uyda hamma uxlab qolgani uchun ukamni uygotib otirmadim.
Tashqariga chiqishim bilan katta olapar itimiz yolimni tosib, tinmay hura boshladi.
— Jim yot, Olapar! Yur, men bilan dalaga borib kelamiz, — dedim-da, ketmonni olib yolga tushdim. Birpasda ustim shalabbo boldi. Shoshib qalinroq kiyinish ham esimga kelmabdi. Itimiz esa oyogimdan tishlab orqaga tortqilab, orqamdan ergashib tinmay hurardi.
- Nega muncha vahima qilmasang, yomgirdan shuncha qorqyapsanmi?
Kanal yoqasiga kelib qolgandim. Shu payt kuchli momaqaldiroq va chaqmoq bolib, atrof judayam yorishib ketdi. Suv bilan limmo-lim kanal yuzasi oynadek yaltirab korindi. Beixtiyor oyoqlarim dala tomonga emas, kanal tomonga qarab yura boshladi. Atrof birdan suv quygandek jimjit bolib qoldi. Faqat oqayotgan suvning sokin jildirashigina eshitilardi. Shu payt bir toda qizlarning shox kulgisiga oxshash ovoz eshitildi. Kimning ovozi ekan, deb osha tomonga yana ildamroq yura boshladim. Uzoqdan yaltiragan inson sharpasi, aniqrogi, uzun boyli qizga kozim tushdi. U men tomonga qarab imo qilgandek boldi. Tezroq borib, kimligini bilmoqchi boldim. Shuncha yursam ham unga eta olmasdim. U esa bir korinib, bir goyib bolib, meni ozi tomonga chorlardi. Shu payt qulogimga yana olaparimizning hurgani eshitildi. Toxtab, orqamga qaradim. Olaparning ovozi yaqinlasha boshladi. Yomgirni yana seza boshladim. Birdan onamning gapi yodimga tushdi. Tezda bilgan duolarimni oqiy boshladim. Shunda uzoqdan otamning ismimni aytib chaqirganini eshitdim. Olaparning men tomonga oqday uchib kelayotganiga kozim tushdi.
Halloslab etib kelgan ukam bilan otam xavotirlanib, meni soroqqa tuta boshlashdi.
— Nimaga bu tomonga ketib qolding? Shuncha chaqirsak ham toxtamading? Nega yarim kechasi uydan chiqding... shunday yomgirda?
— Bugdoyni suvini xabar olgani chiquvdim.
— Bugdoyzorimiz boshqa tomonda-ku, sen kanalning boshlanish joyiga kelgansan, nima qilmoqchiyding bu erda? Yaxshiyam Olapar borib bizni uygotdi, bolmasa bir falokatga yoliqishing aniq edi. Xudo bir asradi, - dedi otam xavotir bilan. Birgalashib uyga qaytdik. Olapar ham indamay ortimizdan ergashdi, u tinchib qolgandi. Itlar inson koziga korinmaydigan narsalarni kora oladi, deyishgani rost ekan-da. Ertasiga kechasi korgan narsalarimni uydagilarga aytmoqchi boldim. Lekin ishonmasliklarini bilib, indamay qoya qoldim. Oshanda itimiz tufayli bir falokatdan omon qolgan bolsam ajabmas, yana kim biladi deysiz...
Do'stlaringiz bilan baham: |