Oilamiz erkasi-o'zing kenjatoy,
Tug'ilgan kuning-la qutlay Zahroxon.
Sho'xsanda singlim, senda tinim yo'q,
Shifokor bo'lging kelar, ba'zan o'qituvchi,
Sog'-salomat yurgin, ko'ngil qilib to'q,
O'zim qo'llagayman ishongin har chog'.
Omad doim bo'lsin yonigda hamroh,
Yaqin-yiroqlardan hech ko'rmagin ozor,
Ota-yu onamiz hamisha panoh,
Singiljon baxtingga yetkazsin Alloh.
Tug'ilgan kuning-la qutlay Zahroxon,
Quvonchdan porlasin ko'zlaring har on,
Tilaklarim senga bo'lsin armug'on,
Eng baxtli qizlardan bo'lasan ishon.
Tug'ilgan kuning-la qutlay Zahroxon...
"Yangi yil"
(Qadrli insonim sizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Yangi yil faqat va faqat baxt olib kelsin.)
Do'stlaringiz bilan baham: |