Firog'ingiz qalbni etdiku vayron,
Mayli, keta qoling, men bo'lsam yomon...
Yolg'izim baxtingizni bersin Allohim,
Ko'z yoshimga faqat, "Samo" guvohim.
Oshiq Qalbim ishqsiz bo'larkan ojiz,
Ma'shuqsiz oshiq ham qolar chorasiz,
Sevmaslik kerak deb aytishmas bejiz,
Yolg'izim baxtingizni bersin Allohim,
Ko'z yoshimga faqat, "Samo" guvohim.
"Sog'inganim..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Talpinadi yurak siz tomon,
Meni ko'rsin sizning ko'zingiz,
Shunda doim bo'laman omon.
Sog'inganim yakka o'zingiz,
Olisdasiz yetishmoq mushkul,
Ko'zga surib bosgan izingiz,
Yurak sizga oshufta butkul.
Do'stlaringiz bilan baham: |