Kinematik qovushqoqlik
deb suyuqlikni ichki ishqalanishini solishtirma
koeffitsientiga aytiladi. Davlat standartlarida ko’pchilik neft mahsulotlari uchun
kinematik qovushqoqlik ko`rsatiladi. Suyuqlikning kinematik qovushqoqligi uning
dinamik qovushoqligini zichligiga nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi
sifatida 1 m
2
/s qabul qilingan.
Kinematik
qovushoqlikni
aniqlashda
turli
xil
viskozimetrlardan
foydalaniladi. Pinkevich viskozimetrlaridan (3.3-rasm) keng foydalaniladi. Bu
turdagi viskozimetrlarda kinematik qovushoqlikni aniqlash tartibi quyidagicha:
Tajriba o`tkazishdan oldin viskozimetr benzin
yordamida yaxshilab tozalanadi. So`ngra asbob
havoda
quritiladi.
Tekshirilayotgan
neft
mahsuloti qog`oz filtrlar yordamida tozalab
olinadi. Tozalangan neft mahsuloti o`lchash
menzurkasiga
quyiladi.
Neft
mahsuloti
quyiladigan
idishga
qovushoqlik
o`lchash
asbobi joylashtiriladi. Asbobning chiqarish
teshigiga (5) rezina shlang kiritiladi, tirsakka (6)
tiqin tiqib, asbobni neft mahsuloti quyilgan
idishga to`ntariladi va teshik (5) orqali
mahsulotni uning «B» belgisigacha tortib
to`ldiriladi. So`ngra asbobni neft mahsuloti
to`ldirilgan idishdan chiqarib olinadi. Tirsakdan
(6) esa tiqin olib tashlanadi. Neft mahsuloti
bilan
to`ldirilgan
viskozimetr
shtativga
o`rnatilib, suyuqlik to`ldirilgan idishga
3.3-rasm. Pinkevich
viskozometri
joylashtiriladi (3.4- rasm). Shlang chiqarish teshigidan (5) olinib trubkaga (3)
kiydiriladi. Idishdagi suyuqlik standartda ko`rsatilgan haroratgacha qizdiriladi va
bu haroratda neft mahsuloti bilan to`ldirilgan viskozimetr 15 daqiqa turishi lozim.
So`ngra shlang (8) orqali asbobning yuqorigi sharsimon kengayishining 1/3
qisimgacha neft mahsuloti so`rib olinadi va quyib yuboriladi. Neft mahsuloti
naycha (4) orqali qaytib oqishni boshlab «A» belgisiga yetganda (ikki kengayishlar
oralig`ida) sekundometr ishga tushiriladi va «V» belgisiga yetganda to`xtatiladi,
o`tgan vaqt qayd etiladi. Shu tariqa tajriba besh marta takrorlanadi va o`rtacha vaqt
aniqlab olinadi.
O`rtacha arifmetik qiymatga asoslanib
kinematik qovushoqlik quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
bu yerda:
- suyuqlikni oqib tushishi
uchun sarflanadigan vaqtning o`rtacha
arifmetigi, s;
S - viskozimetr doimiysi, mm
2
/s.
Kinematik va dinamik qovushoqlik o`zaro
suyuqlikning zichligi bilan quyidagicha
bog`langan:
⁄
Ya`ni
suyuqlikning
kinematik
qovushoqligini uni dinamik qovushoqligini
o`sha haroratdagi zichligini nisbatiga teng.
3.4-rasm. Kinematik
qovushqoqlikni aniqlash asbobi
Kinematik qovushoqlikni o`lchov birligi stoks (St) yoki undan 100 kichik
birlik santistoksdir (sSt). Toza (distillangan) suvning 20,22 ºC da qovushoqligi
1sSt ga teng. SI tizimida kinematik qovushoqlik m
2
/s da o`lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |