Neftni qayta ishlashda qo'llaniladigan katalizatorlar reja


Neftni qayta ishlashning fizik usullari



Download 101,83 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi101,83 Kb.
#210373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
NEFTNI QAYTA ISHLASHDA QO'LLANILADIGAN KATALIZATORLAR

Neftni qayta ishlashning fizik usullari. Neftni qayta ishlash va qaynash harorati farqiga qarab alohida fraksiyalarga (distillatlarga) ajratish, bir bosqichli yoki ikki bosqichli apparatlarda amalga oshiriladi. Birinchi holda jarayon atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli motor yoqilg'ilari va mazut (qaysiki, ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil bo'ladi. Ikki bosqichli qurilmalarda neft avval atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg'isi va mazut olinadi. So'ngra mazutdan past bosimda haydab turli surkov moylari va gudron olinadi. Gudron keyin qayta ishlanib pyok, asfalt va neft koksi olinadi. Ikkala bosqichni birlashtirish katta iqtisodiy samara beradi va bunday qo'shma apparat atmosfera - vakuumli quvursimon qurilma (AVQ) deyiladi. AVQning muhim sxemasi 95- rasmda berilgan. Unda neft nasos bilan quvursimon issiq almashtirgichlarga navbat bilan ko'tarib beriladi, u yerda 170—180°C gacha qizdiriladi, so'ngra quvursimon pechga o'tib 320°C *gacha qizib suyuq va bug' holatda rektifikatsiya kilonnasining ostki qismiga boradi. U yerda bug'lanadi va bug' mazutning suyuq qismidan ajraladi.

Bug' yuqoriga ko'tarilib, fraksiyalarga: solyar moylari (300-350°C, 5 %), kerosin (200-300°C, 19 %), ligroin (160-200°C, 8 %)ga ajraladi. Bu fraksiyalar sovitilgach, yig'gichlarga borib to'planadi. Benzin (170°C gacha 15 %) kolonnaning yuqori qismidan bug' holatda chiqarib olinadi va awal issiq almashtirgichdan (toza neft bilan) so'ngra kondesatorda kondensatlangan suyuq holda suvda ajratish uchun tindirgichga oqib o'tadi. Olingan benzinning bir qismi yuqori haroratda qaynovchi fraksiya bug'larini kondensatlash uchun kolonnani sug'orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash haroratini pasaytirish uchun o'tkir bug' kiritiladi.

Katalizatorning sistemaga kiritish usuli va uni regeneratsiya qi- lish yo’li bilan jarayonni texnologik bejash farqlanadi. Odatda, kata- lizator sistemaga uch usul bilan kiritiladi:


  1. Suspenziyalashtirilgan katalizatorli sxema.

Juda maydalangan yoyuvchi (kizelgur) yuzasida kobalt metali o‘tirib qoladi va so‘ng reaktorga keladi.

Usul kamchiliklari: apparaturaning eroziyasi, katalizator tayyor- lash operatsiyalarining murakkabligi va beso‘naqayligi.



  1. Ikki reaktorli va triadali sxemalar.

Katalizer-apparat yuzasiga kobalt metalli o’tirib qolgan statsi- onar yoyuvchi bilan to’latiladi. Shu apparatning o’zida 150-180°C haroratda va 200-300 atmosfera bosimi ostida kobalt karbonili hosil bo‘lishi va ularni xomashyoda erib ketishi amalga oshadi. Shunday yo‘l bilan tayyorlangan katalizator karbonillash reaktoriga boradi.

  1. Tuzli sxemalar.

Kobalt reaktorga yog‘ yoki naften kislotalarning tuzi ko‘rinishida kiritilib, so‘ngra reaksiya sharoitlarida kobalt karbonillari hosil bo‘ladi:


2. Katalizatorni regeneratsiya qilish usullari


  1. Kobaltni ajratish uglerod oksidi yo‘q paytda uni yoyuvchi- pemza yoki kizelgur yuzasiga o‘tqazish orqali amalga oshiriladi.

  2. Kobaltni shavel kislota yoki kuchsiz kislotalar yordamida par- chalagach, kobalt filtrlanadi.

Ushbu usul bilan zanjirida uglerod atomi juft son bo‘lgan bir- lamchi spirtlar olinadi.

Usul GFR, Yaponiya, AQSH, Hamdo’stlik davlatlarida amalga oshirilgan. Sintez uch bosqichdan iborat:



  1. Yuqori uchalkilaluminiylarni sintezi:

Ikkala reaksiya 40-120 atmosfera bosimi ostida va 100-120°C haroratda olib boriladi.

2. Yuqori uchalkilaluminiylarni havo yoki kislorod bilan 20­100°C da oksidlab, aluminiy alkogolyatlarini hosil qilish:

3. Alumiiy alkogolyatlarini spirtgacha gidrolizlash 25-150°C da suv yoki sulfat kislota yohud ishqor (NaOH) larning suvli eritmalari- ni ta’sir ettirish bilan amalga oshiriladi.



Jarayonning kamchiliklari



  1. Birinchi bosqichda toksik, yong‘in jihatdan xavfli va portlash xavfi bor moddalar (aluminiy uch etil va yuqori aluminiy uchalkil- lar) ishlatilishi;

  2. Bir tonna spirt olish uchun aluminiy katta sarfi (60-100 kg).

  3. Quyi spirtlar - etil, butil spirtlar hosil bo‘lishi, ularni ushbu usul bilan olish iqtisodiy yaxshi emas, C20- spirtlarga esa barqaror talab yo‘q.

  4. Bosimni qo‘llanilishi jarayonni qimmatlashtiradi.

Biroq yuqorida sanab o‘tilgan hamma kamchiliklarni xomashyo- ning arzonligi kompensatsiyalaydi, bundan tashqari, zanjirida ugle- rod atomi juft son bo‘lgan spirtlar hosil bo‘ladi va ularni bir-biridan oson ajratib olish mumkin. Ular asosida biologik to‘la parchalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan sintetik yuvish vositalari olinadi.

Ikki atomli spirtlarni olish

Ikki atomli spirtlardan eng ko‘p ahamiyat kasb etgani etilen- (CH2OH-CH2OH) va propilenglikol (CH3-CH0H-CH20H) lardir.

Ikki atomli spirtlar erituvchi sifatida, sintetik mahsulotlar (lavsan tolasi), antifriz ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Etilenglikol olish usullari

Etilenglikol quyidagi usullar bilan olinadi:



  1. Dixloretandan:

Uchinchi usul eng kelajagi porloq usuldir; 1- va 2- usullarda xlor katta miqdorda sarf qilinadi hamda xlor mineral tuz (CaCl2) ko‘rinishida chiqarib olinadi.

Etilenglikol ishlab chiqarish uchun ilk
mahsulotlarni olish

Etilenglikol ishlab chiqarish uchun ilk xomashyolar sifatida dix- loretan, etilenxlorgidrin va etilen oksidi kerak bo‘ladi.

1. Dixloretan. Dixloretan etilenni 20-40°C haroratda xlorlash yo‘li bilan olinadi:

Yonaki reaksiyalarni (etilenni chuqurroq xlorlash) bostirmoq uchun reaksiya zonasiga kislorod va temir xlorid (FeCl3) kiritiladi.


3 Etilenning Sigler katalizatorlarida anionli


polimerizatsiyasi

Etilenning kompleks metallorganik katalizatorlarda polimerlanish reaksiyasi anionli polimerizatsiya usuli bilan amalga oshiriladi:



  1. zanjirning o‘sishi:

С 2 H 4 + Al (C 2 H 5)3 ^ C 2 H 5 - CH 2 - CH 2 Al (C 2 H5)2 ^ C 2 H 5( CH 2 CH 2) n+1 Al (C 2 H5)2

  1. zanjirning uzilishi:

C2H5 (CH2CH2)n+1 Al(C2H5 )2 ^ H(C2H5)n CH = CH2 + Al(C2H5)

Katalitik kompleksning nisbatini o‘zgartirib, turli molekular og‘irlikka ega bo‘lgan polietilen olish mumkin:

Al(C2H5)3:TiCl4=1:1-1:1,2. Mol og’irlik 70000-350000;

Al(C2H5)3:TiCl4=2:1. Mol og‘irlik 3 mln. gacha (qayta ishlash qiyin);

Al(C2H5)3:TiCl4=1:2. Mol og‘irlik < 30000.

Odatda, Al(C2H5)3:TiCl4=1:1,2 nisbat ishlatiladi. 1 kg polietilen uchun Al(C2H5)3- 0,2%, TiCl4- 0,3% sarf bo‘ladi. Katalizator suvga va kislorodga ta’sirchan bo‘ladi.



Al(C2H5 )3 + izo - C3H7OH ^ AL(OC31

Shu bois xomashyoda kislorod va namlik bo‘lmasligi kerak.

Reaksiya tugagach katalizatorni yo‘qotib tashlash uchun izopro- pil spirti va benzin aralashmasi bilan yuviladi polietilen:

Al(C2H5 )3 + izo - C3H7OH ^ AL(OC3H7 )3 + 3C2H

Benzin quyi molekular polietilenni eritadi. Biroq hamma katali- zatorlarni polietilendan to‘la yuvib tashlash imkoniyati yo‘qligi sa- babli polietilen yuqori bosimli polietilenga nisbatan quyi dielektrik xossalarga ega bo‘ladi.




Download 101,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish