Vakuum kolonnada bosimni siyraklashtirish-vakuum hosil qilish kolonnaning yuqori qismida o’rnatilgan vakuum nasosi yoki, vakuum hosil qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Vakuumli rektifikatsion kolonnadan bir necha fraksiyailar ajralib chiqadi. Yengil vakuum distillyat va og’ir vakuum distillyat ko’pincha alohida fraksiya holida olinadi. Bu ikkala vakuum distillyat surkov moylari ishlab chiqarishda bazaviy distillyat sifatida ishlatiladi.
Ayrim hollarda ularni ajratmay aksincha, ikkalasini qo’shib vakuumli haydashning yengil fraksiyasi deb, nomlanuvchi mahsulot olinadi.
Asosan yuqori molekulyar birikmalardan tarkib topgan og’ir mahsulot vakuumli haydash kolonnasining tubida qoladi va u vakuumli haydash qoldig’i – gudron deb ataladi. Vakuumli haydash qoldig’i bitum olishda yoki, qoldiq yoqilg’i olish uchun komponenti bo’lib termik kreking xom ashyosi sifatida ishlatilishi mumkin.
Qoldiqning qaynab tugash haroratini aniqlash qiyinchilik tug’dirgani sababli, qoldiqlarni tavsifli uning zichligi, qovushqoqligi va shu kabi boshqa xosalari orqali ifodalanadi.
Yuqori quvvatdagi zamonaviy neftni atmosfera – vakuumli sharoitda haydash qurilmalari quyidagi bloklardan tuzilgan holda quriladi:
Neftni issiqlik almashtirgichlarda dastlabki qizdirish;
Neftni elektr tuzsizlantirish va suvsizlantirish (ELOU);
Issiqlik almashtirgichlarda navbatdagi qizdirish;
Neftni benzinsizlashtirish;
Atmosfera kolonnasi;
Mazutni vakuum ostida fraksiyalash;
Benzinni barqarorlashtirish va uni qisqa fraksiyalar olishda ikkilamchi haydash1.
Qurilmaning texnologik sxemasi 13-rasmda keltirilgan:
Xom ashyo neft bir necha parallel oqimlarda 7, 8, 9, 10, 11, 12 va 13 issiqlik almashtirgichlar guruhidan o’tib 100–1300C gacha qizdiriladi va to’rt parallel oqimda 14-elektrogidratorlarga tushadi. Elektrogidratorlardan chiqib, 15 va 16 issiqlik almashtirgichdan o’tib, 18-issiqlik almashtirgichda qo’shilgan holda qizdiriladi. Neft 200–2500C gacha qizdirilib, 19-benzinsizlantirish kolonnasiga tushadi. Bu kolonna yuqorisidan gaz, benzin va suv bug’lari chiqariladi.
Benzinning sirkulyatsiyalanuvchi qismi 25-nasos yordamida kolonnaga qaytariladi, balansdan ortiq qismi benzinni barqarorlashtiruvchi 59-kolonnaga beriladi. Kolonna 19 ni pastidagi temperaturani saqlash uchun benzinsizlantirilgan neft pechda 250 – 3700C da qizdirilib, kolonna pastki qismiga qaratib turiladi. Benzinsizlantirilgan neftning balans qismi 26-nasos yordamida 27-pechga beriladi va 370 – 3800C da qizdirilgan holda 30-chi atmosfera kolonnasiga beriladi.
Atmosfera kolonnasi 30 yuqorisidan og’ir benzin va suv bug’lari, shuningdek, neftni 27-pechda qizdirish vaqtida hosil bo’lgan parchalanish gazlari chiqariladi. Olingan gaz–benzin–suv aralashmasi 33-separatorda ajratiladi. Og’ir benzin fraksiyasi kondensati yengil benzin bilan birgalikda barqarorlashtirish kolonnasiga beriladi. Atmosfera kolonnasi yuqorisiga beriladigan sovutilgan quyilish kolonnadagi uchinchi tarelkadan chiqarilib, 34havoli sovitkich, 37-suvli sovutkichlarda sovutilib, 43-nasos yordamida kolonnaga qaytariladi.
Kerosin fraksiyasi 35-bug’latish kolonnasi pastki qismidan 42-nasos yordamida 7 va 6-sovitkichlar orqali qurilmadan chiqariladi.
Dizel yoqilg’i fraksiyasi 36-bug’latish kolonnasidan nasos 41 yordamida chiqariladi. Chiqayotgan dizel yoqilg’isi issiqligi 68- issiqlik almashtirgich– qizdirgichda, so’ngra 9-issiqlik almashtirgichdan foydalaniladi. Dizel yoqilg’isini olishni ko’paytirish uchun 30-kolonna pastda o’ta qizdirilgan (4000C) suv bug’i kiritiladi, shuningdek, 35 va 36 bug’latish kolonnalarida ham yengil fraksiyalarni ajratish uchun qizdirilgan suv bug’i kiritiladi.
Atmosfera kolonnasi 30 da yana ikkita cirkulyaciya quyilishi mavjud, ya`ni o’rta va quyi sirkulyatsiyalardir. Atmosfera kolonnasi pastidan 40-nasos yordamida mazut, 56-zmeevikli vakuum pechida qizdirilib, 380–4000C da 48vakuum kolonnasiga beriladi.Kolonna 48 yuqorisidagi quyilishda I moy fraksiyasidan foydalaniladi, ya`ni 51-nasos yoramida 12-issiqlik almashtirgich orqali o’tib, 47-chi havoli sovitkichda sovitilib, 48-kolonnaga qaytariladi.Balansdan tashqari miqdori qurilmadan chiqariladi.
Vakuum kolonnasi yuzasidan kondensiyalanmagan komponentlar(parchalanishda hosil bo’lgan gazlar, yengil fraksiyalar, suv bug’lari va havo aralashmalari) 46-havoli sovitkichda va qobiq tipli suvli sovitkich 45da sovitilgandan so’ng gaz-suyuqlik aralashmasi vakuum hosil qilish tizimiga tushadi.
Ikkinchi moy fraksiyasi 54-nasos yordamida 49-bug’latish kolonnasi pastidan 11-issiqlik almashtirgichdan so’ng 3-havoli sovitkichda sovitilgan holda qurilmadan chiqariladi. Uchinchi moy fraksiyasi 50-bug’latish kolonnasi pastidan nasos 52 yordamida 13- issiqlik almashtirgich va 2-havoli sovitkichdan so’ng rezervuarga yuboriladi.
Vakuumli kolonnasi 48 pastki sirkulyatsiya quyilishini 55-nasos yordamida amalga oshirilib, flegma 16-issiqlik almashtirgich orqali o’tib, 17havoli sovitkichda sovitilgan holda kolonnaga qaytariladi. Uchinchi moy fraksiya olishni ko’paytirish uchun kolonna pastidan qizdirilgan suv bug’i beriladi. Qoldiq gudron kolonna 48 pastidan 53-nasos yordamida 18 va 8issiqlik almashtirgichlardan so’ng 5-havoli sovitkichda sovitiladi.
Seperatorlar 22 va 33 dan ajratilgan barqarorlashtirilmagan benzinlar 25 va 44-nasoslar yordamida parallel oqimlarda 60 va 61 issiqlik almashtirgichlardan so’ng 59-kolonnaga tushadi. Kolonna 59 da benzin fraksiyasidan erigan gazlar ajratiladi. Ular 58-chi havoli va 57-suvli sovitkichdan so’ng 72-separatorga tushadi. Separatorda og’ir gaz kondensiyalangan yengil uglevodorodlardan, suyultirilgan gazlar (reflyuks) dan ajratiladi. Suyultirilgan gazning cirkulyaciya qismi kolonnaga quyilish sifatida beriladi, balans qismi gazlarni fraksiyalash qurilmasiga yuboriladi, shuningdek, og’ir gazlar ham shu qurilmaga yuboriladi. Barqarorlashtirish kolonnasi pastki issiqlikni 74-nasos yordamida 75-pech orqali qizdirilgan barqaror benzin sirkulyatsiyasi bilan amalga oshiriladi.
Barqarorlashtirilgan benzin 59-kolonna pastidan olinib, ikkilamchi fraksiyalash kolonnalari 62 va 68 ga beriladi. Kolonna 62 yuqorisidan boshlang’ich qaynash temperaturasi 850C gacha fraksiya chiqarilib, 68kolonnaga bug’li to’yintirish sifatida beriladi. Bu fraksiyaning sirkulyatsiya qismi 65-havoli, 66-suvli sovitkichdan o’tib, 67-yig’gichdan 77-nasos yordamida 62-kolonnaga sovuq quyilish hosil qilish uchun qaytariladi. Kolonna
62 pastidan olinadigan 85–1200C (yoki 85–1800C) fraksiya 61-issiqlik almashtirgich va 63- havoli sovitkichdan so’ng qurilmadan chiqariladi. Kolonna 68 yuqorisidan boshlang’ich qaynash – 620C gacha fraksiya chiqarilib, 69havoli, 70-suvli sovitkichdan o’tib, 71-yig’gichda to’planadi va bu yerda bir qismi 68-chi kolonnaga quyilishga qaytariladi, balans qismi qurilmadan chiqariladi. Kolonna 68 pastidagi issiqlik 78-issiqlik almashtirgichdan o’tayotgan dizel yoqilg’isi issiqligi hisobidan ta`minlanadi. 68-chi kolonna pastidan chiqariladigan 62–850C fraksiya 79-nasos yordamida 60-issiqlik almashtirgich va 64- havoli sovitkichdan so’ng chiqariladi.
Mazutni vakuum sharotida haydash ikki variant bo’yicha o’tkazilishi mumkin: I- variant yoqilgi olish, ya`ni katalitik kreking qurilmasi xom ashyosi bo’lgan yengil va og’ir gazoyllar olish; II-variant moy distillyatlarini olishdir.
Moy distillyatlarini olish uchun mazut vakuumda ikki bosqichda haydaladi. Vakuum sharoitida mazutni ikki bosqichda haydash orqali Ibosqichda – vakuum fraksiyalash kolonnasidan solyar distillyati, keng fraksion tarkibli (350 –5750C) moy distilyatlari va gudron chiqariladi, II-bosqichda olingan moy distillyatlaridan uch distillyat: parafinli (350 – 4600C), avtol (460 – 4900C) va silindr (>460 0C) moylariga ajratiladi.
Jarayon texnologik sxemasi quyidagi 14-rasmda keltirilgan. Xom ashyo mazut 3-pechga qizdirishga kiritilishga qadar ikki oqimda ishlayotgan issiqlik almashtirgichlar 29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim o’tadi, so’ngra 1 va 2-issiqlik almashtirgichlarda qurilmadan chiqarilayotgan gudron issiqligi hisobiga qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 4350C gacha qizdiriladi. Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajralishi uchun 6-vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli fraksiya 7yig’gichga to’planadi, gudron 5-nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. Solyar 4-nasos yordamida yarim berk tarelkadan 29-issiqlik almashtirgich va 32sovutgichda sovutiladi, so’ngra sovutilgan solyar distillyatni bir qismi 6-vakuum kolonnaga qaytariladi.
Moy distillyati 7-yig’ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik almashtirgich, 23-qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) va
21-suvni qizdirish qurilmasidan o’tib, 6-kolonna o’rta qismiga recirkulyat sifatida qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7-yig’gichdan 9-nasos yordamida 10-pechda (3850C) qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi.
Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig’iluvchi parafin distillyati, 14-bug’latuvchi seksiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24-
issiqlik almashtirgich, qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon (kotyolutilizator) 26 va 27 sovutgichdan o’tib chiqariladigan silindr distillyatlari hisoblanadi.
Avtol distillyatining sirkulyatsiyalanuvchi qismi 16-nasos yordamida quyilib, 11 va 12-qurilmalarda sovutilgan holda 13-kolonna o’rta qismiga uch oqimda beriladi. Balans miqdori rezervuarga yuboriladi.
Parafin distillyati 13-kolonnadan chiqishda 25-issiqlik almashtirgich, 34suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-ketlikda sovutilib, bir qismi kolonnaga to’yintirish yoki sovuq quyilishga qaytariladi, ortiqchasi rezervuarga yuboriladi.
Gudron markazdan qochma tipdagi 19-nasos yordamida qurilmadan chiqarilguncha o’z issiqigini 1 va 2-issiqlik almashtirgichlar orqali xom ashyo mazutga beradi.
Qurilmadagi bug’latuvchi seksiyaga suv bug’i kiritiladi. Qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator)lar 0,6 MPa bosimidagi suv bug’i ishlab – chiqarishga mo’ljallangan, qaysiki ular keyin qaynoq gazlar bilan qayta qizdiriladi.
Qurilmadagi kolonnalar ish rejimi quyidagi 8-jadvalda keltirilgan:
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |