1099. 2nC va 4nC 2ta nuqtaviy zaryadlarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq o`rtasida hosil qilgan maydon kuchlanganligini aniqlang. O`rtadagi nuqtada faqat 1- zaryadni o`zi hosil qiladigan maydon kuchlanganligi 2V/m (6) 1100. 2ta turli ishorali zaryadlar musbat zaryaddan manfiy zaryad 2.25 marta katta. Zaryadlar orasidagi masofa manfiy zaryaddan maydon kuchlanganligi nolga teng bo`lgan nuqtagacha bo`lgan masofadan necha marta kichik? (2)
1101. Ikki nuqtaviy 64 nC va 48 nC zaryadlar orasidagi masofa 10 sm ga teng. 1-zaryaddan 8sm, 2-zaryaddan 6sm masofadagi nuqta maydon kuchlanganligini aniqlang. (150)
1102. Turli ishorali kattaligi bir xil 36 nC 2 ta zaryad tomoni 2m bo'lgan teng tomonli uchburchakni 2 ta burchagida turibdi. Uchburchakni 3-burchagidagi elektr maydon kuchlanganligini aniqlang. (81)
1103. Turli ishorali kattaligi bir xil 5 nC dan bo'lgan 2ta nuqtaviy zaryad bir-biridan 2,4 m masofada turibdi. Har bir zaryaddan 3 m masofadagi nuqta maydon kuchlanganligini aniqlang. (4)
1104. 50 nC va 32 nC nuqtaviy zaryadlar bir-biridan 9 sm masofada joylashgan. 1-zaryaddan 5 sm 2-zaryaddan 6 sm masofadagi nuqtaning maydon kuchlanganligini aniqlang. (220)
1105. 24 nC va 135 nC nuqtaviy zaryadlar bir-biridan 11 sm masofada turibdi. 1-zaryaddan 4sm 2-zaryaddan 9sm masofadagi nuqta maydon kuchlanganligini aniqlang. (165)
1106. Tomoni 10sm bo'lgan kvadratning 3ta burchagida har biri 10-11 C dan zaryadlar bor. 4-burchagida esa manfiy 2*10-11C zaryad bor. Kvadratning markazidagi maydon kuchlanganligini aniqlang. (54)
1107. Tomoni 1m bo'lgan rombni o'tkir burchaklariga 1nC dan musbat zaryadlar, o'tmas burchaklaridan biriga esa musbat 5 nC zaryad joylashtirilgan. Rombning kichik dioganali uning tomoniga teng bo'lsa, uning 4-burchagidagi maydon kuchlanganligini aniqlang. (54)
1108. Tomoni 20 sm bo'lgan muntazam uchburchakni ikki burchagiga har biri 14 pCdan nuqtaviy zaryadlar 3-burchagiga esa 2pC nuqtaviy zaryad joylashtirilgan. Turli ishorali zaryadlarni tutashtiruvchi uchburchakni tomoni o'rtasidagi maydon kuchlanganligini aniqlang.
1109. Tomoni 30 sm bo'lgan muntazam uchburchakni ikki burchagiga turli ishorali, kattaligi bir xil 25pC zaryadlar joylashtirilgan. Uchburchak markazidagi maydon kuchlanganligini aniqlang. (21)
1110. Muntazam tomoni 10 sm bo’lgan oltiburchakni qarama qarshi burchaklariga +5 nk va -5 nk zaryadlar joylashtirilgan. Barcha zaryadlarni oltiburchak markazida hosil qilgan maydon kuchlanganligini toping. (0)
1111. Tomoni 10sm bo'lgan muntazam oltiburchakni 3ta qo'shni burchaklariga +5nC, qolgan burchaklariga esa 5nC dan zaryadlar joylashtirilgan. Oltiburchak markazida zaryadlar hosil qilgan maydon kuchlanganligini aniqlang. (18)
Do'stlaringiz bilan baham: |