NEFT VА NEFT MАHSULOTLАRINI SАQLАSH OMBORLАRIDА YONGʼIN XАVFSIZLIGINI TА'MINLАSHNING DOLZАRB MUАMMOLАRI
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
NEFT VА NEFT MАHSULOTLАRINI SАQLАSH
OMBORLАRIDА YONGʼIN XАVFSIZLIGINI
TА'MINLАSHNING DOLZАRB MUАMMOLАRI
Soʼnggi yillarda dunyoda neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlarida yongʼin
xavfsizligini taʼminlash dolzarb muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Bu toifadagi
korxonalarda sodir boʼlgan yongʼinlar insonlarning xavfsizligini taʼminlashga jiddiy
xavf tugʼdirib, ularning xalok boʼlishiga sabab boʼlishi mumkin.
Ularni sodir
boʼlishining sababi nimada va qanday qilib bunday yongʼinlarni oldini olish
mumkin? Dunyoning turli mamlakatlarida neft va neft mahsulotlarini saqlash
omborlarida oxirgi 10 yil davomida sodir boʼlayotgan avariya va yongʼinlarning
tahlili ularning asosiy qismini, yaʼni 95 foizini xom ashyo yoki tayyor mahsulotni
portlashi bilan bogʼliqligini, shundan 54 foizini appparatlarning ichqi qismida, 46
foizini esa ishlab chiqarish binolari va tashqi texnologik
qurilmalarda sodir
boʼlayotganligini koʼrsatmoqda. Аksariyat holatlarda yuzaga kelayotgan buzilishlar,
koʼrilayotgan katta zarar yongʼin va porlashga xavfli moddalarni sizib chiqib,
yonishi va portlashi sabab boʼlayotgan katta yongʼinlar oqibatida yuzaga
kelmoqda.
Obʼektlardagi mavjud xom ashyoni (asosan neftni)
qayta ishlash, neft
mahsulotlarini transportirovka qilish va saqlash jarayonida yuzaga keladigan
avariyalar yoki yongʼinlar katta maydonlarda insonlarni hayoti va sogʼligʼiga xavf
tugʼdiruvchi omillarni keltirib chiqarishi mumkin. Neft va neft mahsulotlarini
saqlash omborlarida sodir boʼlgan yongʼinlar uzoq davom etishi va uni bartaraf
etishga koʼp miqdorda kuch va vositalarni jalb etilishi bilan tavsiflanadi.
Rezervuarlar hajmining ortib borishi va neft saqlash
omborlarining kengayishi
natijasida bu toifadagi obʼektlarda yongʼin chiqish xavfini ortib borish tendentsiyasi
kuzatilmoqda. Oxirgi yillarda dunyoning ayrim mamlakatlarida neft va gazni qazib
chiqarish uchun katta hududlarni oʼrganilishi va bu ishlarni jadallashib borishi neft
va uni qayta ishlangan mahsulotlarining omborlari, katta hajmdagi zahiraga ega
suyultirilgan uglevodorod gazlari va boshqa xavfli obektlarning bunyod etilishiga
olib keladi.
Texnologik jarayonlarning intensifikatsiyasi, texnologik uskuna va agregatlarning
quvvatlarining
oshirilishi, yangi, yetarlicha oʼrganilmagan xossalarga ega
moddalarning yaratilishi va ulardan foydalanish kuzatilmoqda. Shaharsozlikning
rivojlanishi neft mahsulotlarini saqlash omborlari (neft bazalari)ni katta sonini
shahar ichida qolib ketishiga sabab boʼlmoqda.
Shu bilan birga, shaharlarda
avtomobillar sonini oshib borishi bilan avtomobillarga yoqilgʼi (АYoQSh) yoki
suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shaxobchalari (АSGTSh)ni oshib borishi
kuzatilmoqda. Bunda bir joyning oʼzida avtomobillarga suyuq motor yoqilgʼisi
hamda suyultirilgan va siqilgan gazni quyishni koʼzda tutuvchi koʼp yoqilgʼili
avtomobil shaxobchalari ham keng tarqalmoqda. Shu kabi toifadagi yoqilgʼi
shaxobchalari hududlarida bir vaqtda koʼp miqdorda insonlarni boʼlishi, yoqilgʼini
quyish operatsiyalarining jadallashishi va hududda
avtotransport vositalari
harakatining ortib borishi yondirish manbaalarining paydo boʼlish ehtimolini
oshirmoqda. Аvtomobillarga gaz tarqatish shaxobchalarida avariya, misol uchun
suyultirilgan ushlevodorod gazi saqlanayotgan sigʼimni germetik holatini buzilishi
shaxobchaga yaqin hududdagi aholini zaharlanishi, yongʼin yuzaga kelganida esa
insonlarning tan jarohati olishi va xalok boʼlishiga olib kelishi mumkin. Neft