|
NEFT VА NEFT MАHSULOTLАRINI SАQLАSH OMBORLАRIDА YONGʼIN XАVFSIZLIGINI TА'MINLАSHNING DOLZАRB MUАMMOLАRI
NEFT VА NEFT MАHSULOTLАRINI SАQLАSH OMBORLАRIDА YONGʼIN XАVFSIZLIGINI TА'MINLАSHNING DOLZАRB MUАMMOLАRI
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
mahsulotlarini saqlash omborlari (rezervuarlari)da quyidagilar, yaʼni: rezervuar
konstruktsiyasining tuzilishi; ekspluatatsiya sharoitlari; saqlanayotgan neft va neft
mahsulotlarining yongʼinga xavflilik koʼrsatkichlari hamda fizikaviy-kimyoviy
xususiyatlari (pirofor birikmalarining hosil boʼlishi); iqlim va metereologik sharoitlar
rezervuarning ichki qismida portlash kontsentratsiyasining hosil boʼlishiga olib
kelishi va yongʼinlarni kelib chiqishiga sabab boʼlishi mumkin.
Yongʼinni rivojlanishi va tarqalishiga esa quyidagi sharoitlar sabab boʼladi:
yongʼin sababi, sodir boʼlgan joyi va portlash oqibatlari; yonishning boshlangʼich
oʼchogʼini toʼlchamolari; rezervuar konstruktsiyasining alohida xususiyatlari va
oʼlchamlari; qoʼshni rezervuarlarning mavjudligi va ularning xususiyatlari; obʼektda,
rezervuarda yongʼindan himoya tizimlarini mavjudligi; obʼektda yongʼindan saqlash
xizmatining mavjudligi, uni texnikaviy taʼminoti; obʼekt, rezervuarlar omborining
shoshilinchi xizmatlar joylashgan hududga nisbatan joylashishi va ularni yetib
kelish vaqti; obʼekt ishchi-xizmatchilarining yongʼinni boshlangʼich vaqtidagi
dastlabki harakatlari. Neft va neft mahsulotlari omborlarida sodir boʼlgan yongʼinlar
oqibatida kuchli issiqlik oqimi yuzaga kelib, uning koʼrsatkichlari 40 kVt/m2 yetishi
mumkin. Ushbu miqdor issiqlik oqimining atrof-muhitga salbiy taʼsiri juda katta
boʼlib, bunday yongʼinlarni oʼchirishda yongʼin oʼchiruvchilar hamda yongʼin
oʼchirish avtomobillarini issiqlik oqimi taʼsiridan himoyalash zaruratini keltirib
chiqaradi. Maʼlumki, neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlarining yongʼinga
qarshi muhofazasini taʼminlash boʼyicha amaldagi norma va qoidalarda bir qator
talablar belgilangan boʼlib, ular qatorida hajmi 5000 m3 va undan ortiq
rezervuarlarni yongʼinni aniqlash va avtomatik ravishda oʼchirish tizimlari bilan
taʼminlanishi zarurligi qayd etilgan. Аmmo, amalda rezervuarlarda yongʼin
aksariyat holatlarda kuchli portlash oqibatida kelib chiqadi va natijada mavjud
yongʼinni avtomatik ravishda oʼchirish tizimlari ishdan chiqadi, yaʼni buzilib, nosoz
holatda keladi. Yuqoridagi muammolar, neft va neft mahsulotlarini saqlash
omborlarini qurish va ekspluatatsiyasini tashkil etishni belgilab beruvchi normativ-
texnik hujjatlardagi talablarni qayta koʼrib chiqishni, shuningdek, yongʼinlarda
yongʼin oʼchiruvchilar va yongʼin oʼchirish texnikasini kuchli issiqlik oqimlaridan
himoyalash hamda rezervuarlarda sodir boʼlgan yongʼinni oʼchirishda innovatsion
yondashuvni va tegishli tadqiqotlarni oʼtkazilishini dolzarbligini koʼrsatadi. Bu
borada Oʼzbekistondagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan bir qator ishlar
amalga oshirilgan. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi tomonidan
katta va uzoq davom etuvchi yongʼinlarda “issiqlik oqimini kamaytirish usuli”
innovatsion gʼoyasi asosida yongʼin oʼchiruvchi va yongʼin oʼchirish texnikalarini
issiqlik oqimidan himoyalovchi “SOGDА” ekranlari yaratilgan. Ushbu ekranlar
yongʼinlarda hosil boʼluvchi issiqlik oqimini 50-100 marotoba kamaytirish xisobiga
atrof-muhitni zararli oqibatlardan himoyalaydi. Hozirgi kunda ushbu ekranlarning
bir necha turlari respublikamiz va qoʼshni davlatlarning iqtisodiyot tarmoqlarida
shu jumladan neft-gaz sanoati obʼektlarida muvaffaqiyatli qoʼllanilib kelinmoqda.
Shuningdek, Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi Umumiy noorganik kimyo
instituti tomonidan rezervuarlar uchun yangi suzuvi ponton qurilmasi va koʼp
funktsiyali organik qoʼshimchali yongʼin oʼchirish vositalari yaratildi. Ushbu ponton
qurilmasi rezervuarlarda saqlanayotgan gaz kondensati va neft mahsulotlarini
saqlashda yengil va oʼrtacha yengil uglevodorodlarni bugʼlanib yoʼqolishini va
toʼsatdan sodir boʼladigan yongʼinni tez va samarali bartaraf etadi. Bu qurilma
1,80-1,85 l hajmga ega boʼlib, u 4 ta qanotcha, 0.5 l yongʼinni tez va samarali
oʼchiruvchi yangi tarkibli eritma va olovga sezgir polimer sifonli trubka bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|