7.2.3. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari Adsorbsiya jarayonini tashkil etish chizmalari 28- rasmda
keltirilgan. Donador adsorbentlar uchun qo‘zg‘almas (a) va
harakatchan (b, d) qatlamli chizmalar ishlatiladi.
Birinchi holatda jarayon davriy bo‘ladi. Dastavval adsorbent
qatlami L orqali bug‘-gaz aralashmasi G o‘tkaziladi va u
yutilayotgan modda bilan to‘yintiriladi; undan so‘ng siqib
chiqaruvchi modda B yuboriladi yoki adsorbent qizdiriladi. Ana
shunday yo‘l bilan adsorbent qayta tiklanadi, ya’ni desorbsiya
jarayoni sodir bo‘ladi.
Ikkinchi holatda adsorbent L yoðiq sistemada sirkulyatsiya qiladi
(28- b rasm); adsorbentning to‘yinishi qurilmaning yuqori –
adsorbsion zonasida, qayta tiklanish esa pastki desorbsion zonasida
yuz beradi.
80
Agar adsorbent kukun changsimon ko‘rinishda bo‘lsa, sirku-
lyatsiyali, mavhum qaynash qatlamli chizma qo‘llaniladi
(28- d rasm).