Vagon-sisternalarning ishlatilishi
Vagon-sisternalar fizik va kimyoviy xossalari bilan farq qiluvchi turli neft mahsulotlarini neft omborlariga olib kelish uchun xizmat qiladi. Ishlatilishini osonlashtirish uchun ular kerakli qurilmalar, asbob- uskunalar, ya'ni: lyuk (murkan); saqlovchi klapan; narvon; universal to'quvchi asbob; ichki va tashqi isituvchi moslama va boshqalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak (21-rasm).
Nеftni qayta ishlash zavodini temiryo’l estakadasi.
Lyuk (2) vagon-sisternaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, mahsulotlarni yuqoridan to'kish, yuqori qovushqoqli mahsu-lotlarni vagon-sisterna ichida isitish, mahsulotlardan (tekshirish Uchun) namunalar olish, sisternani shamoUatish, tozalash va ta'mirlash uchun xizmat qiladi. Prujinali saqlovchi klapan (3) 0,15 MPa bosimga moslangan bo'lib, vagon-sisternaning havo-bo'shlig'idagi bosim ko'rsatkichi oshganda, klapan zolotnigi ko'tariladi va ortiqcha havo-mahsulot bug'lar aralashmasi atmosferaga chiqib ketadi. Bosim bel-gilangan me'yorga tenglashganda klapan yopiladi. Narvon (5) vagon-sisternaning ustiga chiqish-tushish va boshqa jarayonlarni bajarish uchun xizmat qiladi.
21-rasm. Vagon-sisternaning umumiy chizmasi:
1 — sisterna korpusi (qozoni); 2 — lyuk; 3 — prujinali saqlovchi klapan; 4 — universal to'kuvchi asbob; 5 — narvon.
Universal to'kuvchi asbob (4) sisternaning tag qismida joylashgan bo'lib, mahsulotlarni pastdan to'kish uchun xizmat qiladi. Uning umumiy chizmasi 22-rasmda keltirilgan.
22-rasm. Universal to'kuvchi asbobning chizmasi:
1 — tirgak (ustun); 2 — shtanga (uzun metall sterjen); 3 — skoba; 4 — siquvchi vint; 5 — stopor (to'xtatgich vinti); 6 — qopqoq; 7— g'ilof; 8 — korpus; 9 — klapan.
Asbobning rezinali mahkamlanishi, uning zichligini yuqori bo'lishini ta'minlaydi va tiniq neft mahsulotlarini pastdan to'kish imkonini beradi.
Yuk ko'taruvchanlik qobiliyati 50 va 60 tonnali vagon-sister-nalar tashqi isituvchi ko'ylak (rubashka) bilan birgalikda tayyor-lanadi. Isituvchi ko'ylak sisternaning pastki yarmida o'rnatilgan bo'lib, uning isitish yuzasi taxminan 40 m2 ga teng (23-rasmga qarang). Sisternaning tashqi yuzasi bilan isituvchi ko'ylak metall varog'i (listi) o'rtasidagi masofa 36 mm ga teng. Isituvchi ko'ylakka suv bug'i (mahsulotni quyishdan oldin) universal to'kuvchi asbob bug' ko'ylagining shtutseri orqali beriladi. Kondensat esa sisternaning isitish ko'ylagining pastida joylashgan ikkita quvur bo'lagi orqali chiqariladi.
Temiryo’l estakadasi elementlari
Sisterna-termos, ya'ni ichiga isituvchi moslama o'rnatilgan vagon-sistemalar yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini issiq holatda tashishga mo'ljallangan. Ularning tashqi yuzalari uch qavat issiqlik izolatsiya materiallari bilan qoplangan. Tashqi oxirgi qavati metall o'rama varog'i hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |