To'kuvchi-quyuvchi qurilmalar tizimining ishlatilishi Neft omborlarida mahsulotlarni vagon-sisternalardan to'kish-quyish jarayonlarida amalga oshirishda bir nechta usullardan foydalaniladi va ular ikki guruhga bo'linadilar.
Birinchi guruhga majburiy to'kish-quyish kirib, bu nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Ikkinchi guruhga o'z oqimi bilan to'kish-quyish kiradi. Rezervuarlar saroyi va texnologik quvurlarning yer relyefi bo'yicha joylashish sharoitlari o'zicha to'kish-quyishni sodir etmagan hollarda nasoslar tizimi ishlatiladi. 24-rasmda temiryo'l sisternalarining mahsulotlarni to'kish-quyish chizmalari kelti-rilgan.
24-a rasmda neft mahsulotini rezervuarlardan tortib olish va ularga haydash vagon-sisternaning yuqorisida joylashgan lyuk orqali va tag yuzasida joylashgan to'kuvchi asbob orqali amalga oshiriladi. Shunga ko'ra, pastdan va yuqoridan to'kish-quyish farq qiladi. 24-6 rasmda o'z oqimi bilan berk to'kish chizmasi keltirilgan.
24-rasm. Temiryo'l sisternalarining to'kish-quyish sxemalari: a — nasos yordamida; b — berk o'zicha oqimi va sifon-o'zicha oqimiga ko'ra to'kish; d — ochiq o'z oqimiga ko'ra to'kish; e — yopiq o'z oqimiga ko'ra to'kish: / — rezervuar; 2 — nasos; 3 — oqizuvchi quvur; 4 —kollektor; 5 — to'kuvchi ustun; 6 — to'kuvchi quvur; 7— to'kuvchi asbob; 8 — egiluvchan shlang; 10— vakuum quvuri; 11—vakuum quvuri; 12 — tarnov; 13 — ochiq tarnov; 14 — oqizuvchi kanal (quvur); 15 — to'kish qurilmasi (asbobi); 16 — yopiq tarnov; 17 — gaz oqizuvchi (olib ketuvchi) quvur.
To'kish sisternaning pastki to'kuvchi asbobi orqali bajariladi. Bu holda rezervuar temiryo'l sisternasiga nisbatan pastroq maydonda joylashgan bo'ladi. Mahsulotning o'zicha to'kilishi gidrostatik bosim hisobiga sodir bo'ladi. Bunda nasos ishlatilmaydi. 24-d rasmda mahsulotni o'z oqimida ochiq to'kish chizmasi keltirilgan. Bunda mahsulot pastki to'kuvchi asbob orqali ochiq nov (latok) bo'yicha tarnovga quyiladi va keyin quvur orqali rezervuarga oqiziladi. Bu ochiq tizim asosan mazutlarni to'kish uchun ishlatiladi. 24-e rasmda o'z oqimida yopiq to'kish sxemasi keltirilgan. Bu yerda ham, mahsulot sisternaning pastki to'kuvchi asbobi va berk qurilma orqali relslar o'rtasidagi tarnovga oqiziladi va u yerdan neft mahsuloti nasos bilan neft omborining asosiy rezervuarlariga haydaladi. Bu sxemalar ichida asosan neft mahsulotlarini nasoslar yordamida vagon-sisternalarining pastidan va yuqorisidan to'kish-quyish sxemasi ishlatiladi.