23
shpindel; 4-qopqoq;
5-haydovchi klapan; 6-maxovik; 7-
rostlovchi vint; 8-yurishli gayka; 9-
podshipniklarni qopqog’i; 10-manjetlar;
11-likopli prujinka;
12-chiqishdagi uya (egar);
13-shiber.
1-korpus; 2-lunj; 3-shpindel;
4-teskari klapan; 5-vtulka;
6-maxovik; 7-vint; 8-gayka;
9-podshipnik korpusi;
10-maydon; 11-podshipnik;
12-zichlama; 13-qopqoq;
14-kichik; 15-ariqcha; 16-vtulka;
17-kontrshpindel.
To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 65
mm bo’ladi, 21 MPa ishchi bosimga hioblangan. Qulfakning asosiy detallariga
qoyidagilar kiradi: qopqoqli (4) po’lat korpus (1), shiber (13) va uyadan tashkil
topgan. Kirishda (2) va chiqishda (13) tirkaluvchi likopchali prujinalar (11)
o’rnatilgan. Qulfak uchun bunday turdagi konstruktsiya namunaviy bo’ladi hamda
katta sarf va bosimga hisoblangan. Qulfakning massasi 80-100 kg. Bekitish
germetikligini amalga oshirish uyani (12) halqali zichlamalar bilan qo’zg’alishi
hisobiga erishiladi, yon sirt yuzalari va ular bilan kontaklashuvchi shiberning
yuzasi ham yuqori sifatda tayyorlangan. Germetikligini va korroziyaga
chidamligini oshirish uchun qulfakning korpusi yog’ bilan to’ldiriladi (3.2).
Murakkab turdagi to’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning konstruktsiyasi 70
MPa ishchi bosimga hisoblangan, zichlanish tizimi oldingidan farq qiladi.
Qulfakning korpusida ikkita yo’naltiruvchi sig’imli, maxsus surkov
(yog’lash) va kanalli lunj o’rnatilgan, u surkovlarni zichlanuvchi yuzalarga uzatadi.
Shiber ikkita plashkadan tashkil topgan bo’lib, bir nechta prujinalarga tirkaladi.
Plashkada ariqchalar mavjud, unga shpindelning va kontrshpindelning boshchasi
joylashtirilgan. Zichlovchi yuzalarga ishchi muhitning bosimi ostida surkov
(moylash)
uzatiladi, u zatvorning
germetikligini
yaxshilaydi. Moylash
surkovlarning zaxirasi teskari klapanlar orqali to’ldiriladi.
Qulfaklarni boshqarishni va teleboshqaruvni ta’minlashda ular gidro
uzatmalar yoki havo uzatmalari bilan jihozlanadi. Havo uzatmali qulfakning shartli
o’tish teshigining diametri 50 mm bo’ladi, 70 MPa ishchi bosimga hisoblanadi. Bu
turdagi qulfakning konstruktsiyasi oldingilardan shpindelni qo’zg’atishdagi va
uzatmali gidraklik yoki havoli silindrlarning mavjudligi hamda qurilmaning
bajarilishi bilan farq qiladi.
Konussimon tiqinli teshik kranda (3.16-rasm) zichlamalarning germetikligi
korpusning va tiqinning olib tayyorlanishi, ularning oralig’idagi tirqish
o’lchamlarini hamda maxsus moylar bilan kran korpusini to’ldirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: