1-AMALIY MASHG‘ULOT. NEFT VA GAZ KONLARINING QUVUR
UZATMALARI
Ishning maqsadi: neft konlarida qо‘llaniladigan quvur uzatmalarni va armaturalarni
о‘rganish.
Nazariy qism
1.1. Neftgaz konlari sohasida qо‘llaniladigan quvurlar
Quvurlar–ichi bо‘sh buyum bо‘lib (metalldan, temir betondan, plastmassadan va
boshqalar), kо‘pincha halqali kesimda va nisbatan katta о‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Neft va gaz qazib olishda quyidagi quvurlar qо‘llaniladi
- quduq devorini yoki stvolini mо‘stahkamlash;
- quduqning ichki qismida kanal hosil qilish;
- quduqda jihozlarni osib qо‘yish;
- kon territoriyasida quvur uzatmalarni yotqizishda.
Quvurlarning asosiy guruhlari:
- mustahkamlash;
- nasos – kompressor quvurlari (NKQ);
- burg‘ilash;
- neft koni kommunikatsiyalarida qо‘llaniladigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |