Karbonat tog'jinslarining asosiy turlari
Karbonat tog'jinslari gilli va qum-alevrolitlilardan so'ng keng tarqalgandir. Olimlarning hisobicha u cho'kindi tog'jinslarining 15-20 % tashkil qiladi. Karbonat tog'jinslarining asosiy qismini kaltsit (sa So3) va dolomit (sa Mg(Co3)2) tashkil qiladi. Bundan tashqari aroganit, magnezit, siderit minerallari xam ishtirok etadi. Bazida katta miqdorda (50 % gacha) gilli materiallar ham bo'lishi mumkin. Karbonat jinslarining ayrim turlarida qumli-alevritli chaqiqlar, Yupqa dispersli ko'mirsimon organik moddalar, autigen kvars va xaltsedon, temir oksidi va sulfidi, sulfatlar va boshqa mahsulotlar uchraydi.
50% dan ortiq karbonat mineralidan tashkil topgan jins karbonat toG' jinsi deb ataladi.
Karbonat tog jinslarining tasnifi (S. G. Vishnyakov buyicha)
CaMg (Co3)2
|
Dolomit oxaktosh katori
|
CaMg
|
Oxaktosh -gil
|
Gil
|
mikdori
|
|
(So3)2
|
katori
|
mikdori %
|
0-5
|
oxaktosh
|
95-100
|
oxaktosh
|
0-5
|
5-25
|
oxaktosh dolomitlirok
|
75-95
|
oxaktosh gilli
|
5-25
|
25-50
|
oxaktosh dolomitli
|
50-75
|
mergel
|
25-50
|
50-75
|
dolomit - oxaktoshli
|
25-50
|
mergel gilli
|
50-75
|
75-95
|
dolomit oxaktoshlirok
|
5-25
|
gil
|
75-95
|
95-100
|
dolomit
|
0-5
|
oxaktoshlirik gil
|
95-100
|
Ohaktoshlar. Ular eng keng tarqalgan karbonat tog'jinslari bo'lib asosan kaltsitdan iborat. Ohaktoshlarda asosiy aralashma dolomit, magnezit, gilli minerallar, Yupqa dispersli organik moddalar. Kamdan kam alevritli va qumli materiallar bo'lib, ularning miqdori platforma viloyatlarida kam, geosinklinal viloyatlarida esa birnecha o'n foizga etadi. Ohaktoshlarning rangi turli tuman bo'lib kulrang rang ustun. Bu rang organik moddalarning borligidan dalolat berib, qancha ko'p bo'lsa rangishuncha to'qdir. Sarg'ish, qo'ngir, yashil va pushti och kulrang ohaktosh xam ko'p uchraydi.
Neftli ohaktoshlar qora yoki qo'ng'irsimon-qora rangli.
Ohaktoshlar turli tuzilishga ega, sedimentogen tuzilishi (tekstura) asosan massiv qat-qat. Ikkilamchi tuzilish - stilolitli, suturli va qisman-funtikli. Jinsning tuzilmasi (struktura) uning hosil bo'lish sharoiti bilan aniqlanib quyidagilar xos-biomorf, detritli, shlamli, zarrali, chaqiq va hokazo. Ohaktoshlarning fizik xususiyati tarkibi tuzilishi va tuzilmasiga ko'ra keng diapazonda o'zgaradi - ya'ni juda zich, pishiq, va aksincha zichligi past, G'ovakli, bo'sh.
Katagenez jarayonida ohaktoshda kaltsit dolomitga almashadi. Bunday jinslar ikkilamchi o'zgarishga ko'ra dolomitlashgan ohaktosh deb ataladi.
Ohaktoshlar hosil bo'lishiga ko'ra uch guruxga bo'linadi: biogen, xemogen, chaqiq.
Biogen oxaktoshlar. Ular paleozoy davridan boshlab keng tarqalgan. Ularning ko'p qismi (30 foizdan ko'p) kaltsitdan, qisman aroganit hamda ularning toshqotgan qoldiklaridan iborat. Bulardan tashqari ohaktoshlarda ko'prok, xemogen kaltsit, hamda chaqiq, va gilli minerallar va organik modda ham bor. Organik qoldiqlarning saqlanishiga ko'ra oxaktoshlar biomorf va biogen chaqiq (detritli va shlamli ) turlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |