Neft va gaz konlari geologiyasi


XALQARO SAVDONING ZAMONAVIY NAZARIYALARI



Download 0,61 Mb.
bet5/13
Sana17.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#813041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi xalqaro savdo

XALQARO SAVDONING ZAMONAVIY NAZARIYALARI

1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo – chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.


D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqatmamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy
ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan kimmat
turadigan mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot
ishlab chiqarish baribir daromadli bo’ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan,
mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo’lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So’ngra, bu
texnologiyani o’zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko’cha boshladi. Buning natijasida G’arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o’zi ega bo’lgan nisbiy ustunlikni qullay boshladi. M. Porterga o’z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo’ladi:
1. Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo’lishi;
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo’ldosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
2.Qo’shimcha omillar:
-tasodifiy hodisalar;
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.
XX asming ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqish quyidagi uch yo‘nalishda amalga oshirila boshlandi:

  1. Klassik maktab nazariyalarini rivojlantirishga va kengaytirishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib P.Samuelson va R.Djonslaming «maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasini keltirish mumkin.

  2. Klassik maktab nazariyalarini inkor etmagan holda xalqaro savdoning bu nazariyalarda o ‘rganiImagan jihatlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib S.Lindeming «kesishuvchan talab» nazariyasini keltirish mumkin.

  3. Klassik maktab nazariyalarini inkor etuvchi va xalqaro savdoning yangi asoslarini topishga yo‘naltirilgan nazariyalar. Bu nazariyalarga misol qilib «miqyos samarasi» nazariyasini, «xalqaro savdoning dinamik modeli» nazariyasini va B.Balassaning «tarmoq ichidagi savdo» nazariyasini keltirish mumkin.

  4. P.Samuelson va R.Djons o‘zlarining «Maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyalarida Xeksher-Olin nazariyasini kengaytirishga harakat qilishgan. Xeksher-Olin nazariyasida ishlab chiqarish omil­larining faqat ikki xil turi — kapital va mehnat inobatga olingan bo‘lsa, «Maxsus ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ushbu omillar soni uchtaga yetkazildi, bular kapital, mehnat va yer omillaridir.Bundantashqari,Samuelson-Djons nazariyasida ishlab chiqarishomillarini ikki guruhga bo‘lish taklif etiladi:

  • Ishlab chiqarishning maxsus omillari — muayyan tarmoqlarda keng qo'llaniluvchi va boshqa tarmoqlarda esa deyarli qoilanilm aydigan ishlab chiqarish omillari.

  • Mobil omil — hamma tarmoqlarda keng qo'llaniluvchi va shu sababli tarmoqlararo erkin harakatlanuvchi ishlab chiqarish omili. Bu omilga misol tariqasida mehnat resurslarini keltirish mumkin.

  1. Maxsus ishlab chiqarish omillari nazariyasi — xalqaro savdo rivojlanishining obyektiv asosini ichki nisbiy narxlami bir-biridan farq qilishi tashkil etsa, bu holatning asosiy sababi mamlakatlaming max­sus ishlab chiqarish omillari bilan turlicha ta’minlanganligidan iborat. Mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishi natijasida eksport

tarmoqlari uchun maxsus bo‘lgan omillar rivojlanadi, import bilan
raqobatlashuvchi tarmoq uchun maxsus boigan omil kamayadi.
Xalqaro savdo turli ishlab chiqarish omillariga har xil ta ’sir ko'r-
satishi — bu omil egalarini turmush farovonligini xalqaro savdoga
bog‘liq ekanligini anglatadi. Shu sababli ko‘plab iqtisodchi olimlar
xalqaro savdoning aholi daromadiga ta ’sirini o ‘rganishgan. Bu bora-
dagi asosiy nazariyalarga quyidagilar kiradi:
Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo mam­lakatlarda gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarining muvozanatlashuviga olib keladi. Bu esa gomogen ishlab chiqarish omillari egalarining daromadlari ham muvozanatlashishini anglatadi.
Samuelson-Djons nazariyasi — mamlakatning xalqaro savdo­da ishtirok etish natijasida eksport tarmoqlari uchun maxsus bo'lgan omil egalarining daromadi ко ‘ pay ad i va import bilan raqobatlashuv­chi tarmoq uchun maxsus bo'lgan omil egalarining daromadi ka­mayadi.
Stolper-Samuelson nazariyasi — xalqaro savdo ta ’sirida narxi o'sadigan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensive foydalaniladigan omilning narxi ham o'sadi va aksincha, narxi pasaygan tovami ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham tushadi.Demak, xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatish bilan birgalikda ayrim omil egalarining turmush farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekan.
Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishdan olishi mumkin bo'lgan foyda — bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan o'rniga bog'liq ekan. Boshqa tarafdan mainlakatning xalqaro savdoda raqobatbardosh bo'lishi uning ishlab chiqarish. omillari bilan ta’minlanganligiga bog'liq bo'ladi. Ishlab chiqarish omillari taklifming o'zgarishi mamlakatning iqtisodiy holatiga qanday ta ’sir ko'rsatishi ko‘p jihat­dan T.Ribchinskiy tomonidan o'rganilgan.
T.Ribchinskiy nazariyasi — barqaror narxlar va iqtisodiyotda faqat ikkita sektoming mavjudligi sharoitida ishlab chiqarish omillaridan birining taklifming ko'payishi ushbu omildan intensiv foy­dalaniladigan tarmoqlarda ishlab chiqarishning hajmini va bu tarmoq korxonalari oladigan daromadning ko'payishiga, boshqa sektorda esa ishlab chiqarish hajmining va olinadigan daromadning kamayishiga olib keladi. T.Ribchinkiy nazariyasiga muvofiq, yangi qazilma boyliklaming topilishi (masalan, neft va gaz) boshqa tarmoqlaming (xususan, qayta ishlash sanoati) rivojlanishini pasaytirib qo'yishi mumkin. Aksincha, tashqi savdo jadal sur’atlarda rivojlanayotgan iqtisodiyotda ishchi kuchi malakasining ortib borishi va faol kapital qo'yilmalar xomashyo qazib olishning qisqarishiga va uning importga bog'liqligining kuchayishiga olibkelishi mumkin. Bu nazariya amaliyotda ham o ‘z tasdig'ini topdi. T.Ribchinskiy tomonidan aniqlangan tamoyillar AQSh iqtisodiy rivojlanish jara­yonida va tashqi iqtisodiy aloqalaming tarmoq tarkibida namoyon bo‘ldi. AQSh mineral xomashyoning netto-eksportyoridan netto-importyoriga aylandi. Ribchinskiy nazariyasining amaliyotda Kanada,Buyuk Britaniya, Gollandiya, Norvegiya kabi davlatlarda mineral xomashyo resurslarini (gaz, neft) qidirish qayta ishlash sanoati va bu tarmoqqa tegishli mahsulotlami eksport qilishning qisqarishi evaziga rivojlanganligi bilan o‘z tasdig'ini topgan. Shunday qilib xalqaro savdo bilan nafaqat ijobiy, balki salbiy oqibatlar ham bog'liq bo'lishi mumkin. Bu esa tashqi savdo siyosatida ikki tendensiyaning mavjudligini tushuntirib beradi, bular erkin savdo va protensionizmdir. Bir qator iqtisodchi olimlar mamlakatning xalqaro savdoda tutgan o 'm ini texnologik taraqqiyot orqali tushuntirishga harakat qilishdi. Ular tarkibida M .Pozner va R.Vernonlami alohida ajratib ko‘rsai:ish mumkin. Amerikalik iqtisodchi Maykl Pozner 1961-yilda xalqaro savdo­ ning texnologik taraqqiyot bilan bog‘liqligini ochib berishga harakat qilib «texnologik uzilish» modeli ishlab chiqildi. M.Pozneming texnologik uzilish» modeliga muvofiq mamlakat­ning yangi texnologiyani yaratishi unga ushbu texnologiya asosida tovar ishlab chiqarishda va bu tovarni jahon bozorida sotishda mam­lakat vaqtinchalik monopoliyaga ega bo‘ladi. Ushbu holat mamlakat boshqa ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligida ustunlikka ega bo'lmasa ham jahon bozorida yetakchi eksportyorga aylanishi mumkinligini anglatadi. M. Poznerning ushbu modeli boshqa amerikalik iqtisodchi Ray­mond Vernon tomonidan rivojlantirildi. 1966-yilda R.Vemonning «mahsulotning hayotiylik sikli» modeliga bag‘ishlangan chop etildi. «Mahsulotning hayotiylik sikli» nazariyasi — yangi tovaming kashf qilinishi ma’lum vaqt davomida ixtirochi mamlakatga jahon bozorida yetakchilik qilish imkoniyatini beradi, ammo keyinchalik mahsulot hayotiylik siklida bir bosqichdan boshqa bosqichga o'tgani kabi bu tovami ishlab chiqarishdagi ustunlik ham bir davlatdan ikkincjiisiga o'tadi. Mahsulotning hayotiylik sikli beshta bosqichdan (vujudga kelish, o ‘sish, pasayish va ichki ishlab chiqarishdan voz kechish) iborat siklni bosib o ‘tadi va ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq.

  1. Download 0,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish