Quduqni ishga tushirishda va avariyali favvoralanishida hamda favvora quduqlariga quvurlarni yoki boshqa jihozlarni tushirishda uchiriladi (to’siladi). Quduq usti jihozlari mustahkamlash tizmasi, favvora armaturasi buzilganda boshqarib bo’lmaydigan favvoralar paydo bo’ladi, ya’ni quduq ustini germetiklash va to’sish orqali avariya holatini to’xtatishda oddiy usullarda amalga oshirishning imkoni bo’lmaydi.
Ishchi agent sifatida neft uyumidagi yuqori qatlam bosimidan yoki siqilgan tabiiy gazdan foydalanish mumkin. Bunday usulda neft olishga kompressorsiz gazlift usuli deb ataladi. Bunda neftgaz konlarida quduq ichi gazlift usuli qo’llaniladi. Quduqqa tabiiy gaz to’g’ridan-to’g’ri qatlamdan kirib keladi va ko’tarib chiqish jarayonini amalga oshiradi. Umumiy sxemasi (4-rasm)da tasvirlangan.
Ishchi agent sifatida neft uyumidagi yuqori qatlam bosimidan yoki siqilgan tabiiy gazdan foydalanish mumkin. Bunday usulda neft olishga kompressorsiz gazlift usuli deb ataladi. Bunda neftgaz konlarida quduq ichi gazlift usuli qo’llaniladi. Quduqqa tabiiy gaz to’g’ridan-to’g’ri qatlamdan kirib keladi va ko’tarib chiqish jarayonini amalga oshiradi. Umumiy sxemasi (4-rasm)da tasvirlangan.
Siqilgan gaz quduqdan (1) chiqib, olovli qizdirgich (2) orqali (agar gaz harorati 250C.dan kichik bo’lsa) o’tadi, kristalli gidrat eriydi, undan keyin gidrosiklonli separatorga (3) kiradi. Bu yerda gaz kondensatdan ajraladi va kondensat yig’gichga (4) yig’iladi. Quruq gaz infraqizil olovsiz qizdirgichdan (5) o’tib, 30 – 900C gacha qizdiriladi va taqsimlash (GRB–gaz taqsimlash batariyasi) (6) batariyasida to’planadi, bu erda o’zining bosimida gazlift (7) qudug’iga uzatiladi va neftni tarkibidan gazni ajratib olish uchun guruhli gaz (8) ajratgichga yo’naltiriladi. Neft gaz ajratgichdan neftli kollektorga, gaz esa – gazbenzin zavodiga (GBZ) yoki iste’molchiga jo’natiladi. Kristalli gidratning shakllanishi ko’p holatda tabiiy gazning tarkibiga, namning miqdoriga, bosim va haroratga bog’liq bo’ladi.
5-rasm. Kompressorsiz gazlift siklidan gaz ishchi agenti sifatida gaz uyumidan foydalanish sxemasi. 1-quduqdan siqilgan gazni chiqishi; 2-olovli isitgich; 3-gidrosiklonli separator; 4-kondensat yiqgich; 5-olovsiz infraqizil qizdirgich; 6-gaz taqsimlash batariyasi (GTB); 7-gazlift qudug’i; 8-guruhli gaz ajratgich.
Bosim oshirilganda gidrat shakllanishning boshlanishida harorat ko’tariladi. Gidrat shakllanish jarayoniga gaz oqimining turbolentligi ta’sir qiladi. Bunda shtutser o’rnatish katta rol oynaydi, chunki gazning haroratini o’zgartirish mumkin bo’ladi. Quduqlarda favvora davri tugagandan so‘ng gazlift usulida ishlatish uchun favvora armaturalaridan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va yengil armatura qo‘llaniladi, lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ochiq favvorada xavf tug‘dirmaydi. Ko‘pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur oralig‘i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bo‘ladi. Gazlift quduqlarni ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarni paydo bo‘lishi kuzatilsa, armaturaning usti qismi qo‘shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u orqali NKQ-ga qirg‘ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari mexanik tozalash yo‘li orqali tros yordamida quduqning ichiga tushiriladi. Parafin yotqiziqlari bilan kurashishda boshqa usullar ham qo‘llaniladi.