NEFT MAHSULOTLARINING DAVLAT STANDARTLARI
Reja:
Neft turlari
Neft indeksiyasi.
Neft mahsulotlarining Davlat standartlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Neftlar - to‘q jigar rang, aksariyat qora rangli, ayrim hollarda salkam rangsiz, qovushqoq suyuqlik, yog‘simon modda bo‘lib, har xil uglevodorod birikmalaridan tashkil topgan. Tabiatda neft suyuq holatdan quyuq, qatron(smola)simon holgacha uchraydi.
Neftlarning asosiy qismi 3 xil uglevodorodlardan iborat: ular metanli (parafinli yoki to‘yingan uglevodorodlar, yo bo‘lmasa alkanlar), naftenli (to‘yinmagan uglevodorodlar yoki siklanlar) va aromatik yoki benzolli (o‘ta to‘yinmagan uglevodorodlar yoki arenlar) deb ataladi.
Neft tarkibidagi uglevodorodlar u yoki bu guruh ko‘pligiga qarab metanli, naftenli va aromatlilarga bo‘linadilar. Bundan tashqari neftlar oraliq turlarga metanli-naftenli, metan-aromatli, naften-aromatli va boshqalarga bo‘linadilar.
Parafinli uglevodorodlar yoki alkanlar. Umumiy ifodasi - CnH2n+2. Bular to‘yingan uglevodlorodlar ham deyiladi
Oddiy a’zolari o‘z molekulasida birdan beshgacha uglerod atomidan tashkil topgan uglevodorodlar normal haroratda gaz hisoblanadi. Uglevodorodlarning beshdan - о‘n beshgacha atomdan tashkil topganlari suyuq va undan yuqorilari qattiq holatda bо‘ladi.
Metrologiyaga va standartlashtirishga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ – “O‘zstandart” agentligi (keyinchalik “O‘zstandart” deb ataymiz) amalga oshiradi. Uning vakolati xususida keyingi mavzuda fikr yuritamiz.
“O‘zstandart” ga Respublika hududida quyidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish vazifasi ham yuklatilgan:
o‘lchash vositalarini sinash;
o‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish;
yuridik va jismoniy shaxslarni o‘lchash vositalarini tayyorlash, tekshiruvdan o‘tkazish, ta’mirlash, kalibrlash va sotish huquqini beradigan litsenziyalar bilan ta’minlash hamda akkreditlash;
o‘lchash vositalarining holati va yo‘nalishini, o‘lchashlarning bajarilish uslubiyatlarini tekshiruvdan o‘tkazish, metrologiya qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari quyidagilar hisoblanadi:
etalonlar;
o‘lchash vositalari;
modda va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot o‘lchash tizimlari;
o‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini ko‘pgina sohalarda tadbiq etish mumkin. Bu sohalarga quyidagilar kiradi:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muxitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetik resurslarni hisobga olish;
savdo, tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish;
zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib yuborish;
davlat muhofazasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligini va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlashdan va metrologik attestatlashdan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olish.
Yuqorida keltirilgan sohalarda foydalanadigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan yoki metrologik attestatlashdan o‘tishi lozim.
Standartlashtirish sohasi bo‘yicha ham Davlat nazorati ish olib bormokda. Uning asosiy vazifasi vazirliklar, mahkamalar va korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan standartlar talablariga qat’iy amal qilinishini, yangi standartlarni tadbiq etishni ta’minlash va nazorat etish hisoblanadi.
Davlat nazoratining yana bir muhim yo‘nalishi - turli standart toifalarini davlat qaydnomasidan o‘tkazishdan oldin ekspertiza qilishdir.
Metrologiya to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish O‘zstandart tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. Metrologiya haqidagi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat reyestri belgisini qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati O‘zstandart tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |