1.Neft mahsulotlarini tozalashning adsorbsion usuli.
2.Neft mahsulotlarini tozalashning katalitik usuli.
3.Sintetik va tabiiy mineral sorbentlar.
4.Neft mahsulotlari sifatini yaxshilashda adsorbentlarning roli.
Neft mahsulotlarini tozalashda sanoatda asosan quyidagi tozalash usullari qо‘llaniladi:
1. Yaxshilab maydalangan adsorbent yordamida kontakt usulida tozalash.
2. Perkolyatsiya yoki adsorbent donalari ustidan о‘tkazib filtrlash.
Karbamid bilan deparafinlash jarayonida massa almashuvchi va qovushqoqlikni yaxshilash uchun erituvchilar qо‘llaniladi. Buning natijasida kompleksni tо‘liq ajratib olishga erishiladi. Erituvchilar sifatida izooktan, petrol efir, benzin - ligroin, benzin va x.k. ishlatiladi
Karbamid bilan deparafinlash jarayoni aktivlashtiruvchilar ishtirokida boradi. Ularga metanol, etanol, izopropanol, atseton, metiletilketon, suv va boshqalar kiradi.
MOYLARNI ADSORBSIYA USULI BILAN TOZALASH
Moylarni adsorbsiya usuli bilan tozalash adsorbentlarni smolali va oltingugurtli birikmalarni, tо‘yinmagan va politsiklik aromatik uglevodorodlarni, shuningdek organik kislotalarni, sulfat kislota qoldiqlarini va erituvchilarni tanlab (saylab) ajratish qobiliyatiga asoslangan. Tozalash natijasida moylarni rangi yaxshilanadi, uni barqarorligi, yopishqoqlik indeksi, kokslanishi yaxshilanadi.
Moylarni tozalashda adsorbentlar sifatida tabiiy loylar, suniy alyumosilikatlar qо‘llaniladi. Tabiiy loylarni tozalash jarayonida qо‘llashdan oldin ular sulfat kislota yoki xlorid kislota bilan aktivlanadi va quritiladi.
Moylarni va parafinlarni ishlab chiqish texnologiyasida adsorbentlar mahsulotlarni naften kislotalarni tuzidan, sulfat kislotalarni tuzlaridan, nordon gudronlardan, sulfat kislotalar, smolalar va tanlovchi erituvchilar qoldiqlaridan tozalashda keng qо‘llaniladi.
Neft maxsulotlarini (moylarni) tozalashning
kontakt usuli
Kontakt tozalashda moylar maydalangan oqartiruvchi tuproq bilan aralashtiriladi. Adsorbentning aktivligi uni maydalanganligi darajasiga bog‘liq bо‘lganligi uchun uni yaxshilab maydalanadi. Moyni yopishqoqligini kamaytirish uchun, uni adsorbentning govaklariga sо‘rilishini yaxshilash uchun moyni qizdiriladi.
Jarayonning harorati xom ashyoni sifatiga, adsorbentning tabiatiga (xossasiga), talab qilingan tozalash darajasiga bog‘liq. Yengil distillyat moylari 80-120oS da kontakt qilinadi, о‘rta distillyat moylari 140-170oS da, ogir moylar 180-220oS. Jarayonni effektivligi moyni tuproq bilan kontakt vaqtining о‘lchamiga bog‘liq. Kontakt vaqti 20-25 min. davom etadi.
Jarayonning afzalligi - tozalash darajasini boshqarish mumkinligi. Bu esa tayyorlanayotgan moyni rangini о‘zgarishi bilan aniqlanadi va jarayonni haroratini va adsorbentni moyga nisbatan olingan nisbati bilan boshqariladi. Moy tо‘xtovsiz tozalanadi, zararli aralashmalar birdaniga ajratib olinadi. Jarayonni kamchiliklariga: adsorbentni regeneratsiya qilishni qiyinligi adsorbent bilan birgalikda 35-40% moyni yо‘qotilishi, moyni yuqori haroratda sintetik alyumosilikatlar ta’sirida biroz krekingga uchrashi, adsorbentni qurilmada regenerirlanmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |