ATROF MUHIT MUHOFAZASI
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng qator xalqaro konvetsiyalarga
qo`shildi hamda ularning shartlarini bajarish bilan atrof-muhitni muhofaza qilish
masalalariga ham o`zining munosib hissasini qo`shmoqda. Shuningdek, tabiatni
muhofaza qilishning institutsional va huquqiy bazasi yaratildi. "Biologik xilma-
xillikni saqlash bo`yicha Milliy strategiya va harakatlar Dasturi", "Atrof-muhitni
muhofaza qilish bo`yicha Milliy harakatlar dasturi", "Atrof- muhit gigienasi
bo`yicha milliy harakatlar dasturi", "Qurg`oqchilik va cho`llanishga qarshi kurash
bo`yicha Milliy harakatlar dasturi", "Qayta tiklanuvchan energiya bo`yicha Milliy
strategiya" kabi huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Qolaversa, Atrof-muhitni
muhofaza qilish bo`yicha harakat dasturi, Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
bo`yicha Davlat dasturi va boshqa tadbirlar ishlab chiqilib, faol amalga
oshirilmoqda.
Yer sayyorasida keyingi 50 yil davomida aholi soni salkam 3 barobarga
oshganini, shu davr ichida neft iste`moli - 7, gaz - 15, ko`mir - 4 barobar
oshganligini alohida qayd etish lozim.
Respublikamizda, tabiatga etkazilgan iqtisodiy zararni hisoblash to`g`risidagi
doimiy metodik qo`llanma ishlab chiqilgan va tasdiqdan o`tkazilgan.
BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda biologik xilma-xillikni
saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari va
energiya-tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, er resurslarini samarali
boshqarish sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O`zbekistonda BMTning
Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g`risida"gi qarori qabul qilindi hamda 2011-2015 yillarga
mo`ljallangan O`zbekistonda BMTning Mingyillik Rivojlanish Maqsadlarini
amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar kompleksini bajarish amalga
oshirilmoqda.
47
Hozirgi paytda me`yordan yuqori bo`lgan (tashlangan) yoki joylashtirilgan
oqava suvlar, chiqitlar va havoga chiqarilgan chiqitlar uchun to`lov joriy qilingan.
Bu to`lovlar quyidagicha hisoblanadi va hisoblashda quyidagilarga e`tibor berish
shart:
1. Suv xavzalarida tashlanadigan me`yoriy (PDS) chikitlarning
chikarilishiga.
2. Dalaga tashlanadigan (rel'ef) oqava (chiqit) suvlarning me`yoriy hujjat
(RSV) dagi belgilangan me`yorga.
3. Havoga tashlanadigan (PDV) me`yoriy chiqitlarga.
4. Joylarda chiqitlarni me`yoriy joylashtirish to`g`risidagi hujjatlariga
(Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan), ilmiy
tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me`yoriy xujjatlar asosida
ko`rib chiqiladi. Barcha yuqorida ko`rsatilgan hujjatlar Respublika
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasidan hamda viloyatlardagi
Tabiatni muhofaza qilish qo`mitalaridan tasdiqdan o`tkazilishi shart.
Agarda avariya paytida havoga, suv havzasiga tashlanadigan chiqitlar uchun
alohida to`lov (tovon) korxona tomonidan to`lanadi. Hamma to`lovlar
RD118.0027714.19-92 qo`llanma hujjat asosida olib boriladi. Bu hujjat Vazirlar
Maxkamasining 303 sonli qaroridagi Nizomga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
Korxona yilning har bir choragida to`lovlarni hisoblab Tabiatni muhofaza
qilish qo`mitasiga ko`riб chiqish va tasdiqlab berish uchun takdim etadilar.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, loyihalashtirilayotgan korxonada
quyidagilar bajarilishi lozim:
1. Ishchi zona va atmosferaga portlashga xavfli va zararli gazlar chiqishining
oldini olish uchun, qurilmaning texnologik apparatura va kommunikatsiyalari zich
yopilgan bo`lishi loziм.
2. Suyultirilgan gazlar va engil alangalanadigan suyuqliklarni bir joydan
boshqa joyga quyish uchun yuqori ishonchli yon tomonli zichlagichli yoki sal'nikli
zichlagichli nasoslarni qo`llash keraк.
48
3. Kanalizatsiya tizimiga texnologik apparatlarning zaharli, yong`inga va
portlashga xavfli moddalarini tashlash, hattoki avariyali holatlarda, ta`qiqlanadi.
4. Apparatlarni bo`shatishda neft mahsuloti emas, faqatgina suv chiqarilsin.
5. Havo ifloslanishining oldini olish uchun ta`mirdan oldingi apparatlar va
kommunikatsiyalarni bug` bilan tozalash ishlari ularni to`liq bo`shatilgandan so`ng
boshlansin.
6. Kondensatorlar va sovitgichlardan chiqariladigan aylanma suv tarkibida
neft mahsuloti bo`lmasligi va pH neytral bo`lishi lozim.
7. Gazli kompressorlar va yopiq nasoslar binolarida havo muhiti avtomatik
ravishda signali avariyali ventilyatsiya bilan blokirovkalangan, portlashga xavfli
kontsentratsiyalar signalizatori (PKS) orqali nazorat qilinishi lozim.
8. Tovarli mahsulot maydoni gazlanishining oldini olish uchun qurilmadan
ketadigan mahsulotlar harorati o`rnatilgan me`yorlardan oshmasligi kerak.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |