Нефт-газни қайта ишлашда каталитик жараёнлар фанидан Назорат саволлари


Нефтни таркибини кимёвий ва физикавий – кимёвий усуллар ёрдамида ўрганиш



Download 1,39 Mb.
bet8/27
Sana14.04.2022
Hajmi1,39 Mb.
#551526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
2 5215560705167594307

9.Нефтни таркибини кимёвий ва физикавий – кимёвий усуллар ёрдамида ўрганиш.
Agar gaz fazasining hajmi neft hajmiga nisbatan ortiqroq bo’lgan holda bosimning 20-25 % MPa ga, harorat 90-950C oshganda suyuq uglevodorodlar bug’simon holatga o’tishi mumkin va gazda eriydi.
Shuni aytish kerakki, gazni yer yuziga chiqarishda harorat va bosim keskin pasayadi va gaz aralashmasidan suyuq uglevodorod holatda kondensat yig’iladi.
Bu holat "teskari kondensasiya" deb ataladi.
Neft bug’simon holatda uchraydigan gaz uyumlarining erkin gazlarini to’yintiradi. Bunday holat "gaz kondensati" deb ataladi.
Bunday uyumlarda kondensatning miqdori 50 dan 300-400sm3 /m3 ga yetadi. Neftning nisbiy zichligi 0,85 gacha bo’lsa
yengil; 0,85-0,90 gacha o’rta; 0,90 ortiq bo’lsa og’ir neft hisoblanadi. 
Neftni qazib olishda va tashishda qovushqoqlik xossasi katta ahamiyatga ega. Qovushqoqlikning dinamik va kinematik turi ma'lum.
Neft o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi va u dielektrik hisoblanadi.
Metanli (yoki parafinli) uglevodorodlar umumiy kimyoviy formulaga CnH2n+2 ega. Bu to’liq to’yingan birikmadir. Hamma uglerod valentlari vodorod atomi yoki uglerod atomi bilan to’yingan.
Lekin erkin valentlar yo’q. Shuning uchun bu birikmalar kimyoviy jihatdan faolsiz hisoblanib va o’zining turg’unligi munosabati bilan o’zgarmaydi. Ma'lumki, uglerod atomi 4 valentli va 4 ta erkin bog’lanishga ega. Vodorodning atomi bitta. Agar uglerodning 4ta atom valentini vodorod atomi egallasa, unda uglevodorodning oddiy molekulasi hosil bo’ladi.
Bu qatorlarning har qaysi keyingi a'zosi oldingilaridan bir atom uglerod va 2 atom vodorod (СН2 ) bilan farqlanadi.
Molekula massasi va kimyoviy strukturasiga qarab metanli uglevodorodlar gazsimon, qattiq va suyuq shaklda bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, oddiy haroratda molekulasida 1-5 atom uglerod bo’lgan uglevodorodlar gaz hisoblanadi. Miqdorida 5-15 atom bo’lganlari suyuq, yuqori molekulyarlilari esa qattiq holatda bo’ladi.
Naftenli uglevodorodlar umumiy formulaga СпН2п ega. Bu uglevodorodlarning molekulasi bir necha metilenli guruhlardan- СН2 tuzilgan. Ular o’ralgan doiralar yoki sikllardan iborat.
3. Naftenli uglevodorodlar to’yinmagan birikmalardan tarkib topgan. Lekin uglevodorod zanjirining doira bo’lib o’ralishi (birikishi) ularga to’yingan xarakter beradi.
Ular o’zining kimyoviy xossasiga qarab metanga yaqin.
4. Aromatli uglevodorodlar eng muhim va keng guruh hisoblanadi. Uning formulasi- СnН2n-m, bu yerda "n" 6 dan, "m" 6 va undan kattaroq.
Aromat uglevodorodning molekula strukturasi o’ralgan doira shakliga ega bo’ladi. Lekin metanli va naftenli uglevodorodlarga nisbatan ular kimyoviy jihatdan juda aktiv bo’ladi. Ular yuqori eritish qobiliyatiga ega. Ular bir-birida cheksiz eriydi.
Ularga aralashish reaksiyasi xarakterli.
Metanli, naftenli va aromatli uglevodorodlar neftning asosiy qismini tashkil etadi. Neftda uglevodorodlar qatnashishiga qarab metanli, metan-naftenli, naftenli, metan-naften-aromatli, naften-aromatli turlarga bo’linadi.
Neftda suyuq uglevodoroddan tashqari, ularda erigan gazsimon va qattiq uglevodorodlar qatnashadi. Erning chuqur qismidan neftni chiqarib olishda undan erigan gazlar va kam miqdorda qattiq uglevodorodlar(parafin) ajraladi.
Neft oksidlanish zonasida fizik va kimyoviy nurash natijasida yengil uglevodorodlarni yo’qotadi va yopishqoq quyuq suyuqlikka aylanadi (malta). Natijada bitumli "asfalt jins"ga aylanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish