Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi


-mavzu. Parafinlarni va sterezinlarni ishlab chiqarish



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/267
Sana06.09.2021
Hajmi4,98 Mb.
#165968
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   267
Bog'liq
mojlar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi

22-mavzu. Parafinlarni va sterezinlarni ishlab chiqarish. 
 
  Neft  moylari  yuqori  haroratda  (300-800
0
S)  qaynovchi  fraktsiyalar  bo‘lib, 
ularning  tarkibida  parafinlar,  naftenlar,  aromatik  va  ularning  suyuq  uglevodorodli 
aralashmalari,  oltingugurtli,  azotli  va  kislorodli  birikmalar    hamda  juda  kam 
miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo‘ladi. 
        Neft  moylari  distillyatli,  qoldiq  va  kompaundirlangan  moylarga  bo‘linadi. 
Neftdan  moylarni  olish  yo‘li  va sifatiga ko‘ra: oq  moylar,  izolyatsiya, konservastion 
va surkov moylariga bo‘linadi. 
Qishgi  va  yozgi  motor  moylari  quyidagi  markadagi  bazaviy  moylardan 
tayyorlanadi: M-6 (AS-6)-distillyatli; M-8 (AS-8, DS-8)-distillyatli va qoldiq moylar 
aralashmasi  (14%  dan  kam  emas);  M-11  (DS-11)-  distillyatli  va  qoldiq  moylar 
aralashmasi  (30%  dan  kam  emas);  M-14  (DS-14)  -  distillyat  va  qoldiq  moylar 
aralashmasi  (40%  dan  kam  emas);  M-16  (DS-16)  -  distillyat  va  qoldiq  moylar 
aralashmasi  (50%  dan  kam  emas);  M-20  –  qoldiq  moylar.  Avtomobillar  uchun 
selektiv  tozalangan  yuqori  indeksli  bazaviy  moylardan  quyidagi  motor  moylari 
tayyorlanadi:  ASV-6-distillyatli;  ASV-10  distilyat  va  qoldiq  moylar  aralashmasi 
(25% dan kam emas). Chuqur parafindan tozalangan past haroratda qotadigan ASV-5 
va veretenli A4 bazaviy moylari hamma fasllarda va shimolda qo‘llanilishi mumkin. 
Juda kam miqdorda kislota kontaktli  va kislota – ishqorli tozalashdan oligan moylar 
ishlab  chiqariladi.  Avtotraktor  dvigatelari  uchun  ishlatiladigan  zamonaviy  motor 
moylarida  albatta  prisadkalar  bo‘ladi.  Moylarni    yuvuvchi  va  dispertsiyalovchi 
xossalari,  oksidlanishga  qarshi,  moylash  va  himoyalash  xususiyatlari  asosan  ular 
tartibidagi  prisadkalarning  miqdoriga  va  sifatiga  bog‘liq.    Moylarga  asosan 
(VNIING-360,  DF-11,  MNIIG-22  k  va  boshqa)  ko‘p  funktsional    prisadkalar  va 
prisadkalar kompozitsiyasi qo‘shiladi. Ta’sir qilish  mexanizmi  va kimyoviy  jarayoni 
har xil prisadkalar aralashmasidan karbyurator va dizel dvigatellarida  past va yuqori 
haroratlarda  qoldiq  qolishini  oldini  oladigan  universal  ekspluatatsion  xossali  motor 
moylari olinadi. 


151 
 
     
Parafinli (350
0
S - 460
0
S), avtol (460
0
S - 490
0
S) va silindr moylariga ajratiladi.       
   Jarayonning  texnologik  sxemasi  quyidagi  6  -  rasmda  keltirilgan.  Xom-  ashyo 
mazut  3  -  pechda  qizdirishga  kiritishga  qadar  2  ta  oqimda  ishlayotgan  issiqlik 
almashgichlar 28,29  va 22 dan 1 - oqim,  25  va 24 dan esa  ikkinchi  oqimdan o‘tadi, 
so‘ngra  1  va  2  -  issiqlik  almashgichlarda  qurilmadan  chiqayotgan  gudron  issiqligi 
hisobiga qizdirilib, 3 - pechga yuboriladi. Mazut 3 - pechda 435
0
S gacha qizdiriladi. 
Mazutdan solyar, keng fraksion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajratishi uchun 6 
-  vakuum kolonna xizmat qiladi. Moyli fraktsiya 7 - yig‘gichda to‘planadi, gudron 5 
-  nasos  yordamida  kolonnadan  chiqariladi.  Solyar    4  -  nasos  yordamida  yarim  berk  
tarelkadan 23 - issiqlik almashgich va 32 - sovutgichda sovutiladi, so‘ngra sovutilgan 
solyar distillyatini bir qismi 6 - vakuum kolonnaga qaytariladi.  
Qoldiq  komponent  kokslanish  darajasi  1%  bo‘lgan    deasfaltizatdan 
oqartiruvchi tuproq va deparafinlash, fenol yordamida tozalash bilan olinadi. 
M-8B
1
  moyini  ekspluatatsion  xossalarini  yaxshilash  maqsadida  unga  ko‘p 
funktsional alkilfenol  prisadkasi qo‘shiladi. 
M-4
3
    (AS3p-6-selektiv  tozalangan  qovushqoqli  prisadkalar  qo‘shilgan  avtol) 
moyi  qishgi  vaqtda  shimoliy  rayonlardagi  avtomobillarda  ishlatiladi.  Bazaviy  moy 
sifatida parafinli, oltingugurtli neftlardan chuqur parafinlangan va selektiv tozalangan 
AU  vereten  moyi  ishlatiladi.  Tovar  moyi  oksidlanishni  oldini  oladigan,  yuvuvchi, 
dispertsiyalovchi, yemirilishiga qarshi, korroziyaga qarshi prisadkalar kompozitsiyasi 
va qovushqoqlikni yaxshilovchi polimer prisadkalar saqlagan bo‘ladi. 
Parafindan  neftga  aloqador  kimyoviy  sanoatda  yuvish  va  yuzaki  faol 
vositalarni ishlab chiqarishda, qog’ozni propitka qilish, sham va gugurt tayyorlashda 
foydalaniladi,  Elektrotexnikakada  esa  u  plastik  surtmalar,  silliqlaydigan  va  himoya 
materiallarini  ishlab  chiqishda  qo’llanadi.  Qo’llanilish  sohasiga  qarab  parafinlar 
quyidagi  turlarga  bo’linadi:   texnik,  tozalangan  va  oziq-ovqat  sanoatiga 
mo’ljallangan. 
  
 
 


152 
 

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish