BN-50/50
|
41-60
|
40
|
220
|
50
|
BN-70/70
|
21-40
|
3
|
230
|
70
|
BN-90/10
|
5-20
|
1
|
240
|
90
|
Tom yopishda ishlatiladigan bitumlar
|
BNK-45/180
|
140-220
|
normalanmaydi
|
240
|
40-50
|
BNK-90/40
|
35-45
|
“-“
|
240
|
85-95
|
BNK-90/30
|
25-35
|
“-“
|
240
|
85-95
|
Yo‘l qurilishida ishlatiladigan bitumlar
|
BND-200/300
|
201-300
|
-
|
35
|
200
|
BND-130/200
|
131-200
|
65
|
39
|
220
|
BND-90/130
|
91-130
|
60
|
43
|
220
|
BND-60/90
|
61-90
|
50
|
47
|
220
|
BND-40/60
|
40-60
|
40
|
51
|
220
|
1-ish. Bitumga ninani botishini (qattiqligini) aniqlash
Asbob va uskunalar: penetrometr, bitum, qumli issitkich, pichoq, po‘lat yoki chinni idishcha.
Ishlash tartibi: Neft bitumining qovushoqligi (penetratsiya) penetrometr - standart asbob yordamida aniqlanadi. Asbob ninasining 25°S haroratda va 1N bosim ta’sirida bitumga 5 sekund mobaynida qanday chuqurlikda botganligiga qarab, uning qovushoqligi to‘g‘risida bir fikrga kelinadi. Qovushqoqlik darajalarda ifodalanadi; asbob ninasining bitumga 0,1 mm botishi 1° ga mos keladi.
Penetrometr (1 - rasm) metall shtativ 1 dan iborat bo‘lib, pastki qismida uch vintli tayanch maydonchasi bor; vintlarni tegishlicha burab, maydonchani yotiq holatda o‘rnatish mumkin. Tayanch maydonchaga aylanadigan stolcha 9 briktirilgan hajmi kamida 0,3 l va balandligi 45-50 mm keladigan kristallizator 8 shu stolchaga o‘rnatiladi; kristallizator ichida balandligi 35 mm va diametri 55 mm bo‘lgan kosa 7 bor; sinovdan o‘tkaziladigan bitum namuna shu kosaga solinadi. Shtativning yuqorigi kronshteynida 360° ga bo‘lingan siferblat 2 va kontakt reyka (kremalera) 3 bor; reyka harakatlanganda siferblat mili shkala bo‘ylab suriladi. Shtativning pastki kronshteyniga ninali 6 va erkin suriladigan sterjen mahkamlangan; undagi yukchani (massasi 100±0,01 kg) knopka 4 ushlab turadi. Asbob ustunchasining yon tomoniga stolcha 9 dan sal balandrok. qilib ko‘zgu 5 sharnirli biriktirilgan. Penetrometrning po‘lat ignasi (uzunligi 50,8 mm va diametri 8 - 1,02 mm) toblangan, jilolangan va uchi to‘mtoq bo‘lishi lozim. Uning to‘mtoq qismning diametri 0,14 - 0,16 mm.
Suvsizlantirilgan va elakda suzilgan bitum qizdirilgan qum yoki moy vannasiga, yo bo‘lmasa quritish javonida eritiladi, ya’ni yoyiladigan bo‘lguncha yumshatiladi, lekin bitum qizib ketmasligi kerak va yaxshilab qorishtirib turgan holda xavo pufakchalari chiqarib yuboriladi. So‘ngra bitum metall kosaga kamida 30 mm balandlikdan quyiladi va xavosining xarorati 18-20°S bo‘lgan muhitda 1 soat tutib turiladi, bunda bitumga chang-to‘zon tushmasligi kerak. Sungra bitumli kosa iliq (25°S) suv quyilgan idishga joylanadi, bitum yuzidagi suv qatlamining qalinligi 25 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Idishdagi suvning harorati o‘zgarib ketmasligi uchun idishga, zarur bulishiga qarab, issiq yoki sovuq suv qo‘shib turilishi va haroratning ±0,5°S dan ortiq o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.
Bitum iliq suvda 1 soat turgach, idish (vanna) dan olinib, 25°S li suv to‘ldirilgan kristallizatorga joylanadi va kristallizator penetrometrning stoliga o‘rnatiladi, sterjenning uchidagi igna bitumga salgina tekkizib qo‘yiladi (lekin bitumga botirilmaydi). Bu ishni ko‘zgu yordamida osonlikcha bajarish mumkin. Kremalera (kontakt reyka) sterjenning yuqorigi maydonchasiga yetkaziladi, siferblat mili nul raqamiga to‘g‘rilanadi yoki uning qaysi raqam to‘g‘risida turganligi qayd qilinadi; sekundomer yurgizib yuborilib, ayni paytda to‘xtatish knopkasi 4 bosiladi, shunda igna erkin surilib, 5 sekund mobaynida bitumga botadi; knopkaga 5 sekund bosib turilib, keyin quyib yuboriladi va kremaleraning pastki qismi sterjenning yuqorigi maydonchasiga yetkaziladi, shu payt kremalera bilan birga siferblat mili ham suriladi, u ignaning 5 sekund mobaynida qanday masofaga siljiganligini ko‘rsatadi.
Bitumga igna botishi uning har xil joyini teshib kurib uch marta aniqlanadi: igna bitumni kosaning chetidan 10 mm nariroqdan va 10 mm oralatib teshishi lozim. Uch marta aniqlash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati ignaning bitumga qanday chuqurlikda botganligini bildiruvchi ko‘rsatkich bulib, graduslarda ifodalanadi. va millimetrning o‘ninchi hissalaridagi botish chuqurligiga mos keladi. Uch marta o‘tkazilgan sinov natijalari o‘rtasidagi tafovut quyidagi qiymatlardan katta bo‘lmasligi lozim.
Ninaning botish chuqurligi,
daraja ... 50-200 75-150 25-75 25 gacha
Oradagi farq daraja ... 10 b 3 1
Olingan natijalar 2-inchi jadvalga yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |