Создать новый тест
bo’limini tanlasak
testlarni tuzish uchun oyna ochiladi.
Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning
Добавить тест
bo’limidan test
yaratish amali boshlanadi.
Dasturda test s
avollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
1. Bitta javobli test:
bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu
test turida javob variantlarini keraklicha “добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga
tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin.
“удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
4. Yopiq test:
bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
5. O‘zaro moslik o‘rnatish:
bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari
bilan
birlashtiriladi;
6. Javoblarni tartiblash:
savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro tartiblanadi;
Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni elektron shaklda
saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin ayrim sozlashlarni bajarish
kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega.
Buning uchun Ispring dasturining yuqori
chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi.
Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi.
Bu oyna ro‘yxatining birinchi bandi “Основные“ deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom
berish, testdan o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test
boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash funksiyalarini
qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob uchun maksimal ball, tizim test
topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan holatda ham testni tugatish imkoniyatini va
har bir savolga javob berilgandan so‘ng to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin.
Testga “Informatika fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida
belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni ko‘rsatib turishi
belgilanib qo‘yildi.
“Основные” bandini sozlashlarni bajarish “Навигация” bandi yordamida test savollariga javob berish
usullari sozlanadi.
Bu
nda bazada mavjud barcha savollarga javob berish yoki aniq miqdordagi savollar to‘plamiga javob
berish, har bir savolga to‘gri yoki noto‘g‘riligi haqida ma’lumot berish, javob berilmagan
test savollari
mavjud bo‘lsada testni yakunlash imkoniyatlarini sozlash mumkin. Har bir javobda uning to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini foydalanuvchiga ko‘rsatib ketish mumkin. Yoki test topshiruvchi bu xabarni testning
oxirida olishi ham mumkin.
“Результаты” bandi yordamida test natijasiga tegishli ma’lumotlarni sozlash imkoniyatini beradi.
Agar test topshiriqlarni yaxshi topshirgan bo‘lsa yoki etarli ball to‘play olmasa, qanday xabar chiqishi,
javoblarni qog‘ozga chop qilish imkoniyatini sozlash mumkin. Bundan tashqari test javoblarini test
topshiruvchining elektron pochtasiga jo‘natish imkoniyati mavjud.
“Настройка плеера” bandi yordami elektron test topshirish interfeysini rangi aniqlanadi.
Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash
mumkin. Buning uchun dasturning yuqori chap tomonida
joylashgan “Публиковать” tugmasi
bosiladi. Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi.
Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak bo‘lgan joyni (bizning misolimizda ish stoli
ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning misolimizda Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning
misolimizda .exe) va dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin.
Fayl tipi .exe deb belgilanganda, avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning
uchun bu elektron testdan foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi
shart.So‘ngra “Публиковать” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda ko‘rsatilgan joyga
saqlaydi.
Dasturning “Публиковать” bandida sozlashlarni bajarish:
Ishchi stolda yaratilgan ushbu
faylni ishga tushirib, test topshirig‘ini topshirish mumkin.