Нбдз руз — Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси



Download 276,5 Kb.
bet16/24
Sana21.02.2022
Hajmi276,5 Kb.
#10999
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
2.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.04.00.00 Маҳаллий ижроия органлари (Ҳокимликлар) (шунингдек, 01.15.03.00га қаранг) / 02.04.01.00 Умумий қоидалар]
[ТСЗ:
1.Давлат ва жамият қурилиши / Давлат ҳокимияти органлари. Давлат ва хўжалик бошқаруви органлари]
XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari
99-modda.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
[ОКОЗ:
1.01.00.00.00 Конституциявий тузум / 01.15.00.00 Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари / 01.15.03.00 Маҳаллий ижроия органлари (Ҳокимликлар) (шунингдек, 02.04.00.00га қаранг);
2.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.04.00.00 Маҳаллий ижроия органлари (Ҳокимликлар) (шунингдек, 01.15.03.00га қаранг) / 02.04.02.00 Ҳокимни тайинлаш ва тасдиқлаш. Ваколатлари]
100-modda.
Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
101-modda.
Mahalliy hokimiyat organlari O’zbekiston Respublikasining qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.
Yuqori organlarning o’zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi organlar ijro etishi uchun majburiydir.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati — 5 yil.
(101-modda O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.04.00.00 Маҳаллий ижроия органлари (Ҳокимликлар) (шунингдек, 01.15.03.00га қаранг) / 02.04.02.00 Ҳокимни тайинлаш ва тасдиқлаш. Ваколатлари]
102-modda.
Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(102-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 apreldagi O’RQ–89-son Qonuni tahririda — O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y., 15-son, 152-modda)
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo’ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-modda O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 apreldagi 470-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda)
103-modda.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari o’z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo’yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
(103-modda O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 16 apreldagi O’RQ-366-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2014 y., 16-son, 176-modda)
Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.04.00.00 Маҳаллий ижроия органлари (Ҳокимликлар) (шунингдек, 01.15.03.00га қаранг) / 02.04.02.00 Ҳокимни тайинлаш ва тасдиқлаш. Ваколатлари]
104-modda.
Hokim o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.05.00.00 Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари (шунингдек, 01.16.00.00га қаранг) / 02.05.01.00 Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари (йиғин)]
[ТСЗ:

Download 276,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish