Modal so’zlar - Reja:
- 1. Modal so’zlar va uning o’ziga xos grammatik xususiyatlari.
- 2. Modal so’zlarning ma’no jihatdan turlari.
Modal so’zlar va uning o’ziga xos grammatik xususiyatlari. - So’zlovchining aytilayotgan fikrga bo’lgan munosabatini (modal ma’noni) ifodalovchi so’zlarga modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlarga quyidagilar kiradi:
- aftidan, darhaqikat, darvoqe, attang, ehtimol, afsus, shubhasiz, so’zsiz, tabiiy, albatta, haqiqatdan, nihoyat, bo’pti, demak, aytmoqchi, o’z-o’zidan, bor, yo’q va hokazo.
- Shu modal so’zlar orqali so’zlovchi o’z fikriga aniqlik, ishonch, ma’qullash, gumon, chama, noaniqlik, maqsad, talab, shart, mavjudlik, inkor, e’tiroz, yakunlash, eslatish, achinish kabi ma’no munosabatlarini kiritadi.
- Masalan: Afsuski, yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan. (S.Ahmad.)
- Ehtimol, Sodiq ham u choq nevaralarini yetaklab, bog’larga, xiyobonlarga chiqar. (SHuxrat.)
- Darhaqiqat, Xorazm qovunlariday mazali qovun ko’p shahar va elatlarda yo’q. (J.SHaripov.)
Modal so’zlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega: - 1. Modal so’zlar biror voqelikni atamasi bo’la olmaydi (predmet, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi.)
- 2. Modal so’zlar gap orqali ifodalagan fikrga qo’shimcha modal ma’no qo’shadi.
- 3. Modal so’zlar gapda quyilagi vazifalarni bajarib keladi:
- 1) gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmasdan, kirish so’z vazifasini bajarib keladi.
- Masalan: Haytovur, ishimiz chakki emasga o’xshaydi. (O.)
- Siz u kishidan, shubhasiz, juda ko’p gaplarni eshitgansiz. (A.Qodiriy.)
- 2) kesim vazifasini bajaradi.
- Masalan: CHol aqlli odam, unga o’rgatish ham mumkin, undan ko’p narsani o’rganish ham mumkin.
- 3) sostavli kesim tarkibida kela oladi.
- Masalan: Biz hamma ishimizda tanqid va o’z-o’zini tanqidni kuchaytirishimiz kerak.
- 4) butun bir gap vazifasini bajaradi.
- Masalan: - Xatingga javob keldimi? – Yo’q.
Modal so’zlarning ma’no jihatdan turlari. - Modal so’zlar yuqorida aytilganidek, fikrga turli xil modal ma’nolarni qґshadi. SHunga ko’ra modal so’zlar ma’no xususiyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- 1. Fikrning aniqligi, ishonch, ma’qullash kabi modal ma’nolarni ifodalovchi modal so’zlar: albatta, shubhasiz, o’z-o’zidan, haqiqatdan, tabiiy, darhaqiqat kabi.
- 2. Gumon, chama, noaniqlik kabi modal ma’nolarni ifodalovchi modal so’zlar: ehtimol, balki, hoynahoy, chog’i, aftidan, mazmuni, chamasi, shekilli.
- 3. Maqsad, talab, shart kabi modal ma’nolarni ifodalovchi modal so’zlar: kerak, zarur, darkor, lozim kabi.
- 4. Mavjudlik va tasdiqni ifodalovchi modal so’zlar: bor, mayli, xo’p.
- 5. Mavjud emaslik, inkor, e’tiroz: yo’q kabi.
- 6. Ma’qullash ma’nosini ifodalaydi: durust, bo’pti.
- 7. Yakunlash ma’nosini ifodalovchi modal so’zlar: demak, xullas, modomiki.
- 8. Eslatish ma’nosini ifodalovchi modal so’zlar: darvoqe, aytganday, aytmoqchi.
- 9. Achinish, taassuf ma’nosini ifodalovchi modal so’zlar: afsus, attang, essiz.
Adabiyotlar ro’yxati: - 1. U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
- 2. Sh. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
- 3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiyoti. Sintaksis.
- Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
- 4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |