Название Mavzu: O`zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari



Download 239,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.06.2022
Hajmi239,09 Kb.
#632568
  1   2
Bog'liq
MAVZU ADABIY TIL TARAQQIYOTIDA BOBUR ASARLARINING AHAMIYATI - Mavzu O`zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari



Mavzu: O`zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari
Название
Mavzu: O`zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari
страница 7/7
Дата
19.08.2013
Размер
237.51 Kb.
Тип
Документы
скачать
1
2

3

4


5

6
7
1. 


/цЗБЕК АДАБИЙ ТИЛИ ТАРИХИ.doc
Mavzu: O`zbek adabiy tili tarixi fani va uning vazifalari
MAVZU: ADABIY TIL TARAQQIYOTIDA BOBUR ASARLARINING AHAMIYATI.
R E J A :
1. 
Bobur asarlarining til xususiyatlari.
2. 
Bobur asarlaridagi badiiy til vositalari.
3. 
«Boburnoma» asari haqida ma`lumot.
4. 
Bobur uslubi va til rivojiga qo`shgan hissa.
Zahiriddin Muhammad Bobur o`zbek tili nasriy janrining asoschilari orasida katta
salobatni egallaydi. Uning «Boburnoma» asari katta ahamiyatga ega bo`lgan memuar
hisoblanadi. Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri- tilning soddaligidadir. U
asarlarini sodda tilda yozadi. Boshqalarni ham sShunday yozishga chaqiradi. Bobur
parallellizm, tazod, laf, o`zshatish, mubolag`a kabi badiiy til vositalaridan qo`llaydi.
Bobur xalq og`zaki ijodidan aksiyachilik mahoratini o`rgandi. Natijada u omonim va
polisemantik so`zlardan hamda so`z o`yinlaridan ustalik bilan foydalanib, o`zbek tilida
tuyuqlarning ajoyib namunalarini yaratdi.
Bobur badiiy proza namunasi bo`lgan «Boburnoma»ni Hindistonda eski o`zbek tilida
yaratdi. Bu asar o`z davriga nisbatan sodda va obrazli tilda yozilgan. «Boburnoma» asari
juda qimmatli tarixiy-badiiy asar bo`lib, unda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston kabi
mamlakatlarning XY asr oxiri, XYI asr boshlaridagi ahvoli geografiyasi, siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayoti o`z aksini topdi.
Asarning asl nomi «Vaqoenoma» bo`lib, u ba`zan «Boburiya» deb ham ataladi,
tarjimalarda «Tuzuki Boburiy», «Voeoti Boburiy» va «Boburnoma» deb atala boshlangan.
«Boburnoma»ning 14 ga yaqin nusxasi bo`lib, ularning ko`pi XVII-XVIII asrlarda turli
kishilar tomonidan ko`chirilgan. Bu nusxalar hozir Leningrad, Kalkutta, Xaydarobod,
London, Agra, Machester, edinburg kabi joylarda saqlangan. «Boburnoma» tilining asosiy
xususiyatlaridan biri ixchamligidir.


«Boburnoma»ning bir nusxasi 1737 yilda ko`chirilib, shu nusxa 1957 yilda Qozog`istonda
rus olimi A.Beverij 1905 yil Londonda bostirdi.
«Boburnoma» 1586 yilda fors tiliga ayrim parchalari 1705 yilda Vitsen tomonidan golland
tiliga, Djon Leyden, V.erskinlar tomonidan 1828 yilda A.Keyzer tomonidan nemis tiliga,
1791 yilda Pave de Kuteyli tomonidan fransuz tiliga tarjima qilindi.
«Boburnoma»ning Qozon va London nusxalari 1948-1949 yillarda Toshkentda ikki kitob
xolida to`la nashr etildi. Ba`zi tuzatishlar va chog`ishtirishlar asosida 1960 yilda yana
qayta nashr qilindi.
«Boburnoma» XY asr oxiri XYI asr boshlaridagi tarixiy voqealarni to`g`ri aks ettirish
jihatidangina qimmatli bo`lib qolmay, u o`sha davrdagi o`zbek tili ahvolini o`rganish
uchun ham muhim manba hisoblanadi.
«Boburnoma» asari orqali Boburning xalq jonli tilining boyliklari chuqur o`rganilib va
egallab olganligi, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun harakat qilganligi
yaqqol ko`rinadi. Bobur tilni boyitishga va soddalashtirishga, barqaror qo`llanilmagan
ko`p so`zlarni ishlatishga harakat qildi va ulardan o`rinli foydalandi.
«Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari hamda
ta`birlariga katta e`tibor berdi. Unda faqat o`zbek maqollaridagina emas, balki fors-tojik
tili maqollarini ham qo`lladi. Bular asar tilining shirali, ommaga tushunarli bo`lishi uchun
xizmat qildi. Masalan, Kapudagini kapmasa, kariguncha kuydurur. Kozlerini tuz tutti.
Dushman ne demas, tushke, ne kirmas. Dax kujavu daraxtan kujavu. (Qishloq qaydayu,
daraxtlar qayda). Uzrash battar az gunax (Uzri gunoxdan yomonroq). An guzarra ab burd
(U ko`chani suv olib ketdi). Mard bayaran sur ast (Do`stlar bilan birga bo`lib ulmoq
tuydir).
«Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi, soddaligi va
ravonligidir. Buning uchun u so`zlarni tanlab ishlatishga, oz so`z bilan ko`proq fikrni
bayon etishga harakat qildi. O`zbek tilining so`z boyligidan ijodiy foyda aniq, undagi
sinonim, omonim va antonim so`zlarni keng va o`rinli ishlatdi.
«Boburnoma»da fikrlar ko`proq sodda gap formasida beriladi. Qo`shma gaplar ham sodda
gaplarga o`xshash tuzilishda bo`lib, osonlik bilan tarkibiy komponentlarga ajraladi: Tu
anda etkunche, mening bilen sekiz kishi kalib edi.
Bobur Andijon va uning atrofidagi shaharlar haqida ma`lumot berar ekan, ular haqida
murakkab bo`lmagan, ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi: «Movarounnaxr, Samarqand va
Kesh ko`rganidin so`ngra mundin ulug`rak korgan yokdur, uch davrasi bor. Arki janub
tarafida vake boluptur. Tokkuz tarnav suv kirer. Bu ajabturkim, bir erdan ham chikmas».
Bu parchani hozirgi zamon kitobxona ham lug`atsiz tushuna oladi. «Boburnoma»
asarining tili quyidagi xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.
1. 
«Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –din, affiksi orqali
yasaladi. Qolgan kelishik qo`shimchalari hozirgi o`zbek tilidagi kelishik
qo`shimchalariga o`xshash. Masalan, Andijon suyi Oshtin kelur, Axsi suyi Kasandin
keler.lekin «Boburnoma»da qaratqich bilan ushum, o`rin-payt bilan junalish va
o`rin-payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o`rnida o`o`llana beradi: Xojandda
kelib edi. Jaxandir Mirazaka Tanbal takasiga kelib edi. Hind fatxida song.


Abstrakt egalik ma`nosini ifodalovchi-niki Afekisining vazifasini qaratqich kelishigining
qo`shimchasi –ning qo`shimchasi – ning bajaradi: Har vilayatkim musaxxar bolsa, chaxar
dang mirzaning bolday, du dang aning. hu bilan birga, ba`zan bu ma`noda niki affiksi
qo`llanishi ham uchraydi: Kongulde ud edi kim, . . . hayx Bayazidni Tanbaldin ayrib bizniki
bolday.
2. «Boburnoma»da nisbiy sifat va abstrakt otlar yasash uchun –lig, - lik affiksi ishlatiladi:
Bu ataluk, ogullik Tambalga arkalanib bunday harakatlar bunyod qildilar.
3. «Boburnoma» tilida hozirgi o`zbek tiliga xos bo`lgan –ta bilan yaralgan donalik sonlar.-
tadan bilan yasalgan ulush sonlar, - tacha bilan yasalgan chama sonlar. –lab bilan yasalgan
ayruv ulush sonlar uchramaydi. 
Ayiruv –ulush sonlar asosan-r (-rer) affiksi bilan, chama sonlar esa sintaktik yo`l bilan
yasalgan: Sipaxi va raiyati naumed bolub birer-ikkirer kargandin tashlab kacha
kirishdiler. Yuz chaglik.
4. Uchinchi shaxs kelishik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi formasi
namoyon bo`ladi: ul-ano`, aning, anga, andin.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida so`roq olmoshlaridan tashqari, ne,nechuk, katu olmoshlari
mavjud. 
5. 
Hozirgi o`zbek tilida ravishlar «Boburnoma»da ham uchraydi, lekin unda hozirgi
tilda bo`lmagan azru (ko`p, juda ko`p) otru) ro`baro`, qarama-qarshi) ravishlar juda
ko`p ishlatilgan.
6. 
«Boburnoma»da qo`llangan so`ng ko`makchilari hozirgi ko`makchisining sayi
varianti, bilen ko`makchisining bile, birle, ile variantlari mavjud. old va yon
ko`makchilari o`rnida ko`proq kash ko`makchisi ishlatiladi: Songralar Sulton
Maxmudxon kashiga bardi.
7. 
«Boburnoma»da o`timli fe`llarning majhul darajalari formasi tushum kelishigidagi
otlarni boshqarish xususiyatiga ega. Bu forma hozirgi o`zbek tilida uchramaydi.
Urduning va urdu otrusini mazbud va mustahkam kildi.
Hozirgi kelasi zamon fe`li- adur,-yudur affiksi yordamida hosil bo`ladi: keledurmen,
keledursan kabi.
«Boburnoma»da eski uyg`ur tiliga xos ba`zi zamon formalari mavjud.ulardan biri-gu gu
affiksli zamon fe`lidir: keldum,kelgung,kelgusi kabi.
«Boburnoma»da – gu-gu affikisida boshqa affikslarning birikishidan hosil bo`luvchi ish-
harakat oti keng qo`llangan: bargulik,bargusiz, barguchi kabi.
Buyruq-istak maylining 1 shaxs formasi – aling bilan yasalgan turi keng tarqalgan: Xan
kashiga Tashkentga baraling.
«Boburnoma»da sifatdoshning asosan –gan-gen,-adurgan-edurgan,-r afikslari bilan hosil
bo`luvchi formalari qo`llangan: borgan,kelgan,boradirgan,keladurgan,barur,kelur kabi.


«Boburnoma»da-a)-e affiksi bilan hosil bo`luvchi ravishdosh formasi kesim va sostavli
kesimning komponenti vazifasida ham qo`llangan: Dakikaning makdari takriban alti
fatixani bismilla bili okugunchadir.
Navoiyda bo`lganidek hozirgi-kelasi zamon fe`li 1-shaxs birligini bo`lishsiz formasi-man-
men affeksi bilan ham hosil qilinadi: Bilmen ozlukidan bermedimi va yukaridan isharat
bodimu. Infinitivining bo`lishsiz formasi –ma, -me affiksi orqali ifodalanadi: Ish kapuga
kelgen maxalda jid va tumamni taksir kilmamak kerak.
8. «Boburnoma»dagi bog`lovchilar hozirgi bog`lovchilarga qisman to`g`ri keladi. Unda
ko`pincha dagi, vale (lekin, ammo) va yoki bog`lovchilari ko`proq ishlatiladi.
Asarda ergashtiruvchi bir qanchasi qo`llanadi. Bularning ko`pchiligi –ki bog`lovchisi
ishtirokida hosil bo`lgan bog`lovchi va bog`lovchilashgan so`zlarir: -ki, -kim, vaqtiki, -
gaxikim, ne uchunkim, -bu jihatdinkim, negkim: Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning
musannafati bavujudkim, Xaride nash`u pava tanibdur, bu til biledur.
«Boburnoma» leksikasida quyidagi so`zlar uchraydi: yavuk, yaqin, cherik, askar, qo`shin,
kabamak, kamamok, filgar, tuz, tekis er, arimak, ketmoq, ilik, kul, ulus, xalq, kazaklik,
darbadarlik, yanmak, kaytmak, kopmoq, turmoq, kasaba, shaxarcha, vasat, urtalik, vasfir,
mo`l-ko`l kabilar.
Umuman «Boburnoma» va boshqa asarlari bilan til donishmandi bo`lganligini va til
boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan foydalanganligini ko`rsatadi.
O`zbek badiiy prozasi etarli tajribaga ega bo`lmagan bir davrda proza tilida katta
muvaffaqiyatni qo`lga kiritdi.
Bobur tilidagi soddalik, ravonlik va ixchamlik XYII asrda Abulg`ozi Bahodirxon tomonidan
yozilgan «hajarai turk» va «hajarai tarokim» asarlarida davom ettiradi.
O`zbek adabiyotining va adabiy tilning ulkan namoyondalaridan biri Muhammad Sodix
klassik adabiyotda birinchi tarixiy doston bo`lgan «Shayboniynoma»ning avtoridir.
«Shayboniynoma» temuriylar bilan shayboniylar o`rtasidagi urushlarning dahshatli
manzaralarini tasvirlovchi, badiiy uslubi va obrazli tili bilan klassik adabiyotning
qimatbaho yodgorligidir.
«Shayboniynoma» dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uni Qosim nomli kotib tomonidan
ko`chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. Dostonni shu nusxa asosida G.Vamberi 1885 yilda
nemis tilida nashr ettirdi. 1908 yilda turkolog P.M.Melioranskiy tomonidan chop etilgan.
Faqat 1961 yilga kelib, «Shayboniynoma»ning hozirgi o`zbek grafikasidagi matni nashr
etiladi.
«Shayboniynoma» tarixiy dostonchilikning to`ng`ich asari bo`lib, unda konkret tarixiy
voqealar hikoya qilinadi. Dostonda realizm tendensiyasi ma`lum darajada badiiy
uslubning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylandi. Realizm tendensiyalari faktlarning
mazmunidagina emas, balki ularni bayon etish va ifodalashning badiiy usullarda, badiiy til
vositalarida, xullas mazmun bilan shaklning birligida ko`rinadi.
Muhammad Solih dostonida adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til xazinasidan
foydalanib, adabiy tilni boyitishga munosib hissa qo`shdi. Uning tasviriy ifoda uslubi
badiiy sodda va rang-barang. hoir xalq tili xazinasidan foydalanib, sodda, jonli
o`zshatishlar, sifatlashlar, anaforalar topadi. Masalan, Buxoro hokimi Bokitarxon
xarakterini ochib berish uchun quyidagi o`xshatishni ishlatadi.


Bar edi sozi uning nadanlardek,
Kiligi yashgina oglanlardek.
Xalq tili boyliklaridan mukammal foydalanib, xarakterli jonlantirish va mubolag`alar
qo`llaydi.
Boldi bisyar uzum birle kavun,
Xar biri debki: «Mening birl avun».
Klassik adabiyotda baytning birinchi misrasidagi barcha so`zlarga ikkinchi misradagi
hamma so`zlar qofiyadosh bo`lsa, bu tarse deb ataladi. Muhammad Solih original ijod
qildi.
Tozib erdi navkari Babirning,
erib edidi jigari Babirning.
quyidagi barcha M.Solih Bobir askarlarining qochishini sShunday mubolag`a bilan
tasvirlaydi:
Bir sari yolini daryo tutdi,
Suvga tushkenni baliqlar yutdi
M.Solih omograf so`zlar yordamida original so`z o`yini yaratdi:
Saxabi jilvada bostan ichide (uzum navi).
Kan yutib saxibi korgan ichide (egasi)
Yuqoridagi tasviriy vositalarini yaratishda M.Solih zbek tilining so`z boyligidan va
grammatik xususiyatlaridan unumli foydalangan. Unda quyidagi grammatik
xususiyatlarni ko`rish mumkin:
1. 
«Shayboniynoma» tilida tushum kelishigi uchun –ni, -n jo`nalish kelishigi uchun –ga,
-ge, -ka, ke, -a, e affiksli formalar ishlatilgan: arigini, shaxar xalin sozumni, suga,
kozgusre, otka, kormekke, bashima, kunglume kabi. 
Otlarning egalik bilan turlanishi hozirgi o`zbek tilidagi kabidir. 
«Shayboniynoma»da o`zbekcha pullik formasi bilan birga, arabcha, forscha ko`plik
formalari ham qo`llanadi: barcha mirzalar, bari nukarlar, funun (fanlar), kalmakan
(qalmoqlar) kabi. 
2. 
Sonlar «Shayboniynoma»da hrzirgi o`zbek tilidagi kabi formalarga ega. Tartib sonlar


– inch affiksi bilan ham yasaladi: tortinch kabi. «Uch ming» ma`nosida tuman
«million» ma`nosida «yuz tuman» so`zlari ishlatilgan. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. 
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi»
nashriyoti, 1982. 
2. 
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent,
«Fan» nashriyoti, 1984. 
3. 
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka»,
1966.
4. 
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka.
Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.
5. 
Aydarov G. Bibliograficheskiy ukazatel literaturi po yeniseysko-orxonskim i talasskim
pamyatnikam drevnetyurkskoy pismennosti. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1979.
6. 
Amanjolov A.S. K genezisu tyurskix run. Voprosi yazikoznaniya. 1978 (2). S. 76-87.
7. 
Aliev A. O`zbek adabiy tili tarixidan materiallar (universitetlarning filologiya
fakultetlari studentlari uchun qo`llanma). II qism. Toshkent, 1983. 
8. 
(Aliev A.) «O`zbek tili tarixi» kursi grammatikasi. II qism. O`zbek adabiy tili tarixi
(Universitetlarning filologiya fakul`tetlari uchun). Toshkent, 1986.
9. 
Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya. (Tarjimon va nashrga tayyorlovchi
S.Mutallibov). Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1968. 
10. 
Axmadov B.A. Gosudarstvo kochevix uzbekov. M., 1965. 
11. 
Baskakov N.A. Vvedenie v izuchenie yazikov. M., 1969. 
12. 
Batmanov I.A. Yazik yeniseyskix pamyatnikov drevnetyurskoy pismennosti. Frunze,
1959. 
13. 
Borovkov A.K. Leksika Sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv. M., Izd-vo «Nauka», 1963. 
14. 
Blagova G.F. Tyurskoy skloneniy v arealno – istoricheskom osveshenii. M., Izd-vo
«Nauka», 1982. 
15. 
Dadabaev X. Obshestvenno-politicheskaya i spesialno-ekonomicheskaya
terminologiya v tyurkoyazichnix pismennix pamyatnikax XI-XIV vv. Tashkent, Izd-vo
«Nauka», 1969.
16. 
Iziskanniy dar tyurskomu yaziku (Grammaticheskiy traktat XIV v na arabskom
yazike). Vvedeniy, leksiko-grammaticheskiy ukazatel E.I.Fazilova i M.T.Ziyaevoy.
Tashkent, Izd-vo «Fan», 1978. 


17. 
Ishoqov M., Raxmonov N., Sodiqov Q. To`xliev B. O`lmas obidalar (O`zbekiston
xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo`yicha tadqiqotlar). Toshkent, «Fan»
nashriyoti, 1989. 
18. 
Karimov K. Kategoriya padeja v yazike «Kutadgu bilig». Avtoreferat dissertasii na
soiskanie uchenoy stepeni kand. Filol. Nauk. Tashkent, 1962. 
19. 
Karimov Q. Ilk badiiy doston. Toshknt, «Fan» nashriyoti, 1976.
20. 
Malov S.Y. Pamyatniki drevnetyurskoy pismennosti. M.-L.,Izd-vo «Nauka», 1951. 
21. 
Maxmud Qoshg`ariy. Devoni lug`otit turk. Tarjimon va nashrga tayyorlovchi
S.Mutallibov. I-III. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1960-1963. 
22. 
(Maxmud Qoshg`ariy) Devoni lug`atit turk. Indeks-lug`at. Toshkent, «Fan»
nashriyoti, 1967. 
23. 
Maxmudov Q. Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asari haqida. Toshkent, «Fan»
nashriyoti, 1972. 
24. 
Maxmudov Q. XIII-XIV asr turkiy yozma obidalar tilining fonetik sistemasi. Toshkent,
«Fan» nashriyoti, 1990.
25. 
Melioranskiy P.M. Arab filolog o tyureskom yazike. SPb., 1900. 
26. 
Nadjip E.N. Istoriko-sravnitelniy slovar tyurskix yazikov XIV veka. Kniga I. M., Izd-vo
«Nauka», 1979. 
27. 
Nadjip E.N. Issledovaniya po istorii tyurskix yazikov XI-XIV vv. M., Izd-vo «Nauka»,
1989. 
28. 
Nasilov V.M. Yazik orxono-yeneseyskix pamyatnikov. M., Izd-vo «Nauka», 1960. 
29. 
Nasilov V.M. Yazik tyurskix pamyatnikov uygurskogo pisma XI-XV vv. M., Izl-vo
«Nauka», 1974. 
30. 
Rabg`uziy Nosiruddin Burhonuddin. Qissasi Rabg`uziy I-II. Toshkent, «Yozuvchi»
nashriyoti, 1990-1991.
31. 
Rahmonov N. Turk xoqonligi. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,
1993.
32. 
Rustamov A. Mahmud Zamaxshariy. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971.
33. 
Ryasyanen M. Materiali po istoricheskoy fonetike tyurskix yazikov. M., Izd-vo
«Nauka», 1955. 
34. 
Sodiqov Q. Eski uyg`ur yozuvi. Toshkent, G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va
san`at nashriyoti, 1989. 
35. 
Sodiqov Q. Ajdodlarimiz bitigi. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1990.
36. 
Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyurskix yazikov. Fonetika. M., Izd-vo
«Nauka», 1984. 


37. 
«Tarjumon» - XIV asr yozma obidasi. (nashrga tayyorlovchi A.Yunusov) Toshkent,
«Fan» nashriyoti, 1980.
38. 
Tursunov U., O`rinboev B. O`zbek adabiy tili tarixi (Pedagogika institutlarinng
filologiya fakultetlari studentlari uchun qo`llanma). Toshkent, «O`qituvchi»
nashriyoti, 1982.
39. 
To`xliev B. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asari. Toshkent, «O`zbekiston»
nashriyoti, 1991.
40. 
Fazilov E. Starouzbekskiy yazik. Xorezmiyskiye pamyatniki XIV veka. Tom I-II.
Tashkent, Izd-vo «Fan», 1966, 1971. 
41. 
Xarezmi. Muxabbat-name. (Izdanie teksta, transkripsiya, perevod i issledovanie
E.N.Nadjipa). M., Izd-vo «Nauka», 1961. 
42. 
Shukurov Sh. O`zbek tilida fe`l zamonlari taraqqiyoti. Toshkent, «Fan» nashriyoti,
1959.
43. 
Shcherbak A.M. Oguz-name, Muxabbat-name. M., Izd-vo «Nauka», 1959. 
44. 
Sherbak A.M. Grammaticheskiy ocherk yazika tyurskix tekstov X-XIII vv. iz
Vostochnogo Turkestana. M.-L., Izd-vo «Nauka», 1961. 
45. 
Shcherbak A.M. Grammatika starouzbekskogo yazika. M.-L., Izd-vo «Nauka», 1962. 
46. 
Shcherbak A.M. Sravnitelnaya fonetika tyurskix yazikov. L., Izd-vo «Nauka», 1970. 
47. 
Shcherbak A.M. Ocherki po sravnitelnoy morfologii tyurskix yazikov (Glagol). L., Izd-
vo «Nauka», 1981.
48. 
Yusuf Xos Hojib. Qutadg`u bilig. (nashrga tayyorlovchi Q.Karimov). Toshkent, «Fan»
nashriyoti, 1971.
49. 
Qayumov A. Qadimiyat obidalari. Toshkent, 1972. 
50. 
Qo`chqortoyev I., Isabekov B. Turkiy filologiyaga kirish. Toshkent, «O`qituvchi»
nashriyoti, 1984. 
1
2

3

4


5

6
7
Обсудить данную работу



Download 239,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish