Nazorot savollari: Movarounnahrda arablar tomonidan joriy etilgan soliqlar, ularning turlari


zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya



Download 21,49 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi21,49 Kb.
#278324
1   2   3
Bog'liq
Nazorot savollari Movarounnahrda arablar tomonidan joriy etilga

zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig`i ham qo`shildi.

Arablar o`z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga katta e'tibor berdilar. O`rta Osiyo aholisi ichida e'tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e'lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo`q qilindi. Uning o`rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so`g`d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo`q qilinib yuborildi.

"Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din Peshvolarini qirib lashlab, ularning kitob va qo`lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yozgan edi. Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo`lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o`tishi bilan bu unutilib, faqat o`zlari uchun mos bо`lgan xotiralargina saqlanib qoldi", So`g`d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo`q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo'lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o`qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig`ini o`z vaqtida to`lamagan kishilar tutib olinib bo`yinlariga "qarzdor" deb taxtachalar osib qo`yilgan.

Qutaybaning o`limidan so`ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo`la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so`ng taxtga o`tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar ta'limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo`lib ilk islom ta'limoti tartiblarini va umumiy tenglik g`oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko`ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o`tkazish ko`zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig`i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig`uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur'on va Hadislarga qat'iy amal qilishni buyurdi.

Arab feodal-zodagonlari turli yo`llar bilan xiroj solig`i yig`a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig`i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o`z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o`ndan bir qismi) soliq olish ko`zda tutildi.

Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so`radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so`raydi. Samarqandliklar shikoyati ko`rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo`ldi. Qozi Samarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o'z ja'volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o`zlarini musulmon hisoblab, g`aznaga soliq to`lamay qo`ydilar. Shundan so`ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma'muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.

Arab bosqiniga qarshi xalq ozodlik harakatlari Movarounnahrda hijriyning 100 yilida (719 yii) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so`zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birincbi bo`lib, 720-yilda So`g`d aholisi bosib ko`taradi. Qo`zg`olonga Samarqand ixshidi Hurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar.

So`g`dlarga yordam berish uchun Turkiy hoqon shahzoda Ko`rsul boshchiligidagi turkiy lashkarini Samarqandga yuboradi. So`g`ddagi qo`zg`olon umumxalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Qo`zg`olonchilar arablarga zarba bera boshladilar. Faqat ayrim shahar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab harbiy qismlarigina katta boj va Hiborli vakillarni qo`zg`olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqladilar. Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo`zg`olonni bostirishga muvaffaq bo`lolmadi.

721-yil Xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Sayid ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo`zg`olonini bostirishda o`z shafqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Sayid al-Xaroshiy qo`zg`olonchilar bilan olib borgan rauzokaralar natijasida Hurak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tomoniga o`tib ketadi. Qo`zg`olonchilardan bir qismi esakurashni davom ettirishni lozim ko`radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan bosbqa hamma Sug`d qo`zg`olonchilarini qirib tashladilar. Qo`zg`olonchilarga yordam bergan Xo`jand ahli ham jazolandi.

Movarounnahr aholisini tinchlantirish va arab hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashras ibn Abdulloh (727-730 yislom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig`i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng targ`ib qila boshlaydi. Chegaradagi yerlarda yangi istehkom qurilib, chegaralar mustahkamlana bordi. Lekin g`aznaga tam daromad tushayotganligi, zodagonlarning shikoyati tufayli xirojni Rayta tiklaydi. O`z siyosatini targ`ib qilish maqsadida ikkita taniqli arab ruhoniysi As-Sayid Soliq va Robiya ibn Umranni Samarqand va Buxoroga jo`natadi. Xiroj solig`i zodagonlardan ham, kambag`allardan ham zo`rlab undirila boshlanadi.

Samarqandda Abu Sayid boshchiligidagi 700 ta so`g`dliklar xiroj to`lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o`tib, qarshilik harakatiga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Abu Sayidni hiyla ishlatib muzokara uchun Samarqandga chaqirtirishadi va o`sha yerning o`zida uni va safdoshlarini zindonband etadilar.

O`zaro kurashlar, 733-734 yillardagi Zarafshon vohasidagi qurg`oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi-bularning hammasi Movarounnahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keldi. Norozilik arab harbiylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya bordi. Shu paytga kelib xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar yuqorida qayd qilinganidek, shialar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo`lib, bu so`zning lug`aviy ma'nosi qo`zg`olonchilar degani edi. Avval boshda bu harakat oddiy arab va boshqa musulmon xalqlarning manfaatlarini himoya qilar edi. Keyinchalik bu guruhdan ibodiylar, azrakiylar va boshqa jamoalar ajralib chiqqan. Xorijiylar ta'limotiga ko`ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustidan hukmron bo`lishlari kerak edi.

Movarounnahrda Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Surayj boshchilik qiladi. Xoris Movarounnahrda tezda shuhrat qozondi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o`z qo`li ostida to`pladi. Abu Fotima uni yordamchisi va harbiy maslahatchisi etib tayinlandi.

Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikka ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va juzyadan ozod qilishni talab etadi. Kesh xalq ommasiga tayanib, u Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo`shini tarkibida Xuttalon shahzodasi Sabil, qarluq yabg`usi va Abu Fotima guruhi ham bor edi. Xalq harakatlaridan norozi bo`lgan xalifa Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdullohni tayinlaydi. Xoris qo`shinlari Xurosonning katta qismini egallashib, Osimni chekinishga majbur etishadi. 735 yilga kelibgina xalifa yangi noib Asad ibn Abdullohni Xuroson valiysi etib tayinlab, katta kuch bilan Xorisga qarshi kurasb boshlaydi. 736-737 yillarda Asadning qo`shini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo`ladi. Qo`zg`olonchilarning ijtimoiy tarkibi ham, talablari ham turlicha edi. Qo`zg`olonda aholining deyarli hamma tabaqalari qatnashadi.

Albatta, hukmdorlar o`rtasida o`zaro nizolar, xiyonatkorona harakatlar, qurol-yarog`ning yetishmasligi, yaxshi uyushmaganlik va boshqalar o`zining ta'sirini ko`rsatdi. Shunday bo`lsa ham qo`zg`olonchilar izsiz qolmay xalifalik siyosiy harakatida o`zining aksini topdi.

Ulkan xalifalikni 661 yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko`p siyosiy o`zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo`ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ro`y berdiki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo`ydi. O`rta Osiyoda va boshqa xalifalik yerlarida xalifalikka qarshi norozilik kayfiyatlari kuchli edi. Ularning soliq siyosatidan zo`ravonligidan quyi tabaqalar, o`z huquqlarining kamsitilganidan esa yuqori tabaqalar norozi edi. Ummaviylaming hokimiyatini arab aholisi ham qo`llamas edi. Ularning hokimiyatga kelishini turli gumonlar, muxolifat kuchlari noqonuniy deb bilishar edi. Avvalo xorijiylar ularga qarshi bo`lib, xalifalik taxtining merosiy bo`lishini noto`g`ri deb baholar edilar.

3. 11-asr oxirlaridan boshlab, Saljuqiylar davlati parchalana boshlaydi. Chunki 1salib yurishi natijasida Saljuqiylar davlati Gruziya, Shirvon hamda Kichik Osiyoning sohil boʻyi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajralgan (1096—99). Saljuqiylar davlatidan bir necha mustaqil sultonliklar ajralib chiqqan. Mas, Kermon sultonligi (1041 — 1187), Shom (Suriya) sultonligi (1074—1117), Koʻniya sultonligi va boshqa saljuqiy sultonlar oʻgʻuz va boshqa turkiy urugʻlar boshliqlari, jasur jangchilarga iqto inʼom qilganlar. Mac, Malikshoh saltanatni 12 ta viloyat — mulkka ajratib, ularni amirlar va lashkarboshilarga iqto tariqasida bergan. Kattakatta mulklarga ega boʻlgan iqtodorlar esa mustaqil boʻlishga harakat qilganlar. Malikshoh vafoti (1092)dan soʻng , uning oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun kurash avj oldi. Akauka sultonlar Mahmud (hukmronlik davri: 1092—94), Barqiyoruq, Malikshoh II (hukmronlik davri: 1104— 25), Gʻiyosiddin Muhammad (hukmronlik davri: 1105—18) ayrim hokimlarning isyonlarini bostirish bilan birga ismoiliylar harakati, xususan, hashshoshiylarta qarshi kurash olib borishga majbur boʻlganlar.

4. Sulola asoschisi Anushtegin, o’g’uzlarning bekduli urug’idan bo’lib, saljuqiy hukmdor Sulton Malikshoh (1072-1092 y.y) saroyida tashtdorlik lavozimidan 1077 yili Xorazm shihnasi (boshqaruvchisi) lavozimiga tayinlanadi. Anushtegin (1077¬1097 y.y) o’z faoliyati davomida Saljuqiylarning ishonchiga sazovar bo’ldi. Bu ishonch tufayli, uning avlodlari Xorazmda hukmronlik qilishni qonuniy meros sifatida qabul qilib oldilar. Anushteginlar ma’lum bir davrgacha vaziyat taqozosi bilan saljuqiylarga xizmatda sadoqat ko’rsatdilar. CHunki XI asr boshlaridan XII asr o’rtalariga qadar butun SHarqda, musulmon dunyosida saljuqiylardan qudratli bironta sulola va davlat bo’lgan emas. Hatto xalifalik poytaxti Bag’dod ham, ular tasarrufida bo’lib, xalifa dunyoviy hokimiyatdan chetlashtirildi, amalda esa faqat diniy hokimiyatnigina ifodalardi xolos. Saljuqiylar G’arbda O’rta yer dengizi va Yevropagacha cho’zilgan hududlarni egallab shon-shavkatda buyuklik darajasiga ko’tarilgan edilar. Xorazmshohlar-Anushteginlar sulolasi asoschilarining tarixiy xizmati shunda ediki, ular rasman saljuqiylarga qaram bo’lgan holda, amalda bo’lajak mustaqil Xorazm davlatining poydevorini yaratishga muvaffaq bo’ldilar.

Sulola asoschisi Anushtegindan keyin hokimiyat tepasiga kelgan Qutbiddin Muhammad (1097-1127) mavjud vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, hatto saljuqiylarning eng buyuk mavqeini xalqaro miqyosda va shuningdek, ichki tomonidan ham mustahkamlashga xizmat kildi. Saljuqiy hukmdorlarining ishonchiga sazovor bo’lgan Qutbiddin Muhammad Xorazmshoh amalda mustaqil Xorazm davlatiga asos soldi. Uning saljuqiylarga qaramligi nomigagina, ya’ni har yili muayyan o’lpon to’lab turish tarzida bo’lgan.

Mazkur hukmdor to’g’risida «Tarixiy yodgorliklarda Xorazmshohning unvoni «Podsho qutb ad-Dunyo va ad-Din Abu al-Fath Mu’an Amir al-mo’’minm» («Dunyo va din qutbi, g’alabalar otasi, mo’minlar amiri - xalifaning yordamchisi») so’zlari ham Xorazmshohning obro’i baland ekanidan shohidlik beradi», - deb yozgan Ziyo Bunyodov.

«Qutbiddin Marvda ta’lim olib, yaxshi ma’rifat olgan, adab va din ilmlarini o’rgangan edi... U har tomonlama iste’dodli odam edi, olimlar va din arboblari uni yaxshi ko’rishar, u ham ularni izzat-hurmat qilardi... Fuqarolariga adolatli, ular ham uni yaxshi ko’rib, uning nomini aziz tutar edilar».

Qutbiddin Muhammad boshlagan xayrli ishlarni, uning o’g’li Al-Malik Abu Muzaffar Alouddin Jaloliddin Otsiz davom ettirdi. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156 y.y) hukmronlik davrini, asosan, ikki bosqichga bo’lish mumkin:
1127—1138—yillar
1138—1156 yillar

Agar Xorazmshoh Otsiz hukmronligining birinchi davrida (1127-1138 y.y) Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan bo’lsa, hukmronligining ikkinchi davrida (1138¬1156 y.y) mustaqil Xorazm davlatiga asos soldi. Xorazmshoh Otsiz har bir qulay vaziyatdan foydalanib, birinchi marta xorazmshohlar davlatining hududlarini kengaytirish siyosatini boshlab berdi. Xorazmshoh, Sulton Sanjar farmonini buzib, saljuqiylarga tobelikda bo’lgan ko’pgina yerlarni bosib oldi.



Sulton Sanjar ham Xorazmshoh Otsizning qudratini tan olishga majbur bo’ldi. Natijada siyosat maydonida kuchli davlat - Xorazmshohlar davlati paydo bo’ldi va mustahkamlandi. Strategik siyosiy maqsadlarni ko’zlagan Xorazmshoh Otsiz qo’shni davlatlar bilan samarali diplomatik munosabatlarni o’rnatishga intildi. V.V. Bartol'd uning qo’shni davlat hukmdorlariga yozgan maktublarini «SHarqona diplomatiya namunasi» deb baholagan. Bunday harakatlarning natijasida kuchli, amalda mustaqil davlatga asos solgan.
Download 21,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish