Nazorati va hisobi


 Elektr energiya sifatini nazorat qilish



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#237336
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
Bog'liq
elektr taminoti tizimida energiya nazorati va hisobi

3.5. Elektr energiya sifatini nazorat qilish 
Elektr  energiya  zamonaviy  iste‟molchilari  o„zlarining  barcha  texnologik 
samaradorliklarida  ko„pincha  elektr  energiya  sifatiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi. 
Elektr  energiya  sifatining  yomonlashishi  elektrotexnik  va  texnologik  qurilmalar 
ishlarida  salbiy  bilinmoqda.  Bir  necha  uncha  katta  bo„lmagan  misollarni 
keltiramiz. 
Kuchlanish  egriligi  shaklining  buzilishi  elektr  ta‟minoti  tizimlari  ko„plab 
elementlarining  ishlashida  salbiy  bilinmoqda.  Aktiv  quvvat  va  energiyaning 
qo„shimcha  yo„qotishlar  vujudga  kelmoqda,  izolyasiyaning  eskirishi  jarayoni 
jadalroq bo„lib o„tmoqda, elektr o„lchov asboblarining xatoliklari ortmoqda, EHM, 
releli himoya, avtomatika va aloqa qurilmalarining ishlatilishi qiyinlashmoqda, bu 
elektr  ta‟minoti  tizimining  ishonchliligini  kamaytiradi,  elektr  energiyani  hisobga 
olish shartlarini yomonlashtiradi.      
ETT da kuchlanishlar tebranishlarining paydo bo„lishi ularga sezgir bo„lgan 
elektr  qabullagichlari  ishlashida,  birinchi  navbatda  elektr  yoritish  uskunalari 
ishlashida salbiy bilinmoqda.  
Uch  fazali  tarmoqlardagi  nosimmetriyada  elektr  tarmoqlar  elementlarida 
qo„shimcha  yo„qotishlar  paydo  bo„lmoqda,  lampalar  va  elektr  jihozlar  xizmat 
muddatlari 
qisqarmoqda, 
uning 
ishlashining 
iqtisodiy 
ko„rsatkichlari 
kamaymoqda.  Transformatorlarning  qizib  ketishi,  natijada  ularning  xizmat  qilish 
muddatini qisqarishi sezilarli bo„lishi mumkin. 
Elektr  energiyaning  sifati  davlat  standartlariga  javob  berishi  yoki 
shartnomada  ko„zda  tutilishi  kerak.  Elektr  energiyaning  sifatini  yomonlashishiga 
iqtisodiy sanksiyalar, elektr energiyaga kamaytirilgan narxlar va ustamalar ko„zda 
tutilgan. Kamaytirilgan narxlar va ustamalar o„lchami “Elektr energiyaga tariflarga 
kamaytirilgan narxlar va ustamalarning qo„llanilishi qoidalarida” o„rnatilgan.  
Tarifdan kamaytirilgan narxlar kuchlanish va chastotaning og„ishi bo„yicha 
pasaytirilgan  sifatli  elektr  energiyani,  shuningdek,  energiya  ta‟minoti  tashkiloti 
aybi  bo„yicha  nosinusoidallik,  teskari  va  nolli  ketma-ketlik  koeffitsientlari  va 


44 
 
kuchlanishning    o„zgarish  qadami  (kulanish  tebranishlari  dozasi)  ko„rsatkichlari 
bo„yicha  pasaytirilgan  sifatli  elektr  energiyani  iste‟molchiga  berilishida 
qo„llaniladi 
Tarifga  ustamalar  iste‟molchilar  aybi  bo„yicha  nosinusoidallik,  teskari  va 
nolli ketma-ketlik koeffitsientlari va kuchlanishning  o„zgarish qadami (kuchlanish 
tebranishlari  dozasi)  ko„rsatkichlari  bo„yicha  elektr  energiyaning  sifati 
pasaytirilganda qo„llaniladi 
YUqorida  aytilganlarni  hisobga  olganda  nima  uchun  hozirgi  vaqtda  elektr 
energiyasi  sifati  muammosi  bosqichma-bosqich  birinchi  rejaga  chiqayotganligi 
aniq  bo„lib qoladi. 
Rossiyada  (ko„plab  MDH  davlatlari  kabi)  GOST  13109-97  «Umumiy 
foydalanishdagi  elektr  ta‟minoti  tizimlaridagi  elektr  energiya  sifatiga  me‟yorlar» 
standarti  qabul  qilingan.  Standartga  muvofiq,  uch  fazali  tok  tarmoqlaridan 
ta‟minlashda elektr energiya sifati ko„rsatkichlari tizimini kuchlanishning og„ishi, 
kuchlanishning  o„zgarish qadami, fliker jadalligi (dozasi), kuchlanishning egriligi 
sinusoidalligini  buzilishi  koeffitsienti,  yuqori  garmonikalar  koeffitsienti, 
kuchlanishning  teskari  va  nolli  ketma-ketligi  koeffitsienti,    kuchlanish 
botiqligining  davomiyligi,  kuchlanish  impulsi,  vaqtinchalik  o„ta  kuchlanish 
koeffitsienti, chastotaning og„ishi tashkil etadi.  
Elektr  energiyaning  sifat  ko„rsatkichlarini  nazorat  qilish  ishi  qanday 
vaziyatda  turibdi?  Elektr  energiya  zamonaviy  hisoblagichlari  ko„pincha  elektr 
energiya  sifatini  baholashga  imkon  beradi.  Masalan,  Alfa  turkumidagi  barcha 
yangi  hisoblagichlar  faza  toklari,  kuchlanishlari,  chastota  va  quvvat 
koeffitsientining  joriy  qiymatlari  kabi  elektr  energiya  sifatining  qator 
parametrlarini  o„lchash  va  nazorat  qilish,  xotirada  qayd  etish  va  o„rnatmalar 
chegaralaridan  parametrlarni  chiqishi  haqida  sinalizatsiya  mkoniyatiga  ega. 
Berilgan  o„rnatmalardan  ortganda  sifat  ko„rsatkichlari  bo„yicha  relening  ishlab 
ketishini  dasturlashtirish  imkoniyati  mavjud  bo„lib,  bunda  u  bu  vaziyat  haqida 
signal beradi yoki yuklama qismini uzadi.  


45 
 
 Lekin,  salbiy  momentlar  ham  mavjud.  Sifatni  nazorat  qilish  funksiyasili 
elektr  energiya  hisoblagichlari  etarlicha  qimmat  turadi.  Masalan,  Alfa-Plyus 
hisoblagichining  narxi  taxminan  1000$  ni  tashkil  etadi.  Alfa  hisoblagichlari 
ko„riklarni  o„tkazilishida  elektr  energiya  sifat  parametrlarini  o„lchash  asbobini 
almashtira  olmaydi,  chunki    sifat  parametrlarini  o„lchash  turning  tavsifida 
indikatorlar sifatida berilgan. 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish