katta yoki kichik ekanligini yoki qancha foiz tashkil etishini ko’rsatadi.
3. qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’ati (T) ham ikki usulda aniqlanishi mumkin.
Birinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan boshlang’ich davr darajasi ayirilib, 100 g
a
ko’paytiriladi va boshlang’ich davr darajasiga bo’linadi.
Ikkinchi usulda har bir keyingi davr darajasidan oldingi davr darajasi ayirilib, 100 ga
ko’paytiriladi va o’zidan oldingi yil darajasiga bo’linadi.
1% qo’shimcha o’sish (kamayish)ning mutlaq qiymati – mutlaq qo’shimcha o’sish
qiymati zanjirsimon qo’shimcha o’sish sur’atiga bo’linadi.
Sifat ko’rsatkichlariga asoslangan dinamika qatorlarini tahlil qilishda nazarda tutish
kerakki, ular qanday shaklda - to’g’ri yoki teskari ko’rinishda tuzilishiga qarab, yuqorida zikr
etilgan analitik ko’rsatkichlar, masalan, o’sish va qo’shimcha o’sish sur’atlari turlicha mantiqiy
mazmunga ega bo’ladi va bir biriga barobar bo’lmaydi. Bu yerda sifat ko’rsatkichlari deganda
miqdoriy qiymati ob’ekt (predmet)ning birligiga nisbatan hisoblanadigan hodisa me’yori
tushuniladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat natijalarini, ya’ni mavjud moddiy, moliyaviy, tabiiy,
mehnat resurslaridan foydalanishni sifat jihatidan, samaradorlik nuqtai nazaridan baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |