4.Iqtisodiy statistika qanday fan
Statistika yagona mustaqil fan sifatida gavdalanishi va turli sohalarda
qo‘llanishiga sabab uning predmeti bo‘lmish ommaviy hodisa va jarayonlar hamma
sohalarda ro‘yobga chiqishi va umumiy xislatlarga ega bo‘lishidir. Shu bilan bir
qatorda ayrim sohalarda ular o‘ziga xos sharoitlarda yuzaga chiqadi va ularning
ta’siri ostida xususiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Shu tufayli statistik
qonuniyatlar namoyon bo‘lish me’yori ham, rivojlanish shakllari ham har bir sohada
o‘ziga xos yo‘l bilan kechadi. Bu esa statistika uslubiyatini muayyan soha sharoitiga
muvofiqlashtirishni, unga mos keladigan usullarni qo‘llashni, sharoit o‘zgarishi bilan
ularni shaklan va mazmunan takomillashtirib turishni, yangilarini yaratib, eskilari
o‘rniga ularni ishlatishni talab etadi va haqiqatda ham shunday bo‘lmoqda. Pirovard
natijada har bir soha statistikasi yagona statitisika fani doirasida ma’lum darajada
mustaqil fan va shu bilan birga uning muhim tarmog‘i, yo‘nalishi sifatida shakllanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |