Xulosa. Biz muvozanat o`zgarishini tahlil qilish maqsadida talab va taklif
egri chiziqlaridan qanday qilib foydalanishni uchta misolda ko`rib chiqdik.
Biror hodisa taklif egri chizig’ini, talab egri chizig’ini yoki ikkala egri chiziqni
o`zgartirsa, siz bu usullardan muvozanatli miqdor va sotilgan mahsulot narxiga
qanday ta’sir qilishini prognoz qilishingiz mumkin. 4-jadvalda ikkala egri
chiziqning har qanday kombinatsiyasida natija qanday bo`lishini prognoz qilish
mumkinligi ko`rsatilgan. Talab va taklif usullaridan qanday foydalanish
kerakligini tushunganlikka ishonch hosil qilish uchun bu jadvalga bir nechta
ma’lumotlar kiriting va nima sababdan jadval prognozlarni o`z ichiga qamrab
olishini tushintirib bera olishingizga ishonchingiz komil bo`lsin
Do'stlaringiz bilan baham: |