Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
Statistika atamasi qanday kelib chiqqan va ilk bor nimani anglatgan?
SHunday qilib, statistika atamasi ko’p qirrali tushuncha bo’lib, hozirgi kunda u quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy, siyosiy,
ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar hamda atrof-muhit holati
haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday mazmunda bu so’z ko’proq davriy matbuot
sahifalarida va axborot vositalarida ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko’rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini ko’rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so’zi foydalaniladi. Masalan,
gazeta saxifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko’ra” degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda xo’jalik faoliyat haqidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va
hisobotlar tuzish bilan shug’ullanadigan bo’lim nomi ham statistika deb yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo’nalishi ham ataladi;
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash va
yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tadbiq qilish ham tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar statistika deb
yuritiladi.
Statistika so‘zi hozir nimalarni bildiradi?
Statistikaning umumiy nazariyasi barcha tarmoq statistikasining metodologik asosidir.
Statistika nazariyasining asoslarini taqdim etishda quyidagi masalalarni o'rganish kerak:
statistikaning predmeti, usullari va vazifalari va uning iqtisodiy nazariya va boshqa ba'zi bir boshqa fanlarga aloqasi;
iqtisodiy statistikada ishlatiladigan statistik ko'rsatkichlar va tasniflar tizimi, ularning mazmuni va ko'lami, statistika ko'rsatkichlari va tasniflari o'rtasidagi bog'liqlik;
iqtisodiyot va moliya ma'lumotlariga asoslangan statistik tahlilning eng muhim yo'nalishlari;
dastlabki ma'lumotlarning asosiy manbalari va statistik bazani shakllantirish asoslari
Aholi statistikasini o’rganish zarurati nimada?
Ijtimoiy-iqtisodiy, ommaviy hodisalarni bilishda, idrok qilishda statistika beqiyos katta rol o`ynaydi. Bu sohada olib borilgan tekshirish va kuzatishlarni umumlashtirish natijasida statistika fan sohasi tarzida shakllanganligi va taraqqiy etib kelayotganligi bejiz emas. Uning uslubiyati barkamol topishida matematika va boshqa aniq fanlar hissasini ham inkor etib bo`lmaydi. Iqtisodiy statistika yagona statistika fanining tarkibiy qismi va tarmog’idir. SHu bilan birga uning o`rganish ob`ekti muhim o`ziga xos tomonlarga egaligi va ularga umumstatistik usullarni moslashtirish yo`li bilan yangi mazmun va shakllar baxsh etilgani va natijada birmuncha takomillashgan uslubiyat yaratilganligini hisobga olib iqtisodiy statistikani ma`lum darajada mustaqil fan deb qarash ham mumkin.
Aholi soni qanday aniqlanadi?
Ma‘lum hududning doimiy yashovchi asosiy aholisi hisoblanadi. Doimiy aholi
bo‘lish uchun har bir davlatning o‘z qonunlari bor. Masalan, Rossiyada doimiy aholi bo‘lishi uchun 1 yil Rossiyada yashash lozim. Rossiyaga 1 yil va undan ko‘p muddatga o‘qishga, xizmatga kelgan aholi ham doimiy aholi hisoblanadi. SHuningdek, Rossiyada 1 yildan ko‘p yashagan, shu joyda ro‘yxatda turgan va boshqa boror joyi bo‘lmagan shaxslar doimiy aholi hisoblanadi
Statistikada dinamika tushunchasi nimani anglatadi, dinamika qatori-chi?
Statistikada dinamika tushunchasi vaqtda (zamonda) hodisalar rivojlanishi ma’nosida qo‘llanadi, bunday jarayonni tasvirlovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika yoki vaqt qatorlari deb yuritiladi. Kontseptsial ya’ni fan kategoriyalariga oidligi jihatidan ular taqsimot qatorlarining bir turkumi (tipi) bo‘lib, statistik to‘plamni vaqt o‘lchamlari bo‘yicha taqsimlash natijalarini ifodalaydi. Dinamika qatorlari variatsion qatorlar bilan ma’lum darajada umumiylikka ega va u shundan iboratki, variatsion qator variantalari har xil qiymatlar olib, bir-biridan farq qilgani kabi dinamika qator darajalari (ko‘rsatkichlari) ham miqdoran turlicha ifodalanib, bir-biridan farqlanadi. Ammo bu yuzaki umumiylik bo‘lib, qatorlarning tashqi qiyofasida namoyon bo‘ladi, xolos. Ichki tabiati jihatidan esa dinamika qatorlari variatsion qatorlardan tubdan farq qiladi va bu farq ko‘rsatkichlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishlarini yuzaga keltiruvchi asl sabablar butunlay boshqacha mohiyatga egaligida o‘z ifodasini topadi.Variatsion qator variantalari bir vaqtda turli joylarda, bir-biridan ajralib mustaqil faoliyat yurituvchi subyektlar harakatlari natijasida sodir bo‘lgan hodisa va jarayonlarni tavsiflaydi. Demak, ular tub ma’noda erkin o‘zgaruvchilar hisoblanadi va normal taqsimot qonuniga bo‘ysunadi.Dinamika qatori ko‘rsatkichlari esa bir makon chegarasida turli vaqt sharoitlarida yuzaga chiqadigan hodisa va jarayonlarni tavsiflaydi. Bu holda o‘zgaruvchilar (qator darajalari) bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda shakllanishi uchun sharoit tug‘iladi. Shu sababli ularni erkin o‘zgaruvchilar deb hisoblash uchun asos yo‘q. Bu hol nafaqat qator ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘lanishda shakllanishiga olib keladi, balki shu bilan bir qatorda ularda umumiy tendensiyalar, avtokorrelyatsiya va multikolleniearlik hodisalar tarkib topishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ayrim davrlar sharoitida o‘ziga xos xususiyat va alomatlar kuzatilishi mumkinki, ular bilan mavsumlar, davralar bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zgarishi, qisqa muddatli boshqa shakldagi yo‘nalishlar bo‘lishi ehtimolini tushuntirish mumkin bo‘ladi.Shunday qilib, variatsion qator variantalari orasidagi o‘zgaruvchanlik to‘la ma’noda variatsiya hisoblansa, dinamika qatorlariga xos o‘zgarishlarni tebranuvchanlik deb nomlash asosliroq bo‘ladi.
Dinamika qatorlarining qanday turlarini bilasiz? Ular bir-biridan qanday jihatlari bilan farq qiladi?
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo`lgan. Qadim zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar sonini bilish, soliqqa tortish ob`ektlarini belgilash zarurati tug’ilgan, natijada aholi soni, uning yoshi va jinsi jihatdan tuzilishi haqidagi ma`lumotlarga ehtiyojlar paydo bo`lgan. Bu esa davlatni aholi soni va tarkibida bo`layotgan o`zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Fuqarolik munosabatlari rivojlanib borgan sari ular bilan bevosita bog’liq bo`lgan voqealarni qayd qilishga zaruriyat ortib borgan. SHuning uchun tug’ilish, o`lish, nikohga olish, ajralish kabi hodisalarni yozib borish tartibi o`rnatilgan, keyinchalik esa odamlarning bir joydan ikkinchisiga ko`chib yurishi bilan bog’liq bo`lgan migratsiyasi (harakati)ni qayd qilish tartibi belgilangan. Qishloq xo`jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi xo`jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan. «Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan. Hozirgi kunda statistika deyilganda
O‘zaro bog‘lanishlar deganda nimani tushunasiz, ularni o‘rganishdan maqsad nima?
Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish statistika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli o‘zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug‘doyga suv, mineral o‘g‘itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog‘lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o‘g‘it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Funksional bog‘lanish nima? Korrelyatsion bog‘lanish-chi?
Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami?
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi. Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy – iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog`lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik to`g`ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o`rganilayotgan obyektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi. Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi kerak. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma`nosi ifodalangan bo`lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko`rsatilgan bo`lishi, shuningdek, o`lchov birligi ham berilgan bo`lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarniifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
Statristikada ma’lumotylarni jadvallarda ifodalshni so’z bilan ifodalashdan in necha afzalliklariu bor. Misol uchun Jadval orqali berilgan ma’lumotlarda statistic o’zgarishlarnin oslonlikcha oayqash mumkin. Bu esa to;gri hulosa chiqarish uchun pundamental asos bo’lib hizmat qiladi. Bundan tashqari Ma’lumotlarni jadvallarda ifodalash anchayin oson hamda kam joy egallaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlash oson. Shunindek Jadval orqali berilagan ma’lumotlar anchayin aniq bva tushinish oson bo’ladi.
Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |