Nazorat uchun savollar



Download 18,19 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2022
Hajmi18,19 Kb.
#339166
1   2
Bog'liq
9-Nazorat uchun savollar

Moddalar almashinuvi (metabolizm) — tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxminan 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, muskul oqsillari 180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi. Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan Moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalizatorlar — fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi kimyoviy bogʻlar shaklida mavjud boʻladigan potensial energiya kimyoviy oʻzgarishlar tufayli hujayra strukturasi va funksiyasini, tana haroratini saqlab turish, ish bajarish va boshqa jarayonlar uchun sarf boʻladigan energiyaga aylanadi. Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning oʻzida kechadigan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki jarayon — anabolizm va katabolizmaan iborat. Katabolik jarayonlarda murakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, koʻp miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy makroergik bogʻlar, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va boshqa molekulalar shaklida jamgʻariladi. Katabolik oʻzgarishlar, odatda, gidrolitik va oksidlanish reak-siyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz (anaerob yoʻl — glikoliz, bijgʻish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yoʻl — nafas olish) sodir boʻladi. Ikkinchi yoʻl evo-lyusion nuqtai nazardan ancha yosh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar SO2 va suvgacha toʻliq parchalanadi.

Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; katabolik oʻzgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlangʻich reaksiyalari hisoblanadi. Birok, Moddalar almashinuvining anabolitik va katabolitik yoʻllari oʻzaro mos kelmaydi. Mas, glikogenning laktat kislotagacha parchalanishida 12 ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini katalizlaydi. Glikogenning laktat kislotadan hosil boʻlishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaksiyalardan iborat boʻlib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga oʻxshash oqsillar bilan aminokislotalar yoki yogʻlar bilan faollashgan atsetat kislota oʻrtasida kechadigan anabolik va katabolik re-aksiyalar ham oʻzaro mos kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari hujayraning maʼlum qismlari — kompartamentlarda amalga oshadi. Mas, glikoliz jarayoni hujayra sitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaksiyalari — lizosomalarda, lipidlarning hosil boʻlishi silliq endoplazmatik toʻrda, oqsillar biosintezi ribosomalarda roʻy beradi. Moddalar almashinuvining umumiy bosqichlari bir-biri bilan doimo bogʻlangan boʻladi. Moddalar almashinuvining asosiy oraliq moddasi piruvat kislota uglevodlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi reaksiyalarini oʻzaro bogʻlab turadi.

Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi Moddalar almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy jarayonlarning jadalligi va yoʻnaltirilganligi fer-mentlar faolligiga taʼsir koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda Moddalar almashinuvi qoʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv sistemasi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib turiladi.

1. Asosiy almashinuv - to‘liq mushak tinchligi holatida organizm hayotini saqlash uchun zarur bo‘lgan energiya miqdori. Asosiy almashinuv intensiviigi standart sbaroitda: cho‘zilib yotgan holatda, oxirgi ovqat qabul qilingandan 14 soat keyin, komfort havo haroratida (18-20° C) aniqlanadi. Katta odamda (o‘rta bo‘yli va tana og'ir) asosiy almashinuv 1600-1700 kkal/kun ga teng. 2. Asosiy almashinuvni aniqlash usullari: 1) kalorimetriya usuli kalorimetr asbobi yordamida bevosita organizmdan chiqarilayotgan yoki unga kirayotgan issiqlik miqdorini o'lchashga imkoniyat beradi; 2) gaz almashinuvini tekshirishga asoslangan bilvosita kalorimetriya usuli. 0 ‘zlashtiradigan kislorod miqdorini o‘lchab va tanayuzasini hisoblab, formula bo‘yicha asosiy almashinuv energiyasi aniqlanadi; 3) tibbiyot amaliyotida tana og‘irligi, bo‘y, yosh, jins, tana harorati, puls ko‘rsatkichi, nafas soni, arterial bosim kattaligi va b. hisobga olingan jadvaldan foydalaniladi.



3. Asosiy almashinuv darajasi yosh, jins, bo‘y, tana og‘irligi, asab va endokrin tizim funksional holati va boshqa omillarga bog‘liq.

4. Tana yuzasi qoidasiga binoan issiqqonli hayvonlarda energiya sarf boiishi tana yuzasi kattaligiga proporsionaldir. Tana og‘irligi birligiga (solishtirma yuza) qancha ko‘p yuza to‘g‘ri kelsa, asosiy almashinuv shuncha yuqori bo'ladi. 5. Asosiy almashinuvga tiroksin, uchyodtironin, adrenalin, jinsiy gormonlar kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 6.1 kg tana og‘irligiga hisoblangan asosiy almashinuv intensivligi, bolalarda kattalarga nisbatan ancha yuqori. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda u 50-58 kkal/ (kg.kun) atrofida o‘zgarib turadi. Yosh oshishi bilan asosiy almashinuv doimo pasayib boradi va kattalarda 40 kkal/m;, keksa odamlarda 34 kkal/m2 tashkil qiladi. 7. Organimzda 1 g uglevodlar yonganda 4,1 kkal (17,17 kDj), 1 g yog‘ yonganda9,3 kkal (38,94 kDj), 1 g oqsil yonganda4,1 kkal (17,17 kDj) energiya ajralib chiqadi. 8. Ovqatning spetsifik - dinamik ta’siri - ovqat qabul qilgandan keyin moddalar almashinuvi va energitik sarflanishning kuchayishidir (bir soatdan keyin boshlanadi, 3 soatdan keyin maksimumga yetadi va bir necha soat davomida saqlanadi). 9. Odamning ovqatlanish me’yori yoshga, mehnat intensivligiga va boshqa omillarga bog‘liq. Ovqat ratsionida bir kunda 80-100 g oqsil, 70-100 g yog‘, 400-450 g karbonsuvlar boiishi kerak. 10. A, D, E, К vitaminlari yog‘da enivchi vitaminlarga kiradi. Vitamin A (retinol, antikser-oftalmik vitamin, o‘sish vitamini) me’yorida o‘sishni ta’minlaydi, ko‘zni qorong‘ilikka adaptatsiyasini ta’minlovchi ko‘rish pigmentlari hosil bo‘lishida ishtirok qiladi va b. Vitamin D (kalsiferollar, antiraxitik vitamin) kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi (ingichka ichakda kalsiy va fosfor shimiiishi, buyrak kanalchalarida fosfor reabsorbsiyasi va qondan suyakka kalsiy transportlanishini ta’minlaydi). Vitamin E (tokoferollar, antisteril vitamin) antioksidlantiruvchi rol o‘ynaydi, organizm uchun toksik hisoblanuvcbi erkin radikallar va lipidiar peroksidlarining hosil boMish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Mushak to‘qimasida modda almashinuvini me’yorlashtiradi, jigarda vitamin A to‘planishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Vitamin К ning (filloxinonlar, antigemorragik vitamin) biologik roli uni qon ivishida ishtirok qilishi bilan bogiiq. U jigarda protrombin va boshqa qon ivish omillarining sintezlanishi uchun zarur. 11. Suvda eruvchi vitaminlarga vitamin В,, В,, B6, B12, Pp, С va b. kiradi. Vitamin B, (tiamin) asab-mushak to‘qimasida karbonsuvlar va energetik almashinuvda muhim rol o‘ynovchi qator omillarkofermentlari tuzilishida ishtirok qiladi. Vitamin B, (riboflavin, antiseboriy vitamini) oksidlanish-tiklanish jarayonlari regulatsiyasi, ko‘zning o‘rtacha ko‘rish funksiyasi saqlanishida ishtirok qiladi. B6 (piridoksin) aminokislotalar va lipidiar almashinuvida ishtirok qiladi. Vitamin B,, (sianokobalamin) o‘sisb omili va gemopoez stimulatori hisoblanadi, har xil aminokislotalar sintezida ishtirok qiladi, jigar, asab tizimi funksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayoni, karbonsuvlar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi. Vitamin Pp (nikotin kislotasi) hujayra nafasi va oraliq almashinuvi reaksiyalarida ishtirok qiladi, oshqozon-ichak trakti sekretor va motor funksiyalarini me’yorlashtiradi. Vitamin С (askorbin kislotasi) oksidlanish - tiklanish jarayonlari, tomir devorida kollagen hosil bo‘!ishi, qon ivishi va to‘qima regeneratsiyasida ishtirok qiladi, steroid gormonlar hosil bo‘lishini stimullaydi, organizmning infeksiya va intoksikatsiyaga chidamliligini ta’minlaydi.
Download 18,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish