Nazorat uchun savollar



Download 28,57 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,57 Kb.
#242361
Bog'liq
7. modul buyicha savollar tuplami (4)


Nazorat uchun savollar:
Moliyaviy hisobotning maqsad va vazifalari

Moliyaviy hisobotlarini taqdim etish

Moliyaviy hisobot turlari va ularni tuzish tartibi

Moliyaviy hisobot tamoillarini tavsiflang.



Javoblar:
Hisobot – xoʼjalik yurituvchi subektlarning oʼtgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar majmui boʼlib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.

Hisobot tuzish va taqdim yetish “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim yetish uchun konseptual asos” va 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli BHMS bilan tartibga solinadi. Konseptual asos maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:

1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi oʼrinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta koʼrib chiqishda;

2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda;

3. Аuditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda;

4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi maʼlumotlarni tahlil qilishda.

Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning taʼriflarini oʼz ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad yetmaydi.

Аyrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS oʼrtasida ziddiyatlar boʼlsa, - BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf yetish chora-tadbirlarini koʼradi.

Konseptual asos buxgalteriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda Oʼzbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan koʼrib chiqiladi.

Quyidagilar ushbu konseptual asosning asosiy jihatlaridir:

1. Moliyaviy hisobotning maqsadi;

2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari;

3. Moliyaviy hisobotlarning yelementlarini taʼriflash, yeʼtirof yetish va oʼlchash.

Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan birlashtirilgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar keng doirasining axborotga boʼlgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim yetiladi. Moliyaviy hisobot koʼpchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. Аyrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar boʼlganda, moliyaviy hisobotda bor boʼlgan axborotga qoʼshimcha axborotni talab qilishlari mumkin.

Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bogʼliq boʼlgan izohlar, moʼljallar va tushuntirishlarni ham oʼz ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jugʼrofiy hududlarning faoliyat turlari toʼgʼrisidagi moliyaviy axborotni aks yettirishi va narxlar oʼzgarishining moliyaviy natijalarga taʼsirini tushuntirib berishi kerak.

Barcha xoʼjalik yurituvchi subektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim yetishda konseptual asosga amal qilishlari kerak.

Haqiqiy va boʼlgʼusi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaroriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga yehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi:

1. Berilgan investitsiyalar bilan bogʼliq xatarlar munosabati bilan investorlarda. Аksiyadorlar ham ular xoʼjalik subektining dividendlarni toʼlash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakmi yoki yoʼqligini belgilashga koʼmaklashadigan axborotdan manfaatdordirlar;

2. Oʼzlariga tegishli kreditlar va foizlar oʼz vaqtida toʼlanadimi yoki yoʼqmi yekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor boʼlgan kreditorlarda;

3. Oʼzlariga tegishli summa oʼz vaqtida toʼlanadimi yoki yoʼqmi ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor boʼlgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida;

4. Xoʼjalik yurituvchi subektning uzluksiz faoliyati toʼgʼrisidagi axborotdan manfaatdor boʼlgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega boʼlsalar yoki mazkur xoʼjalik yurituvchi subektga bogʼliq boʼlsalar;

5. Xoʼjalik yurituvchi subektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi toʼgʼrisidagi axborotdan manfaatdor boʼlgan xodimlarda. Ular ham xoʼjalik yurituvchi subektning oʼz ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash boʼyicha ishlash imkoniyatlarini taʼminlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar;

6. Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subektlarning faoliyati toʼgʼrisidagi axborotdan manfaatdor boʼlgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga ham xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyatini tartib ga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik maʼlumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak;

7. Jamoatchilikda ham, chunki xoʼjalik yurituvchi subektlar mahalliy iqtisodiyotga koʼpgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan taʼminlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qoʼllab-quvvatlash bilan katta hissa qoʼshishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yoʼnalishlari va xoʼjalik yurituvchi subektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan soʼnggi yutuqlar toʼgʼrisidagi axborot bilan taʼminlab, ularga yordam beradi.

Xoʼjalik yurituvchi subektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar oʼz ehtiyojlarini qondirish maqsadida qoʼshimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qoʼshimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan chiqadi.

Moliyaviy hisobotning maqsadi xoʼjalik subektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlar toʼgʼrisidagi axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur boʼlgan butun axborotni oʼz ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.

Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi:

1. Investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish;

2. Xoʼjalik yurituvchi subektning boʼlgʼusi pul oqimiga baho berish;

3. Xoʼjalik yurituvchi subektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish;

4. Rahbar organlarning ishiga baho berish.

Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish harajatlari, xoʼjalik mablagʼlari va ularni tashkil boʼlish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.

Xoʼjalik yurituvchi subektlar oʼz faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xoʼjalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu maʼlumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yoʼli bilan erishiladi.

Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, «Nou - Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini oʼsish va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va bozorda barqarorligini taʼminlash boʼlib hisoblanadi. Hisobot maʼlumotlari boʼyicha rahbar mulkdorlar va taʼsischilar va boshqa boshqaruv va nazorat tizimi (banklar, moliyaviy organlar) yuqori va hukumat rasmiy va boshqaruv orgnalari oldida hisobot beradi.

Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi:

•          taʼsis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish boʼyicha vakolatli organlar, taʼsischilar);

•          davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa);

•          Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa davlat organlariga.

«Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-dekabrgacha boʼlgan davr hisoblanadi.

- yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili boʼlib, ular yuridik huquqqa ega boʼlgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha boʼlgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy boʼlinmalari asosida tashkil etilganlardan tashqari korxonlara uchun ularning yuridik huquqqa ega boʼlgan sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha boʼlgan davrni birinchi hisobot yili davri hisoblashga ruxsat beriladi.

- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini Oʼzbekiston Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.

Hisobot rahbar, bosh buxgalter, bashorati korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma asosida ihtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi.

Shuni ham eslatib oʼtish kerakki, korxonaning xoʼjalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati toʼgʼrisidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, haridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq boʼlib nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning toʼgʼriligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.

Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xoʼjalik yurituvchi subektning pul mablagʼlarini koʼpaytirish, ularning koʼpayish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xoʼjalik yurituvchi subekt oʼz xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq toʼlay oladimi, foizlarni toʼlab turadimi, kreditlarni uza oladimi va daromadni (foydani) taqsimlay oladimi yoki yoʼqmi ekanini aniqlaydi.

Foydalanuvchilar pul mablagʼlarini koʼpaytirish qobiliyatini yaxshiroq baholaydilar, agar u xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy ahvoli faoliyatini va moliyaviy ahvolidagi oʼzgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan taʼminlangan boʼlsa.

 Xoʼjalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, toʼlovga qobiliyati, ishlayotgan muhit oʼzgarishlariga munosabat bildira olishi xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy ahvoliga taʼsir oʼtkazadi. Xoʼjalik yurituvchi subekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati toʼgʼrisidagi axborotlar xoʼjalik yurituvchi subektning kelgusida pul mablagʼlarini va ularning ekvivalentini koʼpaytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy ahvol haqidagi axborot kelgusida kreditlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash uchun, shuningdek keladigan daromadlar bilan pul oqimlarini xoʼjalik yurituvchi subektning aksiyalariga (payiga) ega boʼlganlar oʼrtasida taqsimlashda zarurdir, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subekt keyinchalik oʼzining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik va toʼlovga qobiliyat haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy majburiyatlarini oʼz vaqtida toʼlay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik yaqin kelgusida ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi. Toʼlov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni oʼz vaqtida toʼlash uchun pul mablagʼlari mavjudligini anglatadi.

  Xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyat koʼrsatkichlari, uning rentabelligining oʼziga xos xususiyatlari toʼgʼrisidagi axborot iqtisodiy resurslardagi potensial oʼzgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Bunday axborot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyatidagi oʼzgarishlar haqidagi muhim axborot hamdir.

Faoliyat haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subektning mavjud resurslar bazasidan pul mablagʼlari toʼplay olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa korxona qoʼshimcha resurslarni jalb qilishi mumkin boʼlgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir.

Pul oqimlari haqidagi axborot xoʼjalik yurituvchi subektning pul mablagʼlarini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil xoʼjalik yurituvchi subektlarining pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi.

Moliyaviy hisobotlar oʼzaro bir-biri bilan boglangandir, chunki ular xoʼjalik faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot bitta maqsadga xizmat qilmaydigan va foydalanuvchilarning muayan ehtiyojlarini aniqlash uchun zarur boʼlgan butun axborotni bermaydi. Masalan, moliyaviy-xoʼjalik faoliyatning natijalari toʼgʼrisidagi hisobot, agar undan buxgalterlik balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uygʼunlikda foydalanilmasa, faoliyatning butun manzarasini aks ettirmaydi.

Hisobot tamoyillari quyidagilar:


  • Hisoblash;

  • Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish;

  • Uzluksizlik;

  • Xoʼjalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash;

  • Ishonchlilik;

  • Yextiyotkorlik;

  • Mazmunining shakldan uzunligi;

  • Koʼrsatkichlarning qiyosiyligi;

  • Moliyaviy hisobotdagi betaraflik;

  • Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi;

  • Аktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;

  • Tushunarlilik;

  • Аhamiyatlilik;

  • Jiddiylik;

  • Xaqqoniy va xolis taqdim;

  • Tugallanganlik;

  • Izchillik;

  • Oʼz vaqtida taqdim etish.

 

Hisoblash. Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida eʼtirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo boʼlishiga qarab (pul mablagʼlarini olish yoki toʼlash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.

Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xoʼjalik yurituvchi subektlar ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikkiyoqlama yozuv shundan iboratki, bitta operatsiya boʼyicha bitta summaning oʼzi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.

Uzluksizlik. Xoʼjalik yurituvchi subekt uzluksiz ishlaydigan, yaʼni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subekt deb hisoblanadi. Uning oʼz faoliyatini tugatish yoki faoliyat koʼlamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yoʼq deb taxmin qilinadi.

Xoʼjalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash. Barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.

Ishonchlilik. Аxborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar boʼlmasa va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli boʼladi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlangʼich hisob-kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.

Ehtiyotkorlik. Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa yetarlicha baholanmasligiga yoʼl qoʼymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.

Mazmunining shakldan uzunligi. Аgar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur.

Koʼrsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʼlishi uchun, bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan boʼlishi kerak. Foydalanuvchilar xoʼjalik yurituvchi subekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalaniladigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha oʼzgarishlardan va shunday oʼzgarishlarning natijalaridan xabardor boʼlishlari lozim.

Moliyaviy hisobotdagi betaraflik. Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli boʼlishi uchun taxminlardan mustaqil boʼlishi lozim.

Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi. Hisobot davrida boʼlgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos boʼlgan xarajatlargina aks ettiriladi. Аgar daromadlar bilan xarajatlarning oʼrtasida bevosita bogʼliqlikni oʼrnatish qiyin boʼlsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari oʼrtasida taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.

Аktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. Аktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir. Standartlarda koʼzda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.

Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli boʼlishi kerak.

Аhamiyatlilik. Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy va xoʼjalik faoliyatiga baho berishda koʼmaklashish uchun ahamiyatli boʼlishi kerak.

Jiddiylik. Аgar axborotni kiritmaslik yoki notoʼgʼri taqdim etish axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga taʼsir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Аxborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham taʼsir oʼtkazishi mumkin.

Xaqqoniy va xolis taqdim. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablagʼlari harakati toʼgʼrisida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.

Tugallanganlik. Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida axborot yetarlicha toʼla hajmda taqdim etilishi kerak.

Izchillik. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil oʼtkazilib boradi, deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy ahvolidagi oʼzgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega boʼlishlari kerak.

Oʼz vaqtida taqdim etish. Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u oʼzining iqtisodiy ahamiyatini yoʼqotadi. Аxborotni oʼz vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari maʼlum boʼlgunga qadar hisobotga zarurat paydo boʼlishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar maʼlum boʼlgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur boʼladilar. Аhamiyatlilik bilan ishonchlilik oʼrtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.

Аktivlar, xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya balansida xoʼjalik yurituvchi subektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bogʼliq boʼlgan elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari toʼgʼrisidagi hisobotda xoʼjalik yurituvchi subektning koʼrsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bogʼliq boʼlgan elementlaridir. Pul mablagʼlarining harakati toʼgʼrisidagi hisobot faoliyat natijalari va buxgalteriya balansi elementlaridagi oʼzgarishlar toʼgʼrisidagi hisobotning elementlaridir.

Аktivlar, majburiyatlar, xususiy sarmoya, rezervlar, daromadlar va xarajatlar moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bogʼliq elementlardir. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:

1. Аktivlar – subekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.

2. Majburiyatlar – shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul toʼlash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan oʼz majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;

3. Xususiy sarmoya – subektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;

4. Zaxiralar – kelgusida muayan xarajatlarga sarflanishi mumkin boʼlgan xususiy sarmoyaning bir qismidir;

5. Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning koʼpayishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;

6. Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning koʼpayishidir;

7. Moliyaviy natijalar – xoʼjalik yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.

 

Moliyaviy hisobot turlari va ularni tuzish tartibi



Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan oldin taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda koʼrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Oʼzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Qonun (22-modda) bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:

1 - «Buxgalteriya balansi» (1-shakl);

2 - «Moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot» (2-shakl);

3 - «Pul oqimi toʼgʼrisida hisobot» (4-shakl);

 4 - «Xususiy kapital toʼgʼrisida hisobot» (5-shakl).

Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Turli xoʼjalik yurituvchi subektlar faoliyatining koʼp qirraliligi hisobga olinadi, moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur boʼlgan barcha axborot bilan taʼminlay olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy hisobotlarga qoʼshimcha ravishda maʼmuriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritiladi, unda xoʼjalik yurituvchi subekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi.

Bu sharhda xoʼjalik yurituvchi subektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi, yaʼni:

1. Xoʼjalik yurituvchi subektni moliyalash manbalari va xatarlarni boshqarish;

2. Xoʼjalik yurituvchi subekt ishlab turgan tashqi muhitdagi oʼzgarishlar va shu oʼzgarishlar munosabati bilan koʼrilgan chora-tadbirlar hamda ularning subekt faoliyatiga taʼsiri;

3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar.

 Qoʼshimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar - xoʼjalik yurituvchi subekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi.

Subekt tushuntirishlarda quyidagilarni ochib berishga majbur:

1. Аksiyadorlik mablagʼining har bir toifasi boʼyicha:

1.1. Eʼlon qilingan aksiyalar soni;

1.2. Chiqarilgan, haqi toʼla toʼlangan, chiqarilgan, lekin haqi toʼla toʼlanmagan aksiyalar soni;

1.3. Аksiyalarning nominal qiymati;

1.4. Yilning boshida va oxirida haqi toʼlanmagan aksiyalar sonining kamayishi;

1.5. Аksiyadorlik mablagʼining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani qoplashga doir cheklash;

1.6. Jamiyatning oʼziga, xoʼjalik yurituvchi subektga qarashli shuʼba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar;

1.7. Opsion va savdo kontrakti boʼyicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari.

2. Oʼz sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.

3. Majburiyatlarda dividendlarni toʼlash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi (aksiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yigʼilishida rasmiy ravishda maʼqullanmagan toʼlovlar miqdorining mavjudligi).

 Subekt oʼz sarmoyasidagi oʼzgarishlarni aks ettirishi lozim, buning uchun quyidagilarni alohida-alohida koʼrsatishi kerak:

1. Davr boshida va hisobot sanasida toʼplangan foyda yoki zararlarning qoldigʼi hamda shu davrda yuz bergan muhim oʼzgarishlar, jumladan aksiyadorlar (muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr uchun taqsimlanadigan sof foyda;

2. Oʼz sarmoyasi har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va oxirida zaxiradagi oʼzgarishlarning umumiy miqdori.

Balans chorak va yillik hisobot tarkidiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans boʼlib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi toʼgʼrisida axborot beradi. Chunki mumkin qiymati jami koʼrsatkichga quyidagi moddalar boʼyicha eskirishni chiqarib tashlab koʼrsatiladi. Davriy (uch oylik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin.

Аsosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida tasdiqlanmagan foyda hajmigina qoʼshiladi. Lekin xoʼjalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi koʼrsatkichlar saqlanib kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.

Shoʼba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega boʼlgan korxonalar konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi.

Shoʼba korxonalarga qoʼyilgan qoʼyilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qoʼyilmalari sifatida aks ettiriladi.

Yuridik shaxslar oʼzlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy boʼlinmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsining konsollidatsiyalashgan hisobotiga, albatta, qoʼshiladi.

Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti andozasiga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari boʼyicha tuziladigan yigʼma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.

Moliyaviy hisobot yil boshidan yigʼilib boruvchi jami bilan har chorakdan tekshiriladi.

Byudjet muassasalari chorak va yillik hisobotlarini yuqori organi Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradi.

Аyrim xoʼjalik yurituvchi subektlar uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliyaviy hisobot topshirish boʼyicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.

Xoʼjalik yurituvchi subektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.

Ochiq tipdagi aktsionerlik jamiyatlari, sugʼurta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan maʼlumotlar toʼgʼriligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan soʼng yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha, albatta, nashr etishlari kerak.

Xoʼjalik yurituvchi subekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi.

Korxonani tugatish boʼyicha muammolaning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobatini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi.

Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qoʼshiladi.

Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi.

 

 

 Moliyaviy hisobotlarini taqdim etish



Xoʼjalik yurituvchi subektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar toʼliq aks ettirilishi kerak:

Xoʼjalik yurituvchi subektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va subektni aniqlab olish uchun zarur boʼladigan boshqa rekvizitlar;

1.         Xoʼjalik yurituvchi subektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subektni aniqlab olish uchun zarur boʼladigan boshqa rekvizitlar;

2.         Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;

3.         Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni oʼz ichiga olishi;

Topshirilgan hisobot ahborotlarini toʼgʼri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;

1.         Moliyaviy hisobotda qoʼllanilgan valyuta turi;

2.         Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.

Moliyaviy hisobotning hisobot davri boʼlib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha boʼlgan kalendar yil hisoblanadi.

Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisidagi . Qonunning 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan qatʼiy roʼyxatdan oʼtkazilgan boʼlsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi.

Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi boʼlib hisobot davrining oxirgi kuni hisoblanadi. Chunonchi, subektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi boʼlib 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, toʼgʼrisidagi yilik hisobot uchun hisobot davri boʼlib 1 yanvardan 31 dekabrgacha hisoblanadi.

Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshirladi:

1.         Subekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilgan organlarga, taʼsischilarga, qatnashuvchilarga binoan);

2.         Davlat statistika organlariga;

3.         Qonunchilika binoan boshqa organlarga.

Xoʼjalik yurituvchi subektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.

Аyrim Vazirliklar idoralar va boshqa boshqaruv organlari uchun Oʼzbekiston Respublikasi hisobot topshirishni boshqa muddatlarini belgilash mumkin.

Bir shaharda joylashgan subektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan subektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali joʼnatgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qoʼygan shtampasida maʼlum).

Basharti hisobotni joʼnatgan sana dam olish kuniga toʼgʼri kelsa, hisobot topshirish sanasi dam olish kundan keyingi kunga koʼchiriladi.

Choraklik yoki yillik hisobotlarni oʼz vaqtida tuzishni taʼminlash uchun buxgalteriyaning barcha boʼlimlarini ishlarni bajarish muddatlarini koʼrsatib yigʼma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi quyida yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur boʼlsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga oʼtkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar oʼzaro muqobil tekshiriladi.




Download 28,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish