Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 19,43 Kb.
Sana19.02.2022
Hajmi19,43 Kb.
#458748
Bog'liq
1 dars. Nazorat uchun savollar va javoblar


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



  1. Matn” so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qanday ta’rif berilgan?

  2. I.R.Galperin tavsiya etgan matnning sakkiz kategoriyasi haqida ma’lumot bering.

  3. Nutqning yozma shakli haqida ma’lumot bering

  4. Nutqning og‘zaki shakllari haqida ma’lumot bering.

  5. Kontekst deb nimaga aytiladi?

  6. Matn deb nimaga aytiladi?

  7. Matn lingvistikasi fanining maqsadi, vazifasi, ob’ekti va predmeti nimalardan iborat?




  1. «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida1 matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 156-b.ida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 1. Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga asos bo‘lgan she’r, so‘z. 3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi.




  1. I.R.Galperin matnning ma’lumot berish, bo‘linuvchanlik, kogeziya (aloqalar sistemasi), kontinium (vaqt va makon izchilligi), qismlar avtosemantiyasi, retrospeksiya va prospeksiya, modallik, yaxlitlik va tugallanganlik kabi sakkiz kategoriyasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi.

  2. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi.

  3. Ogʻzaki nutq — nutqning soʻzlashuv shakli. Ogʻzaki nutq yozma nutkdan tovush orqali farqlanadi. Ogʻzaki nutq 2 shaklga ega: monologik nutq va dialogik nutq




  1. Kontekst – bu bir leksik yoki grammatik birlik asosida ifodalangan ma’no yoki tushunchani oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzilgan minimal nutq birligi. Qoida bo‘yicha bu – so‘z birikmasi, ba’zan gap, kamdan-kam abzats yoki yaxlit matnga teng keladi




  1. Matn ma`lum sistema asosida tuzilgan, o`z mazmuniga (semantikasiga) ega bo`lgan, tugllangan nutqiy faoliyat mahsulidir.


  1. Mazkur fanni o‘qitishdan asosiy maqsad - matn lingvistikasi fanining ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha atroflicha bilim berish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi lingvistik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

Mazkur fanning vazifasi - matn lingvistikasining ilmiy-nazariy masalalari, matnning tilshunoslikda o‘rganilishi, matn birliklari, matn tiplari, matnda parsellyasiya hodisasi, matnning tarkibi qismlarini bog‘lovchi vositalar, matnning lingvostatistik tahlili hamda matnning kommunikativ-pragmatik mazmuni bo‘yicha bilimlarga o‘rgatishdan iborat. Ushbu fan talabalarni nazariy jihatdan etuk mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.

Matn lingvistikasi fanining ob’ekti – matn (ilmiy, badiiy, publitsistik matn va b.


Matn lingvistikasi fanining predmeti – matnning turli jihatlarini tadqiq qilish, ya’ni matnni lingvistik, sotsiolingvistik, psixolingvistik, lingvostatistik, kognitiv-diskursiv va b. jihatlarini o‘rganishdir.

1


Download 19,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish