15. Ushbu ko‘llar ichidan to‘g‘on ko‘lni belgilang.
A) Baykal; B) Kaspiy; C) Sarez; D) Zaysan.
Test raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
Javob
|
D
|
C
|
B
|
B
|
C
|
A
|
D
|
A
|
D
|
A
|
D
|
A
|
D
|
C
|
C
|
16. Yevrosiyo materigining siyosiy xaritasida ... yaqin davlat bor.
Javob: Materikning siyosiy xaritasida taxminan 70 ga yaqin davlat bor.
17. Ilmen, Oltoy, Chotqol, Niagara, Astraxan kabi ... tashkil etilgan.
Javob: Ural tog‘ida Ilmen, Oltoy, Yevropada Belovej Pushchasi, Astraxan, Osiyoda Chotqol, Issiqko‘l, Barguzin, Taman Negara kabi qo‘riqxona va milliy bog‘lar tashkil etilgan.
18. Materikda qanday irqlar tarqalgan?
Javob: Yevrosiyoda, asosan, yevropoid va mongoloid irqiga mansub bo‘lgan aholi yashaydi.
19. ... bu o‘lkani “Yevrosiyo materigi ichidagi o‘ziga xos noyob tabiatli go‘zal materikdir” deb baho bergan.
Javob: Rus olimi V. I. Mushketov ,,Turkiston“ nomli kitobida bu o‘lkani „Yevrosiyo materigining ichidagi o‘ziga xos noyob tabiatli go‘zal materikdir“ deb baho bergan.
20. ... “Qorlar makoni” demakdir. Bu qaysi tog‘?
Javob: Himolay tog‘lari
7-SINF
1- NAZORAT ISHI
Mavzu: Geografik va topografik xaritalardan foydalanish
Nazorat shakli: Amaliy topshiriq
1. Toshkentdan Jizzaxgacha bo‘lgan masofa 200 km ga teng bo‘lsa, xaritada esa xuddi shu masofa 8 sm ga teng. Ushbu xaritaning masshtabini toping;
2. Berilgan masshtablarni yirik masshtabdan mayda masshtabga tomon tartib bilan yozing.
1:4 000 000;
1:1 000 000;
1:500 000;
1:20 000 000;
1:2 000 000.
3. Berilgan topografik shartli belgilarning nomlarini yozing:
Javoblar
Jizzax va Toshkent shaharlari orasidago 200 km li masofa xaritada 8 sm da tasvirlangan bo‘lsa, xarita masshtabi quyidagicha topiladi. Avval 200 km oraliq masofani nomli masshtabdan sonli masshtabga o‘tkazamiz, ya’ni Masshtab 1:20 000 000 ko‘rinishiga. Hosil bo‘lgan natijani 8 ga bo‘lamiz. Natija Masshtab: 1: 2 5 00 000
c) 1:500 000;
b) 1:1 000 000;
e) 1:2 000 000;
a) 1:4 000 000;
d) 1:20 000 000;
c,b,e,a,d holatda yirik masshtabdan mayda masshtabga tomon yoziladi.
Kesilgan o‘rmonlar, butalar, zavod va fabrikalar, o‘tloqlar
2- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘rta Osiyo geologik tuzilishi va relyefi. Iqlimi
Nazorat shakli: Geografik diktant
Uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga______________________deyiladi.
Javob: Taqvim (kalendar)
Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt ______________________________________________________________ deyiladi.
Javob: geologik vaqt
Toshkentda oxirgi kuchli zilzila______________________________yilda bo‘lgan.
Javob: 1966-yilda
Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida relyef hosil qiluvchi asosiy omil________________________________________________________hisoblanadi.
Javob: nurash va shamol
Do'stlaringiz bilan baham: |