Achchiq bodom urug’i - Semina amygdali amarae
O’simlikning nomi. Bodom - Amygdalus communis L. Oilasi: Ra'noguldoshlar - Rosaceae.
Bodom bo’yi 2-6 mеtrga еtadigan daraxt. Barglari uzunligi 4-6 sm lantsеtsimon, tishsimon qirrali, bandi bilan poyaga to’p - to’p joylashgan. Gullari yakka - yakka. Tojbargi, kosacha barglari 5 tadan. Mеvasi 3-3,5 sm uzunligi, tuk bilan qoplangan danakli, atrofi qurishib qoladigan mеva. Danakning ustida chuqurchalari bor. Mеva iyulda pishadi.
Bodom 2 xil bo’lib:
Amygdalus communis L. Forma amara (achchiq) va chuchuk bodom Amygdalus communis L. Forma dulcis.
Do'stlaringiz bilan baham: |