Levomitsetinning 0,002% li suvli eritmasida 278 nm dagi solishtirma yutilish ko’rsatkichi 290—305 bo’lishi talab etiladi.
Agar yutilish spektrining tavsifi eritmaning pH iga bog’liq bo’ladigan bo’lsa (barbituratlar, sulfanilamidlar, fenollar va boshqalar), xususiy farmakopeya maqolasida eritmaning pH i ko’rsatiladi.
Spektrofotometrlar ultrabinafsha va ko’rinuvchi soxadagi spektrlarni o’lchash uchun mo’ljallangan, optik sistemadan tarkib topgan bo’lib 190 dan 780 nm gacha bo’lgan to’lqin uzunlik soxada monoxromatik nurni ajratib, uni namunadan o’tishini va optik zichlikni o’lchovchi uskunada qayd etilishini ta’minlaydi.
Bu uskunalarning asosiy qismlari: nur manbai, dispergirlovchi uskuna (prizma yoki panjara), to’lqin uzunligini ajratuvchi tirqish, namunalar uchun kyuveta, detektor, kiritilgan kuchaytirgich va o’lchov uskunalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |