Nazorat topshiriqlari (JN,ON,YANlar bo‘yicha savollar va testlar).
1. Diqqat haqida tushuncha bering.
Diqqat – bu bir vaqtning o’zida e‘tiborning to’planishidir.
2.Diqqatning nerv fizilogik asoslarini tushuntiring?
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb
ataladigan maxsus refleks yotadi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi
diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim
sharlarining po’stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi.
3.Diqqat turlarini ayting?
1
) Ixtiyorsiz diqqat
2
) Ixtiyoriy diqqat;
3
) Ixtiyoriydan So’nggi diqqat
4.Diqqatning xususiyatlari tushuntiring?
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega asosiylari - diqqatning
kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va
diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir.
5.Diqqatning rivojlanishi haqida ma’lumot bering?
Diqqat boshqa bilish jarayonlari kabi rivojlanish bosqichlariga ega. Inson
hayotining birinchi yilida bolada ixtiyorsiz diqqat rivojlangan bo’ladi. Bola
dastlab faqatgina tashqi ta‘sirlargagina javob qaytaradi. Bu holatda tashqi
qo’zg’atuvchi yorqinlik harakteriga ega bo’lishi kerak, masalan qorong’u
xonadan yorug’ xonaga o’tishi bilan yoki qattiq tovush eshitilishi bilan
kuzatiladi. Hayotining uchinchi oyidan boshlab esa, bola o’z hayoti bilan
bog’liq bo’lgan ob‘ektlarga faol qiziqa boshlaydi va diqqati ularga
yo‗naltiriladi. Bola hayotining beshinchi va ettinchi oyida predmetlarga
uzoq vaqt diqqatini qarata oladi va ularni ushlab, paypaslaydi va og‗ziga
solib ularni o‗rganishga intiladi. Ayniqsa, yorqin va aniq predmetlarga
qiziqish oratadi. Bu holat ixtiyorsiz diqqa tni etarlicha rivojlanganligini
anglatadi.
6.Parishonxotirlik tushunchasining mazmuni izohlang?
Parishonxotirlik shaxsning barqaror
xislati sifatida ixtiyoriy diqqatning sustligi ko’rsatkichi hisoblanadi va
noto’g’ri
tarbiya natijasi(bolaning erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolishi,
taassurotlaming
har xilligiga odatlanish va boshqalar) bo’iishi mumkin
7.Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari haqida nima bilasiz?
N.N.Lange diqqatning iroda, reflektiv, instinktiv. perseptiv holatlar bilan
bog’liqligini o’zining ’’Irodaviy diqqat nazariyasi" asarida ko’rsatib beradi.
A.R.Luriyaning fikricha, kichik yoshdagi bolalarda diqqatning bu holatini
ko’rish
oson. Birinchi bosqichda u beqarorligi va ko’lamining torligi uchun
qo’zg’atuvchilar qurshovidagi diqqat bo’lolrnaydi.
8.Diqqatning nervfiziologik asosi qaysi olimlar tomonidan o‘rganilgan?
Ularni taxlil qiling?
Diqqatning nerv-fiziologik asosi da orientirovka yoki tekshirish deb
ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov
maxsus ibora bilan "bu nima gap refleksi" deb ham ataydi. Ana shu refleks
odatda organizmga to‗satdan birorta yangi narsaning ta‘siri yoki haddan
tashqari kuchli ta‘sirot orqali hosil bo‗ladi.
9.Ixtiyorsiz diqqaning nervfiziologik asosini nima tashkilqiladi? Izohlang?
Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki ―bu nima?‖
refleksi tashkil qiladi. CHunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina
o‗zgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi.
10.Ixtiyoriydan keyingi diqqat tushunchasi kim tomonidan fan ga kiritilgan,
izohlang?
Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan
11.O‘quvchilar diqqatining xususiyatlarini qanday aniqlaymiz?
O’quvchilaming o’quv predmetiga munosabati, unga diqqat bilan qarash
ko’p jihatdan darsda o’quvchining o’quv materialini jonli, emosional,
qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to’liq va chuqur o’qita bilishga bog’liq.
12.Parishonxotirlik tushunchalarining mazmuni nimalarda ko‘rinadi?
Parishonxotirlik shaxsning barqaror xislati sifatida ixtiyoriy diqqatning
sustligi ko’rsatkichi hisoblanadi va noto’g’ri tarbiya natijasi(bolaning
erkalatib yuborilishi, jazolanmasdan qolishi, taassurotlaming har xilligiga
odatlanish va boshqalar) bo’iishi mumkin.
13.Jahon psixolo giyasida diqqat nazariyalari xususida nimalarni ayta
olamiz?
Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida
xilm a-xil nazariyalar yaratilgan b o’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o
’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda
o ’ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik,
sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilami
kiritish m um kin.Ulami quyidagi tizimda yaqqol k o ’rish imkoniyatini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |