Ichki nazorat uslubiyatining qabul qila olinadigan darajaligi (qo’llanish mumkinligi). Tekshiruv maqsadi, vazifasi va oqilona bo’lishi lozim. Nazorat funktsiyasining taqsimlanishi, ichki nazorat tizimi va qo’llaniladigan metodlar maqsadga muvofiq bo’lishi kerak.
Ustuvorlik. Oddiy (joriy ravishda amalga oshiriladigan) katta axamiyatga ega bo’lmagan muomalalar (masalan, miqdori mahalliy nizomlar bilan tasdiqlanganmaydigan xarajatlar) ustidan mutlaq nazoratni o’rnatish maqsadga muvofiq emas va u faqatgina eng muxim bo’lmagan masalalardan kuchni chalg’itishga olib keladi. Strategik axamiyatga ega bo’lgan soxalarda esa, garchand ushbu soxa “xarajatlar-natija” tamoyili bo’yicha o’lchanishi juda qiyin bo’lsada, bu soxa ustidan nazorat o’rnatilishi lozim deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |