Nazorat testi
1. 1,7 g noma’lum modda yonganda 3 g NO va 2,7 g H2O hosil bo’ldi. Modda formulasini toping. A) NH3 B) NH4OH C) NH2OH D) NH4NO3
2. 15,6 g metall yonganda, 18,8 g oksid hosil bo’ldi. Metallni aniqlang. A) K B) Ca C) Zn D) Mg
3. Quyidagi moddalarni ular tarkibidagi oltingugurtning oksidlanish darajasi ortib borish tartibida joylashtiring. 1) H2S; 2) H2SO4; 3) SO2; 4) H2SO3 A) 1,2,3,4 B) 1,3,2,4 C) 1,2,4,3 D) 1,3,4,2
4. H2Cr2O7 da Cr ning oksidlanish darajasi qanday? A) +6 B) +4 C) +3 D) +2
5. Quyidagi terminlarni ularni kashf qilgan olim nomi bilan juftlab ko’rsating. 1) Tabiiy radiaktivlik; 2) Proton-neytron nazariyasi; 3) Elektron; 4) X-nurlar; a) Tomson; b) Bekkerel; c) Rentgen; d) Ivanenko va Gapon. A) 1a, 2b, 3c, 4d B) 1b, 2d, 3a, 4c C) 1c, 2d, 3b, 4a D) 1d, 2c, 3b, 4a
6. Atom 3 ta elektron yo’qotgandan so’ng, uning elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p6 bo’lib qoldi. Bu qaysi element atomi ekanligini aniqlang. A) Si B) C C) N D) Al
7. Quyidagi elektron “bulut”larni ularning fazoviy shakli bilan juftlab ko’rsating. 1) s; 2) p; 3) d; 4) f; a) gantelsimon; b) murakkab gantelsimon; c) sharsimon; d) qo’sh gantel. A) 1c, 2a, 3d, 4b B) 1a, 2b, 3d, 4c C) 1b, 2c, 3a, 4d D) 1c, 2b, 3a, 4d
8. a) ftor atomi va b) ftor molekulasi uchun neytronlar sonini toping. A) a-19; b-38 B) a-9; b-18 C) a-10; b-20 D) a-18; b-36
9. Peroksidlarda kislorod qanday oksidlanish darajasini namoyon qiladi? A) -2 B) -1 C) 0 D) +2
10. 1 mol sulfat kislota ionlarga dissotsiyalanganda necha mol ion hosil bo’ladi (α=1)? A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
11. Faqat kuchsiz elektrolitlar keltirilgan qatorni toping. A) HCl, H2SO4, H2SO3 B) HClO2, Al(OH)3, HNO2 C) HNO2, CH3COOH, NaCl D) H2SiO3, Na2SO4, HCl
12. Lakmusni qizartiradigan, fenolftalein ta’sir etmaydigan va metal zarg’aldog’ini pushti rangga bo’yaydigan tuzni toping.
A) KNO3 B) Al(NO3)3 C) Na2CO3 D) Rb2SO4
13. Tarkibida 0,1 mol o’yuvchi kaliy tutgan eritmadagi kationlar massasini hisoblang (α=1)(Suvning dissotsiyalanishini hisobga olmang). A) 3,9 B) 11,7 C) 7,8 D) 15,6
14. Quyidagi tuzlarning qaysi biri gidrolizga uchraydi?
A) NaCl B) BaSO4 C) CuSO4 D) KNO3
15. Tarkibida 104 g bariy xlorid tutgan eritmaga natriy sulfat tuzi qo’shilganda, hosil bo’lgan cho’kma massasini aniqlang. A) 104,3 B) 116,5 C) 233 D) 56,8
16. Antimonil xlorid formulasini ko’rsating. A) Fe(OH)Cl2 B) CuCl2 C) CaOCl2 D) SbOCl
17. Shishaga qaysi (a,b,c,d) oksid qo’shilganda, qanday (1,2,3,4) rang hosil bo’ladi? a-xrom(III) oksidi; b-temir(III) oksidi; c-mis(I) oksid; d-kobalt(II) oksid 1 - qizil; 2 - to’q yashil; 3 - ko’k; 4 - yashil; A) 1c,2b,3d,4a B) 1b,2a,3c,4d C) 1a,2b,3d,4c D) 1d,2c,3b,4a
18. 19 g magniy silitsidi xlorid kislota eritmasida eritilganda, n.sh. da o’lchangan necha l gaz mahsulot hosil bo’ladi? A) 4,48 B) 6,72 C) 5,6 D) 11,2
19. 8,96 l (n.sh.) silan gazi havo kislorodi ishtirokida yondiriganda necha g kremniyli oksid hosil bo’ladi?
20. Kremniy atomida elektron bilan to’lgan nechta pog’ona va pog’onacha mavjud
21. Silanlarning umumiy formulasini ko’rsating.
22. 14 g kremniy elementining ishqor eritmasida erishidan ajralgan gaz hajmini l (n.sh.) aniqlang.
23. Karborund mineralining kimyoviy formulasini yozing.
24. 16 g kalsiy karbidi gidrolizga uchratilganda hosil bo’ladigan gazning hajmini l (n.sh) aniqlang (η=80%).
25. Natriy gidroksidi eritmasi orqali 1 mol karbonat angidrid gazi o’tkazilganda, 97,2 g nordon va o’rta tuzlar aralashmasi hosil bo’ldi. Bunda reaksiyaga kirishgan ishqor massasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |