Nazorat savollari va topshiriqlar: Tahirov Akbar
1. Hududiy ishlab chiqarish majmualari nima va uning asoschisi kim?
2. Nima sababdan hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy jihatdan samarali
hisoblanadi?
3. Hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari o’rtasidagi
farq nimadan iborat?
4. Nima uchun Sobiq Ittifoq davrida hududiy ishlab chiqarish majmualari g’oyasi yaxshi
natijalarni bermadi?
5. Respublikamizda vujudga kelayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini ta’riflab
bering.
Javoblar
.
Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HIChM) iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo’lgan nazariy yutuqlardan biridir. Uni yaratishda, eng avvalo, N.N.Kolosovkiyning xizmatini ko’rsatish joiz. XX asrning 20-yillarida GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi doirasida I.G.Aleksandrov ish ola bora turib va, ayniqsa, DneproGES loyihasini ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o’zining nazariyasini yaratdi. XX asr 30-yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o’rganib rayon ishlab chiqarish kombinatlarini barpo etish lozimligini ta’kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to’g’risidagi ta’limotidan Ural, Sibir va Qozog’iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o’zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to’g’risidagi ilmiy g’oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olg’a fikr edi. N.N.Kolosovskiy 1947-yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog’i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog’liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qaytaqayta ta’kidladi va ayni paytda ma’lum hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalar yig’indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo’la olmaydi, deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, xolos. Demak, biz qo’shimcha qilar ekanmiz, har qanday hududiy majmua bu guruh, ammo har qanday guruh majmua bo’lavermaydi. Keyinchalik HIChM nazariyasini rivojlantirishga N.N.Baranskiy, N.T.Agafonov, A.G.Aganbegyan, M.K.Bandman, N.N.Nekrasov, Yu.G.Saushkin, T.M.Kalashnikova, M.N.Stepanov, A.I.Chistobaev, A.T.Xrushev, M.M.Palamarchuk, Z.M.Akramov, S.K.Ziyodullaev, A.G.Batigin, K.N.Bedrintsev kabi bir qator olimlar o’z hissalarini qo’shdilar. Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo’lib, u iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir
2.Albatta, iqtisodiy rayon xo’jaligi o’zining mohiyati va maqsadiga ko’ra har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar xo’jaligini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ko’rish mumkin. Bu yerda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar» deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o’zaro bog’liq holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda yoki «an’anaviy hududiy ishlab chiqarish majmualari», deb atalishi to’g’riroq. N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni hal etishga, bir maqsadga qaratilgan dasturli majmualar, deb yozadi. Ular, odatda, real voqelikda vujudga keladi va ma’muriy chegaralarga ko’pincha mos kelmaydi. Sababi-mazkur hududiy majmualar asosida qandaydir tabiiy geografik obyektlar, masalan, daryo havzalari, qazilma boyliklar, tog’, cho’l va boshqalar yotadi. Ammo hududiy ishlab chiqarish majmualari qaysi ma’noda tushunilmasin, ular iqtisodiy geografiyani o’rganishda eng muhim va unumli nazariyadir. Bu rayon xo’jaligini sistema darajasida qarash va uni tarkibiy tuzilishi bo’yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish korxonalari orasidagi aloqadorlikni nazarda tutadi. Tom, haqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualari, asosan, yangi o’zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg’i-energetika zaxiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi..
3.Yuqorida ta’kidlanganidek, Rossiyani amalda iqtisodiy rayonlashtirish uni elektrlashtirish (GOELRO) rejasining dasturi bilan bog’liq bo’lgan. Shu bois, dastlabki iqtisodiy rayonlar, joylarda yirik elektr stantsiyalar qurish va ularning ta’sir doirasini aniqlash nuqtai nazaridan energetika, energiya ishlab chiqarish rayonlari deb atalgan. Keyinchalik bu rayonlarda xo’jalik tizimining bir tomonlamaligiga yo’l qo’ymaslik, mahalliy sharoit va imkoniyatlardan to’laroq foydalanish, aholining ehtiyojlarini qondirish, transport harajatlarini qisqartirish va ortiqcha, iqtisodiy jihatdan nomaqbul, uzoq masofadagi transport qatnovlarini kamaytirish kabi omillarni e’tiborga olib, iqtisodiy rayonlar xo’jaligini kompleks ravishda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Asosiy iqtisodiy rayonlarning xo’jaligi kompleks, majmuali bo’lishi (rayonlar miqyosidagi HIChMlar) yoki ularning iqtisodiyotini kompleks tamoyili negizida yaratish muhim hisoblanadi. Dastlab N.N.Kolosovskiy «ishlab chiqarish kombinati» rayonlar ishlab chiqarish kombinati» tushunchalarini ishlatdi. Bunda «kombinat» so’zining ko’proq korxona doirasiga tegishligi va turli xil terminologik chalkashliklarga o’rin qoldirmaslik uchun «kompleks» so’zini ma’qul topdi. U o’z davrida ishlab chiqarishning hududiy birikmasi (kompleksi) to’g’risida yozgan edi, keyinchalik esa bu tushuncha (N.N.Kolosovskiy vafotidan so’ng) hududiy ishlab chiqarish majmualari deb atala boshladi.
4.Shunday qilib, iqtisodiy geografiya fanining uchta asosiy tushunchasi: iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari mashhur olim, geografiya fanlari doktori, professor Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyga taalluqli. Shuningdek, u transport geografiyasi bo’yicha ham katta tadqiqotlar olib borgan. N.N.Kolosovskiy qator shogirdlar tayyorlagan. Ular jumlasiga I.M.Mayergoyz, S.N.Ledovskix, V.F.Pavlenko, I.I.Belousov, T.M.Kalashnikova, M.K.Bandman, A.T.Xrushev, N.N.Kazanskiy va boshqalar kiradi. Hatto, Sobiq Ittifoqda ilk bor mintaqaviy iqtisodiyot to’g’risida monografiya yozgan N.N.Nekrasov ham N.N.Kolosovskiy ilmiy rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish sharoitida ishlab chiqarishni majmualar shaklida hududiy tashkil etish, ularning ijtimoiy va ekologik jihatlariga ham e’tibor berish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Sobiq shurolar tizimi davrida mamlakatni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga katta e’tibor berildi. Shu maqsaddda, 1921-yilda iqtisodiy rayonlashtirish komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiyaga G.M.Krjinovskiy boshchilik kildi. Komissiya ishida I.G.Aleksandrov aktiv ish olib bordi. XX asr 20-yillardagi iqtisodiy rayonlashtirishning eng muhim prinsiplari quyidagilar edi:4.
.
5.So’nggi yillarda bunday qarash biroz o’zgardi: umuman olganda, har qanday bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham hududiy ishlab chiqarish majmualari shaklida ko’rilsa bo’ladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi, Farg’ona vodiysi, Namangan viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va h.z. Savol tug’ilishi mumkin: haqiqatda yoki real voqelikda hududiy ishlab chiqarish majmuasi qaerda vujudga keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korxonalari birlashmasini majmua deb atash mumkinmi? Bu yerda, bizning fikrimizcha, masalaga har tomonlama yondoshish kerak va hududiy ishlab chiqarish majmualarining turli xil bo’lishini unutmaslik lozim. Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar. Albatta, iqtisodiy rayon xo’jaligi o’zining mohiyati va maqsadiga ko’ra har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar xo’jaligini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ko’rish mumkin. Bu yerda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar» deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o’zaro bog’liq holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda yoki «an’anaviy hududiy ishlab chiqarish majmualari», deb atalishi to’g’riroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |