Nazorat savollari. Kimyo fаni nimаni o’rgаnаdi? Uning vаzifаlаri nimаdаn ibоrаt?



Download 142,6 Kb.
bet10/33
Sana24.06.2021
Hajmi142,6 Kb.
#100184
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Кимё

9. Kimyoviy elеmеnt nimа?

Yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy unsur izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp Kimyoviy unsur 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy unsurning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy unsur, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy unsur (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir (qarang Radioaktivlik).

Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar.

Sharq olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kindiy va boshqa koʻpgina olimlar elementlar qaqida oʻz fikrlarini aytishgan. Mas, Kindiyning fikriga koʻra, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan, materiya esa olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Ilk bor Kimyoviy unsur taʼrifini 1661 yilda ingliz kimyogari Robert Boyl bergan, u oddiy moddalarni belgilash uchun kimyoga "element" degan terminni kiritgan, shu sababli "oddiy modda" va "element" degan tushunchalar uzoq, vaqtgacha bir maʼnoni anglatadi, deb hisoblab kelindi. 19-asrning60-yillarida, oddiy modda bilan Kimyoviy unsur molekula bilan atomga uxshaydi, yaʼni oddiy modda ham, har qanday modda singari, molekulalardan tuzilgan, Kimyoviy unsur esa atomlardan tuzilgan, deb hisoblanardi; 1869 yilda D.I. Mendeleyev "... bu tushunchalardagi farq qar doim hisobga olinishi kerak" deb taʼkidlagan edi. Soʻngra Kimyoviy unsur atomga, yaʼni elementning molekulalarda boʻladigan va barcha xossalarini uzida mujassam etgan eng kichik zarrachaga tobora koʻproquxshaydigan boʻldi. Demak, har qanday atom Kimyoviy unsurdir, ammo atomlarning har qanday birikmasi element boʻla olmaydi; bir xil element atomlarining oʻzaro birikishi natijasida oddiy moddalar hosil boʻladi. Koʻpchilik Kimyoviy unsur tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan bir necha oddiy moddalar hosil qilishi mumkin (qarang Allotropiya); bir xil elementdan hosil boʻladigan oddiy moddalarning oʻzi oʻsha elementning allotropik shakl uzgarishlari deb ataladi; turli elementlar atomlarining birikishi natijasida esa yo oddiy moddalar aralashmasi yoki murakkab modda hosil boʻladi. Kimyoviy unsur kimyoviy jarayonlarda oʻzgarmaydi, ammo yadro reaksiyalarshi bir-biriga aylanishi mumkin. Hozirgi kunda 109 ta (2001 yil) Kimyoviy unsur maʼlum; boʻlardan 21 si (Ts, Pm, At, Fr, Np, Pu va elementlar davriy sistemasining 95dan 109gacha 15 elementi) ilk bor sunʼiy ravishda olingan, keyinchalik Ts, Pm, Fr, Np elementlari juda oz miqdorda uran rudalari tarkibida topilgan.

Kimyoviy unsurning yana bir muhim tavsifi ularning Yer poʻstida tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P. Vinogradov tuzgan Yer poʻstining oʻrtacha kimyoviy tarkibi jadvaliga koʻra, eng koʻp tarqalgan element — kislorod massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi, soʻngra kremniy — 27,6%, alyuminiy — 8,80%, temir — 5,10%, kalsiy — 3,6%, natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy — 2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar Yer poʻsti massasining 99,79%ni, qolgan barcha Kimyoviy unsur fakat 0,21%ni tashkil etadi.

Tabiatda atom massasi kichik elementlar eng koʻp tarqalgan, organizmlarda esa nisbatan yengil elementlar (N, S, N, O) koʻp boʻladi. Koinotda ham eng yengil elementlar — vodorod bilan geliy juda koʻp tarqalgan. Uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt, fosfor, xlor, kremniy, kaliy, magniy, kalsiy va temir elementlari usimlik va hayvonlar hayotida muhim rol oʻynaydi.

Baʼzi elementlarning Yer poʻstidagi umumiy miqdori kam boʻlsada, yer yuzida toʻplanib qatlamlar hosil qiladi, bu qatlamlardan ularni qazib olish mumkin. Kimyoviy unsur baʼzan tugʻma (yombi) holda ham uchraydi (oltin, simob, platina va boshqalar). Bu elementlarni qazib olish birmuncha oson boʻlib, ular insoniyatga kadimdan maʼlum. Baʼzi elementlar Yer poʻstining qazib chiqarish mumkin boʻlgan qatlamida juda tarqoq holda boʻladi; ular nodir elementlar deb ataladi. Ammo "nodir" degan tushuncha Kimyoviy unsurga nisbatan mutlaqo oʻzgarmaydigan tushuncha emas. Mas, hozirgi koʻp ishlatiladigan alyuminiy va magniy bundan bir necha oʻn yil muqaddam nodir element deb hisoblanar va juda qim-mat turar edi. Lekin keyinchalik bu elementlarni ishlab chiqarish usullarining takomillashishi ularni maʼlum elementlar qatoriga kiritilishiga sabab boʻldi.


Download 142,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish